Shahzoda Tanibekxon madhi


Download 49.5 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi49.5 Kb.
#168072
Bog'liq
adabiyot. QUtb


Xamraqulov Akram. 206-guruh talabasi

  1. Shahzoda Tanibekxon madhi”ni o‘qing va sharhlang.

O‘zbek mumtoz adabiyotining XIV asrda ijod qilgan iste’dodli namayondasi shoir Qutbning adabiy merosidan bizga qadar faqatgina “Xisrav va Shirin” asarigina yetib kelgan.

Xonimiz Tanibek shohi juvonbaxt,

Kim , ush andin quvonur toj ham taxt,

deya maqtovli so‘zlar bilan boshlangan.

Iste’dodli shoir Qutb ancha yillar davomida Nizomiy Ganjaviyning dostonini tarjima qilish orzusida bosh qotirib, shu ishga bel bog‘lash niyatida yurgan. O‘sha davr shohining oldiga borib, Ganjaviyning dostonini tarjima qilish haqidagi niyatini shohga birnecha bor aytmoqchi bo‘lgan. Shunda Qutbning ishongan do’stlaridan biri unga yaxshigina maslahat berib, bu ishni iloji boricha tezroq bajarish kerakligini ta’kidlaydi.

Ushbu misralarda ham shaxzodaning har doim ezgulik tarafida ekani va adolatli inson ekani aytiladi. U butun xalqni o’z ortidan ergashtira oladi. Uning og’zidan chiqayotgan har bir gaplari misoli dur kabi edi deb, bejizga aytilmagan.



  1. Malika marhuma Xonimalik madhi”ni o‘qing va sharhlang

Malika asr xotuni zamona,

Kim ojuda erur holi yagona

Jamilaxon malik ul baxt o’rki,

Oq o’rdu davlati, ul taxti ko’rki.

Tarjimon asliyat mazmunini, asar syujetini saqlab qolish bilan birga, uni ancha erkin tarjima qilgan. Jumladan, asar muqaddimasiga «Shahzoda Tinibekxon madhi», «Malika marhuma Xonmalik madhi», «Kitob nazm qilmoqqa sabab bayonin ayur» boblarini qo‘shgan. Ayni paytda, dostonning umumiy mazmuniga aloqasiz hisoblaganidan bo‘lsa kerak, bir qator boblarni qisqartirgan, ayrim boblarni ixchamlashtirib, bir-biriga qo‘shib yuborgan.

Asarda malika husnu-malohatda tengi yo’q go’zal pari ekani aytiladi. Uni har tomonlama mukammal ekani, hechqanday nuqsonsiz ekani ham aytib o’tiladi. Ya’ni nafaqat go’zallikda balki, odob-axloqda ham tenggi yo’q edi.

  1. Xusrav tushunda otasi Nushirvonni ko‘rgani” qismini o‘qib, mazmunini yozing.

Tutildi ersa Nushervonning oyi,

Ko’nub Xurmiz uza davlat humoyi.

Qorong’u kunlarning birida Xusrav o’z otasini tushida ko’radi, ya’ni Nushiravonni. Tushida otasiga unga 4 narsa haqida gapirib beradi, ya’ni nasixat beradi. O’sha kuni Xusrav ushbu tushidan shod bo’lib, hursand holda uyg’onadi.



  1. Shirin Xusravning suratin ko‘rib bo‘lg‘on surati” qismini tahlil qiling va yozing.

Falak ichinda kezdim muncha ofoq

Ajoyib ko’rdim Ojun ichra yavoq
Xusravga Banda malikasi Shirin haqida so'zlab beradi. Xusrav esa Mohinbonuning jiyani malika Shirinni g'oyibona sevib qoladi. Uning tinchi oromi yo'qoladi. Xusrav Shirinni izlab topish niyatida Shopurni Bardaga jo'natadi. Shopu Armanistonga yetib boradi va Shirin sayr qilib yuradigan bog‘dagi bir daraxtga Xusravning sur’atini osib qo'yadi. Ko'rkam va baquvvat yigit sur’atini ko'rgan Shirin unga oshiq bolib qoladi. Shopur Shirin bilan uchrashib, unga Xusrav haqida gapirib beradi hamda sovg'a sifatida Xusrav bergan uzukni Shiringa beradi. Shirin Mohinbonuning ruxsatisiz hadoyinga yo‘l oladi. Biroq u yerdagi shoh saroyida ro‘y bergan fitna hamda Hurmuz bilan Xusravning o‘zaro ziddiyatlari sevishganlami ancha tashvishga solib qo'yadi.
Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling