Shahrisabz tumani xalq ta’limi bo‘limi 39-sonli umumta’lim maktabi
Umumta`lim maktabining xotin-qizlar qo`mitasi boshlang`ich tashkiloti faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan ishlar to`g`risida
Download 210.18 Kb.
|
11-maktab xotin qizlar raisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- №PF-3434-farmoni
- M. M urodillayeva
Kun tartibida:
Umumta`lim maktabining xotin-qizlar qo`mitasi boshlang`ich tashkiloti faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan ishlar to`g`risida(Asos: O`zbekison Respublikasi Prezidentining 25.05.2004 y №PF-3434-farmoni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2018 yildagi “Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to`g`risida” gi PF-5325-sonli farmoni, (VM ning 26.03.2018 yildagi №230- qarori,“Oila institutini mustahkamlash sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha maxsus o`quv kurslarini tashkil etish to`g`risida”) Kengashni maktab direktori M. Murodillayeva qisqacha kirish so’zi bilan ochib berdi va kun tartibidagi masala mazmuni bilan tanishtirdi. Ma’ruzachi o’z so’zida davom etib, maktabning Xotin-qizlar qo`mitasi boshlang`ich tashkiloti faoliyati samaradorligini yanada oshirish, 2022-2023 o`quv yili bo`yicha xotin-qizlar qo`mitasi boshlang`ich tashkiloti faoliyatini yuritish maqsadida maktabda boshlang`ich xotin-qizlar qo`mitasi raisligiga maktabning 4 nafar fidoyi hamda faxriy ustozlari nomzodlari ko’rsatildi. Maktabning yig`ilish bayonnomasi va jamoaning bir ovozdan ma`qullaganligi asosida Yo`ldosheva Nargiza Abdusalomovna 39-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich xotin-qizlar qo`mitasi raisasi etib tayinlandi. Maktabning boshlang`ich xotin-qizlar qo`mitasining 2022-2023 o’quv yili uchun yillik ish rejasi tuzib olish kerakligi aytildi. Maktabda boshlang`ich xotin-qizlar qo`mitasi ishchi guruhi tomonidan O`zbekison Respublikasi Prezidentining 25.05.2004 y №PF- 3434-farmoni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2018 yildagi “Xotin- qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi PF-5325-sonli farmoni, (VM ning 26.03.2018 yildagi №230-qarori) “Oila institutini mustahkamlash sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha maxsus o`quv kurslarini tashkil etish to`g`risida” gi qaror va farmonlari ishlab chiqilishi va hujjatlar jamlanmasi tashkil etilishi kerakligi haqida muhokama qilindi. Maktabning ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari B. Boqiyevaning “Umumta`lim maktabining xotin-qizlar qo`mitasi boshlang`ich tashkiloti faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan ishlar to`g`risida”gi o`rganilgan ma`lumoti bo`yicha pedagogik kengash masalasini davom ettirdi. U o’z so’zida jamiyatda xotin qizlarimizning o`rni bugungi kunda “ Orasta qizlar “ to`garagi faoliyatida olib borilayotgan ishlar va ularning ahamiyati to`grisida to`xtalib o`tdi,zamonaviy qizlar qanday bo`lishi kerakligi,qizlarimiz qanday kiyinish madaniyatiga e`tibor berishi ,qizlarimizning odob-axloqi, sharm–hayosi,jamiyatda qizlarimizning o``rni.ro`zgor ishlarida o`zbek millatiga xos bo`lgan mentalitetimizni saqlashimiz qizlarni zamonaviy bilimlar va kasblarni egallab olishlarining zarurligi, ularning hayotda munosib o’rin egallashining bosh sharti sifatida ularda qat’iy hayotiy nuqtai nazarni va mustaqil fikrlashni shakllantirish;o’qish davrida barvaqt nikohlarning oldini olish,sog’lom turmush tarzini shakllantirish, qizlar orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish masalalari bo’yicha keng tushuntirish ishlari olib borish haqida o`z fikr mulohazalarini bildirib o`tdi. Yig’ilishda so’zga chiqqan maktab pedagog xodimlar tomonidan ko`rilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, yuqoridagi fikrlarni maqulladilar va yig’ilish quyidagicha QAROR QILADI: Maktab direktori M. Murodillayevaning Xotin-qizlar qo`mitasi boshlang`ich tashkiloti faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan ishlar to`g`risida va Xotin –qizlar qo’mitasi raisini tayinlash to’g’risida tayyorlagan axboroti ma`lumot hamda asos uchun qabul qilinsin. Maktabda Xotin-qizlar qo`mitasi boshlang`ich tashkiloti raisi etib maktabning Tarix fani o’qituvchisi Yo`ldosheva Nargiza Abdusalomovna tayinlansin. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman. Yig`ilish raisi: M. M urodillayeva Yig`ilish kotibasi: R.Boqiyeva Download 210.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling