Shahrisabz davlat pedagogika institutining iqtidorli talabalarni tanlab olish bo’yicha hakamlar hay’ati yig’ilishi bayonnomasi sana
Download 14.75 Kb.
|
bayonnoma tanlovga
- Bu sahifa navigatsiya:
- KUN TARTIBI
- QAROR QILINDI
SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING IQTIDORLI TALABALARNI TANLAB OLISH BO’YICHA HAKAMLAR HAY’ATI YIG’ILISHI BAYONNOMASI Sana: 2022-yil 23-noyabr O’tkazish joyi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti binosi,116-хона. Qatnashdilar: Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari U.Marasulova, O’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari N.Toshmanov, Pedagogika fakulteti dekani A.Muhammadiyev, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i D.Qo`qonboyeva, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i A.Berdiyev, Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Allayorova Z, Boshlang’ich ta’lim va maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri SH.Hamroyev, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi mutaxassisi F.Ibragimov. KUN TARTIBI: 1.Filialda o’tkazilgan Iqtidorli talabalarni saralab olish tanlovi natijalari haqida.Tanlovda ___ nafar talabalar qatnashish uchun anketa to’ldirgan bo’lib: Boshlang’ich ta’lim yo’nalishidagi talabalar-43 nafar. Maktabgacha ta’lim-3 nafar. Pedagogika yo’nalishi-34 nafar. Tasviriy san’at -14 nafar. Biologiya -13 nafar. Fizika-Matematika yo’nalishi- ___nafar ESHITILDI: 1. Filialda 2022-yil 24-30 noyabr o’tkazilgan Tanlov bo’yicha Ishchi guruh rahbarlarining ma’lumotlari eshitildi. Jumladan, Boshlang’ich ta’lim va maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri Sh.Hamroyev Ona tili va adabiyot fanidan o’tkazilgan diktant natijalari haqida Ishchi guruhning qarorini o’qib eshittirdi. Tarix va Ingliz tilidan o’tkazilgan tanlov natijalari haqida Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Allayorova Z va Omonov B hisobot berdi. 2. Ishchi guruhlarning bergan ma’lumotlari Hakamlar hay’ati tomonidan umumlashtirildi.Umumiy natijalarga ko’ra 2 ta guruh shakllantirildi. Eng yuqori natija to’plagan talabalar 1-guruhga, ya’ni iqtidorli talabalar guruhiga 55 dan yuqori 70 dan past ball to’plagan talabalarni II- guruhga, ya’ni iqtidorli talabalar guruhiga nomzod sifatida tavsiya etildi. Yig’ilish kun tartibidagi masala keng va atroflicha muhokama qilindi. Yig’ilish qatnashchilari tomonidan quyidagicha QAROR QILINDI: 1. Tanlov Ishchi guruhlarining qarorlari ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. 1-ilovada nomlari ko’rsatilgan talabalar Shahrisabz davlat pedagogika instituti iqtidorli talabalar safiga qabul qilinsin va maqsadli tayyorlash uchun ilmiy rahbar tayinlansin. 3. 2-ilovada nomlari ko’rsatilgan talabalar Shahrisabz davlat pedagogika instituti iqtidorli talabalikka nomzodlar guruhiga qabul qilinsin. 4. Kafedra mudirlariga: - Iqtidorli talabalarga tajribali professor-o’qituvchilardan ilmiy rahbar tayinlash; - Iqtidorli talabalarni Nomdor stipendiyalar, fan olimpiadalari va ko’rik-tanlovlarga maqsadli tayyorlashda ko’maklashish vazifalari yuklatilsin. Yig’ilish raisi: U.Marasulova Kotib: F.Ibragimov Download 14.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling