Shahrisabz davlat Pedagogika Instituti Shahrisabz davlat pedagogika institute «Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi


Boshlang’ich sinflarda tabiiy tushunchalarni fanlar asosida zamonaviy texnika va texnalogiya tushunchalarini tarkiblashtirish


Download 0.74 Mb.
bet5/7
Sana02.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1321025
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 kurs ilmiy ish hisoboti slayd

2.1.Boshlang’ich sinflarda tabiiy tushunchalarni fanlar asosida zamonaviy texnika va texnalogiya tushunchalarini tarkiblashtirish.

  • Tabiat,borliq,olamning tuzilishi,unda kechayotgan hodisa va jarayonlarni o’rganishning metodologik asosini ilmiy bilishning nazariy va empirik metodlar birligi tashkil etadi.Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tabiat qonuniyatlarini anglashida hamda bilishning empirik(kuzatish,tadqiqot)metodlarini o’zlashtirishida “Tabiiy fanlar”o’quv predmeti muhim ahamiyat kasb etadi.Inson dunyoqarashi tabiiy-ilmiy asosini tabiat haqidagi bilimlar tashkil qiladi.Yosh o’quvchilarni tabiat to’g’risidagi dastlabki bilimlarni o’rganishga kirishar ekan,yetarli darajada tizimlashtirilgan bilimlar hajmini his etadilar.Fanlarni integratsiyalash mazkur muammoni hal etish imkonini beradi.Tabiiy fanlar biologiya,geografiya,kimyo,fizika,astranomiya,ekalogiya yo’nalishidagi fanlar tizimini o’z ichiga oladi.O’qitishda integratsiyalashgan yondashuvni amalga oshirish natijasida olingan bilimlarni yaxlit,umumlashgan tarzda dars,darsdan tashqari va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda hamda ijtimoiy hayoti davomida qo’llaydilar. Umumta’lim maktablarida boshlang‘ich ta’limidanoq o‘quvchilarga integratsiyalashgan ta’lim berish amaliyotga joriy etilmoqda. “Tabiiy fanlar” darsligining yaratilishi hamda uni o‘qitishda PISA xalqaro baholash dasturi modeli e’tiborga olingan.Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik deganda, shaxsning tabiiy fanlarga oid g‘oyalarni bilishi, faol fuqaro sifatida tabiiy fanlar bilan bog‘liq muammolarni hal qila olishi tushuniladi.Bolalar atrof-olam va unda o‘zlarining o‘rnini anglash borasida tabiatan qiziquvchan bo‘lishadi. Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlar ta’limida bolalarning bunday qiziquvchanligi qo‘l keladi va ularni o‘zlari yashayotgan dunyoni muntazam tadqiq etish yo‘liga boshlaydi. Tabiiy fanlar bo‘yicha Milliy o‘quv dasturini amaliyotga joriy etish O‘quvchilarining tabiiy fanlar haqidagi tushunchalari shakllanib borishi natijasida ular voyaga yetganda ilmiy haqiqatni uydirmadan ajrata oladigan, muhim ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarning ilmiy asosini tushunishga qodir fuqarolar bo‘lishadi. Iqtisodiy o‘sish va hayot sifatini yaxshilash uchun tabiiy fanlar, texnika va muhandislik sohalarida faoliyat yuritadigan malakali mutaxassislarga butun dunyoda talab ortib bormoqda. Ushbu talabni qondirish maqsadida mazkur sohalar bo‘yicha o‘quvchilarni tayyorlash juda muhimdir.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling