Buyruq № 1 dan ko’chirma
39-sonli umumta’lim maktabi bo’yicha
2022- yil 29-avgust Hazara q-g’i
Maktabda Xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini yanada jonlantirish va Xotin-qizlar qo’mitasi raisi tayinlash to’g’risida
Buyuraman:
Maktab pedagog kengashining 2022-yil 29-avgustdagi 1-sonli bayonnomasi asos va ijro uchun qabul qilinsin.
Maktab pedagog kengashining 2022-yil 29-avgustdagi 1-sonli bayonnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Yo`ldosheva Nargiza Abdusalomovna Xotin-qizlar qo’mitasi raisi etib tayinlansin.
Maktabda “Maktab xotin-qizlar qo’mitasini tashkil etish to’g’risida»gi chora- tadbirlari dasturi 1-ilovaga, ishchi guruhi tarkibi esa 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ishchi guruhi a’zolariga:
- Maktabda Xotin-qizlar qo’mitasining faoliyatini samarali tashkil etish
doimiy ravishda olib borish;
o’qituvchilar umumiy yig’ilishlarida chora-tadbirlar ijrosi bo’yicha muxokamalarni tashkil etish;
maktabda xotin-qizlar qo’mitasi a’zolari ishtirokida mavzu asosida yig’ilishlar tashkil etish;
Amalga oshirilgan ishlar haqida xar oyda XTB ga yozma ma’lumot berish vazifalari yuklatilsin.
Maktabda Xotin-qizlar qo’mitasi faoliyati nazorat qilib borish maktabning MMIBDO’ B. Boqiyeva zimmamsiga yuklatilsin.
Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.