Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti Tillar Fakulteti “Xorijiy til va adabiyoti” yo’nalishi talabasi Saydaliyeva Vazira Baxron qizining “The methods of improving students'speaking skills in English ” mavzusidagi Bitiruv malakaviy ishiga


Download 8.35 Kb.
Sana18.10.2023
Hajmi8.35 Kb.
#1708046
Bog'liq
ichki TAQRIZ Saydaliyeva


Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti Tillar Fakulteti “Xorijiy til va adabiyoti” yo’nalishi talabasi Saydaliyeva Vazira Baxron qizining “The methods of improving students'speaking skills in English ” mavzusidagi Bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda xorijiy tillar tobora rivojlanib, chuqur va o‘z mazmuniga ega bo‘lmoqda. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, siyosat, iqtisodiyot, ayniqsa, ta’lim va boshqa muhim sohalar kabi ko‘plab sohalar o‘zgardi. Davlatning ta’lim tuzilmasiga e’tibor qaratilib, undagi nosozliklar tizimli ravishda bartaraf etildi. Mustaqilligimiz e’lon qilingandan so‘ng erkinlik holatida, yangi dunyoga parallel ravishda yangi qonunlar ishlab chiqish zarurati respublikamiz oldida turgan edi, yangi parlament ham bu missiyaga jalb etildi.
Globallashuvning asosiy talablaridan biri bu odamlarning ta'lim va ish bilan ta'minlash maqsadlari uchun ingliz tilini o'rganish zarurati, shuning uchun barcha soha vakillariga ingliz tilini o'rgatish hozir har qachongidan ham muhimroqdir. Hozirgi tadqiqot ingliz va ona tillarida o’qitish jarayonining bir-biriga o’xshash va farq qiluvchi tomonlarini va muayyan funktsiyalarga bo'lgan talablarini yaxshiroq tushunishga harakat qiladi. Ingliz va ona tili dars jarayonidagi faqrlar va barcha muhim jihatlarini o’rganib chiqadi..
Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, yettita paragraph, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishining xulosalari bo’lajak o’qituvchilarga Ingliz tilini va O’zbek tilini sifatli o’rgatish, o’qituvchilarning dars ishlanmalarini zamonaviy metodlar bilan boyitish, til bilish qobiliyatlarini effektiv tarzda o’qitishni tahlil qilishga xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishi natijalarining ilmiy ahamiyati Ingliz va O’zbek tillarini o’qitish davridagi barcha o'quvchilarni o’qitish munosabatlarini yoritishda, dars jarayonini tashkil etishni belgilashda darsni tashkil qilish me’yorlariga e’tibor qaratilgan.
Ushbu ishning kirish qismida tadqiqot ish mavzusining bugungi kunda dolzarbligi, zarurati, oʻrganilganlik darajasi, tadqiqot ishi maqsadi, obyekti, predmeti, vazifalari, ilmiy-amaliy ahamiyati, tuzilishi haqida maʼlumot berilgan.
Birinchi bob ingliz va o'zbek tillari metodikasiga bag’ishlangan, interaktiv metodlardan unumli foydalanish haqida gap boradi.tili fonetikasi, nutqni fonetik jihatdan o’rganilishi, nutq faoliyati turlari, unli, linguadidaktik qobilyatlarning ahamiyati haqida ma’lumot berilgan.
Ikkinchi bob, darsda innovatsion texnologiyalarni qo’llash, mass media vositalardan foydalanishni ochib beradi va O’zbek tillarining o’qitish tizimida ishlatiladigan fe’llarning ahamiyati va ularning harakter jihatdan ishlatitish strategiyalari, o’xshashlik va faqr qiluvchi tomonlari, ikki tilning rivojlanishdagi qiyosiy tipologiyasi va uning metodik sitemalar tashkil etishda ma’lum qoidalarga asoslanganlik haqida ma’lumot berilgan.
Xulosada esa bitiruv malakaviy ishiing kirish qismiga, har bir bobiga va qismlariga izoh bergan. Ingliz va ona tili o’qitish jarayoning qiyosiy tipologiyasi haqida ma’lumotlar ularda uvhraydiga muammo va yechimlar haqida ma’lumot berilgan.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida bakalavr talaba ko’plab ishlar amalga oshirgan, xususan, adabiyotlar bilan tanishib chiqqan, ko’plab yangiliklarni internet orqali saralab o’z ishini boyitishda foydalangan. Barcha ma’lumotlari ishonchli va talablarga javob beradi, lekin ishda so’z qo’llashda ayrim kamchiliklar ko’zga tashlanadi.
Lekin bu kamchiliklar ishning umumiy holatiga ta’sir qilmaydi, mazkur ish bitiruv malakaviy ishi talablariga qo’yilgan barcha mezonlarga javob beradi va u himoyaga tavsiya etiladi.


Taqrizchi: Niyazova Feride
Download 8.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling