Shahrisabz davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 6-20guruh talabasi Abdullayeva Farangiza Qahramon qizi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida amaliyot o‘tash davri bo‘yicha


Download 6.02 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi6.02 Kb.
#1609476
Bog'liq
Abdullayeva


Shahrisabz davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 6-20guruh talabasi Abdullayeva Farangiza Qahramon qizi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida amaliyot o‘tash davri bo‘yicha
TAVSIFNOMA
Abdullayeva Farangiza pedagogik amaliyotni o‘tash davrida o‘zining intizomi bilan boshqa talabalardan ajralib turdi. Dars mashg‘ulotlarini tashkillashtirishda Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilariga astoydil ko‘makchi bo‘lib, o‘zining nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashi bo‘yicha tirishqoqlik bilan faoliyat olib bordi.
O‘qituvchilardan dars o‘tish metodlarini yaxshi o‘zlashtirib, o‘zi ham mustaqil tarzda darslarni o‘tkazdi, muntazam mashg‘ulotlar olib bordi.
Darsdan tashqari paytlarda past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulot olib bordi. Sinf bilan ishlashda jamoa topshiriqlarini bajarishda, o‘quvchilar bilimini yanada oshirish yo‘nalishida yaxshi natijalarga erishib, amaliyot davrini o‘tadi.
Amaliyot jarayonida F Abdullayeva olgan bilimlarini juda yaxshi o’zlashtirganini, yetarli nazariy bilimlarga egaligini, keng dunyoqarash va yuqori intellektual salohiyatga ega ekanligini ko’rsata oldi. O’qituvchi va o’quvchilar bilan xushmuomala hamda doim o’zining nazariy va amaliy bilimlarini oshirishga intildi.
F Abdullayeva pedagogik amaliyoti davrida o’z tajribasi va bilimini oshirib, mehnatsevarlik, kamtarlik, mas’uliyatlilik kabi xislatlarini namoyon etib o’z ustida doimiy ishlab, o’zining bilimi va tajribasini doimo oshirib bordi.
Abdullayeva F kelajakda malakali pedagog kadr bo‘lib yetishishiga ishonch bildiramiz.


Maktab direktori: __________________
Amaliyot rahbari: __________________
Download 6.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling