Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
306-guruh talabasi
Xo’jaqulova Shahloning
Ona tili fanidan tayyorlagan
TAQDIMOTI
MAVZU:
Qismlari uyushgan murakkab qo’shma gaplar
REJA:
- Uyushiq qismli qo’shma gaplar
- Uyushgan gaplar tahlili
Ma’lumki, qo’shma gap ikki va undan ortiq kismli bo’ladi. Ikkidan ortiq qism (komponent)li qo’shma gapni murakkab qo’shma gap deymiz. Uyushiq qismli qo’shma gaplar ana shu qo’shma gapning bir ko’rinishi hisoblanadi, Uyushiq qismli qo’shma gaplar, uyushiq bo’lakli sodda gaplardek, keng miqyosda o’rganilmagan. Shuning uchun uning o’ziga xos xususiyatlari ochilganicha yo’q. Biz ham hozir uni mukammal sharhlab bermoqchi emasmiz, chunki u maxsus tekshirishni talab etadi.
An’anaviy sintaksisimiz nuqtai nazaridan beriladigan bu tavsifimizdan asosiy maqsad an’anaviy sintaktik tahlilimizga "uyushgan gap" ("uyushiq qismli qo’shma gap") atamalari ostida tushuniladigan hodisalardan o’zimizning "uyushgan gap" atamamizning mazmuni va bu atama bilan nomlanadigan hodisaning
"uyushiq gap" (uyushiq qismli qo’shma gap)lardan
shakl, qurilish, mazmun va mohiyat
jihatdan tub farqlarini bo’rtgarish,
"uyushgan gaplar" mohiyatan uyushiq
Gaplardan tamoman boshqa narsa
ekanligiga tadqiqotchilar dikqatini
jalb qilishdir.
Sodda gapning uyushiq bo’laklarini, o’rni bilan, umumlashtiruvchi bo’laklar umumlashtirib, izohlab keladi.
Qo’shma gapning uyushiq qismlarini esa umumlashtiruvchigap (umumlashtiruvchi qism)lar umumlashtirib keladi. Bu umumlashtiruvchi gaplar umumlashtirish bilan birga, xulo
salash, yakunlash mazmunini ham ifoda etadi. Yana shuni
ham qayd qilish kerakki, sodda gapning uyushiq bo’laklarini
faqat umumlashtiruvchi bo’laklar umumlashtirib keladi.
Qo’shma gapning uyushiq qismlarini esa umumlashti
ruvchi gap bilan bir qatorda,umumlashtiruvchi
bo’lak ham umumlashtirib keladi.
Uyushgan gaplarni ajratishda bosh omil ikkitadir:
1) bitta shakllangan kesimning mavjudligi;
2) ikki va undan ortiq uyushmagan eganing mavjudligi.
Mana shu xususiyatlari bilan uyushgan gaplar uyushiq egali sodda gaplardan (egalar uyushgan bo’lib bitta shakllangan kesim mavjud
Rahima, Karima, Salima bordilar), uyushiq kesimli sodda gaplarda
(kesimning lug’aviy qismi ikkita va undan ortik,
kesimlikni shakllantiruvchi vositalar bitta,
ega bor yoki yo’q, uyushgan
yoki uyushmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |