Shahmatda o‘yin tugagandan keyin shoh ham, piyoda ham bir qutiga solinadi


Download 14.21 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi14.21 Kb.
#1221806
Bog'liq
shoh va piyoda


SHAHMATDA O‘YIN TUGAGANDAN KEYIN SHOH HAM, PIYODA HAM
BIR QUTIGA SOLINADI
Biz yashab turgan dunyo ham huddi shahmat taxtasi ustidagi o’yinga o’xshaydi. Ammo bu o’yindan maqsad faqat g’alaba emas. Balki shunchaki chiroyli o’yin ko’rsatishdir. Bu o’yinni tomosha qilganlar bundan shunchaki zavqlanishi, ta’bir joiz bo’lsa, ko’rib hayratlanishi lozim. Bunday chiyorli o’yin faqat qalbida vijdoni bor, iymoni butun kishilargagina xosdir. Hayotimizdagi bunday yo’l (o’yindagi yo’l) hidoyat yo’lidir. Ba’zi insonlar faqat va faqat g’alaba uchun tirishadi. Ular bu dunyoning o’tkinchi ekani, barcha narsa shunchaki ro’yo ekanligini bilishmaydi (balki buni xohlashmas). Negaki Alloh taolo marhamat qiladiki: “Alloh ularning qalblari va quloqlarini muhrlab qo‘ygan va ko‘zlarida parda bor. Va ularga ulkan azob bordir (Baqara surasi 7-oyat).” Shahmatdagi o’yin tugagach, shohlar ham, piyodalar ham bitta qutiga solinishida ne ma’no bor!? Oxirat… Bilamizki, dunyo abadiy emas, har narsaning avvali bormi, demak, yakuni ham bo’ladi. Fizikada, termodinamika qonunlariga ko’ra, hech bir narsa yo’qdan bor bo’lmaydi, hech narsa yo’qolmaydi, balki, bir holatdan ikkinchi holatga o’tadi. Bu – fan tilida. Ammo Alloh yo’qdan bor qilguvchidir. Bu dunyo avval yo’q edi, tug’ildi, unib o’sdi, rivojlandi, keyin esa tanazzulga yuz tutadi va yana yo’qlikka mahkum etiladi. Shu oraliqdagi, yo’qlikdan yo’qlikkacha bo’lgan o’rtadagi mavjudlik bizning hayotimizdir. Hozirgi kundagi hayotimiz esa, chiroyli o’yinga muhtoj. O’yin tugagach esa, bir vaqt keladiki, barcha shohlar va piyodalar bitta qutidan chiqib keladi. O’sha payda “shahmat doskasi ustida” qilgan barcha amallarimiz sarhisob qilinadi. Taroziga tortiladi. Bu kun o’yinning yakuni – Mahshardir. Mahshar kuni Odam atodan to qiyomatgacha yashagan odamlar qayta tirilib yig‘iladigan joy mahshar maydonidir. “Sog‘lom e’tiqot – mo‘minga najot” kitobida shunday savol– javob bor: “Agar Odam atodan to qiyomatgacha yashagan odamlar qayta tirilsa, mahshar maydoniga qanday sig‘adi? – Javob: trillionlab yulduzlar sig‘adigan koinotni yaratgan Zot barcha insonlar sig‘adigan maydon yaratishga ham qodirdir. Osmondagi minglab yulduzlarni kichgina ko‘zimizga sig‘dirgan Zod mashhar maydoniga ham istaganicha insonni sig‘diradi”. O’sha kun barcha tengdir, zero “shahmatdagi o‘yin tugagandan keyin shoh ham, piyoda ham bir qutiga solinadi”.
Download 14.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling