Shahrisabz tuman xtmfmtteb ga qarashli 42-umumiy o`rta ta’lim maktabi bo`yicha
Download 147 Kb.
|
Якуний имтихонлар-2023 топшир
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILADI
- Tasdiqlayman “
Maktab direktori: SH. Ro’ziyev.
Shahrisabz tuman XTBga qarashli 42-umumiy o`rta ta’lim maktabining 5-sonli pedagogik kengashining majlis bayonnomasidan Ko`chirma 5-sonli 2023 - yil 1-aprel Tepar qishloq Kengashda ishtirok etadi 58 ta Ishtirok etmadi 6 ta Kengash raqisi : SH. Ro’ziyev Kengash kotibasi : B. Eshmatova KUN TARTIBI 1.Maktabda “O`quvchilarni sinfdan – sinfga ko`chirish” tartiblari va yakuniy attestatsiyadan o`tkazish bo`yicha yuriqnomalar ishlab chiqish. Ma’ruzachi : J. Ashirov ESHITILDI Maktab o`quv tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari J. Ashirov so`zga chiqib Hurmatli o`quvchilar! “Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida 2022-2023- o`quv yili”ni yakunlash, o`quvchilarni sinfdan-sinfga ko`chirish, bitiruvchi sinf o`quvchilari bilim ko`nikmalari va malakalarini yakuniy Davlat attestatsiyasidan o`tkazish to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 –yil 6 – martdagi 46-sonli buyrug’i, Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2022 yil 9-martdagi Qashqadaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining umumiy o’rta ta’lim muassasalarida 2022-2023 o’quv yilida o’quvchilarning bosqichli hamda yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o’tkazish to’g’risidagi 16-martdagi 19-sonli buyrug’i va Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo’limining 2023 yil 27-martdagi 170-4-67-XT/2023-son buyrug’i asosida, o’quv yilini yakunlash,o’quvchilar bilimi, ko’nikma,malakalarini yakuniy davlat attestasiyasidan o’tkazish imtihonlarini tashkil etish to’g’risida’’ maktabimizning bitiruvchi IX-XI sinflarini yakuniy davlat attestatsiya imtihonlaridan o`tkazish uchun puxta tayyorgarlik ko`rmog`imiz lozim. Barcha o`quvchilarga imtihonlar haqida xabarlar berish va imtihonlar o`tkazish vaqti, tartibi, yo`riqnoma talablari asosida o’tkazilishi maktab rahbarlari, sinf rahbarlari va o’qituvchilar tomonidan ogohlantirilsin. Ma’ruzachi maktab O’IBDO’ J. Ashirov o`qituvchilarni yo`riqnoma bandlari bilan to`liq tanishtirib chiqdi va yo`riqnoma o`quvchilar o`rtasida ham ishlab chiqildi. Kengash qatnashchilari ushbu masalani muhokama qilib quyidagicha qaror qabul qildilar. QAROR QILADI 1. 2022-2023 o`quv yilini yakunlash bitiruvchi sinf o`quvchilarining bilim, malaka va ko`nikmalarini yakuniy attestatsiyadan o`tkazish tashkiliy - uslubiy jihatdan yuqori saviyada tashkil etish hamda, O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 –yil 6 – martdagi 46-sonli buyrug’i, Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2022 yil 9-martdagi Qashqadaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining umumiy o’rta ta’lim muassasalarida 2022-2023 o’quv yilida o’quvchilarning bosqichli hamda yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o’tkazish to’g’risidagi 16-martdagi 19-sonli buyrug’i va Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo’limining 2023 yil 27-martdagi 170-4-67-XT/2023-son buyrug’ini ishlab chiqildi deb topilsin, hamda ijro uchun qabul qilinsin. 2. Maktabda o`quvchilar bilim malaka va ko`nikmalarni yakuniy attestatsiyadan o`tkazish IX-XI sinflarda 26-maydan 15- iyungacha qadar o`tkazilishi belgilansin. 3. Barcha imtihon topshiruvchi sinflarga imtihonlarga tayyorgarlik ko`rish hamda, yo`riqnoma ota-onalar va o`quvchi o`rtasida ishlab chiqilsin. 4. Imtihon olinuvchi o`quvchilarga imtihon matereallari bilan tanishish imtihonlarga puxta tayyorgarlik ko`rish topshirilsin. 5. Maktabda imtihonlarni yo`riqnoma talablari asosida tashkil etilsin va nazorat qilib borish maktab direktori SH. Ro’ziyev ziimmasiga yuklatilsin. Kengash raisi : SH. Ro’ziyev. Kengash kotibasi: B. Eshmatova “Tasdiqlayman “ Download 147 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling