Shakarqamish
Download 328.4 Kb.
|
Dunyo o`simliklari
VIKTORIYA REGIYA
Viktoriya regiya issiq va sernam sharoitda o’sadigan ko’p yillik ajoyib suv o’simligidir. Tabiatda shunday o’simlik borligini 1801-yilda aniqlangan. Viktoriya regiyaning asl vatani — Janubiy Amerika. Bu o’simlik Amazonka va Orinoka daryolari havzalarida o’sadi. Uning bargi juda katta, diametri 2 metrga yaqin. Suv yuzida qalqib turadigan bargining shakli ulkan barkashni eslatadi. Bargning chetlari 5-10 santimetr kenglikda tepaga qayrilgan. Bargni yo’g`onligi 5-10 santimetr keladigan tomir ushlab turadi. Viktoriya regiyaning bargi bolalarni, 50 kilogrammlik yukni, hatto yuziga bir tekis qilib sepilgan 75 kilogramm qumni ham ko’taradi. Bu o’simlik avgust oyida gullaydi. Gulining eni 40 santimetrga yetishi mumkin. Guli uch kun yashaydi: har kuni kechqurun ochilib, tongda yumiladi. G`unchasi suv ostida bo’lib, ochilishiga yaqin suv betiga chiqadi. G`uncha oq rangda bo’ladi. Birinchi kuni pushti rangda ochiladi, ikkinchi kuni gul to’q qizil rangda, uchinchi kuni esa och qizil rangda ochiladi. Gul barglari to’kilgach, gul bandi suv ostiga tushadi va mevasi suv ostida yetiladi. Yerli xalq bu o’simlikning mevasini yeydi. Viktoriya regiya urug`dan ko’payadi. Uning normal o’sib rivojlanishi uchun suvning harorati +30° atrofida bo’lishi kerak. Bu o’simlik o’z vatanidan boshqa joylarda oranjeriyalardagina o’stiriladi. Moskva, Sankt-Peterburg va Toshkentdagi botanika bog`larida bu o’simlik bor. BAMBUK Bambuk - daraxtga o’xshash, lekin boshoqli o’simlik; uni daraxt deb bo’lmaydi, uning tabiati butunlay boshqacha. Bambuk juda-tez o’sadi, bo’yi 38 metr, tanasining aylanasi 80 santimetrga boradi. Yosh bambuk besh-olti Hafta ichida 18 metr o’sishi mumkin. Bambuk kun sayin emas, soat sayin o’sadi, qulay sharoitda bir kunda yarim metrdan ortiq o’sishi mumkin. Bambuk pishiq va engil bo’lganligidan undan uylar, shiyponlar, ko’priklar, Har xil mebellar yasaladi. U vodoprovod quvurlari uchun Ham juda bop. Bambukdan turli savatlar, qutilar ishlanadi, qipiqlaridan presslab paloslar tayyorlanadi, tanasining ustki qavatidan pichoq va qayroq, tolali po’stlog`idan esa ipak qog`oz ishlanadi. Bambukdan xar xil musiqa asboblari yasaladi, bambuk bo’g`inlarida to’planib qolgan moddadan chinni sanoatida foydalaniladi, suliga o’xshash donidan non pishiriladi, sarsabil mazasini eslatuvchi novdalari xar xil ovqatga ishlatiladi. Bambukni qaynatib yoki saryog`da qovurib xar xil sho’rvalar, qaylalar pishiriladi, quritib yoki konservalab qishga olib qo’yiladi. Bambuk bargi aralashtirib pishirilgan jo’ja go’shti eng mazali ovqat hisoblanadi. BAOBAB Baobab savannalarga xos ajoyib daraxtdir. U dunyodagi bahaybat daraxtlarning ham eng ulkani. Ba’zan uni «o’simlik dunyosining begemoti» deb atashadi. Baobabning ko’rinishi juda g`alati; shuning uchun bo’lsa kerak, mashhur sayyoh D. Livingston uni to’ntarib qo’yilgan ulkan sabziga o’xshatgan. Afrikaliklardagi bir rivoyatda: «Kunlarning birida qudratli tangri baobab daraxtidan g`azablanib, uni sug`urib olgan-u, ildizini yuqoriga, shoxini pastga qaratib to’ntarib yana yerga suqib qo’ygan», — deyiladi. Tanasi silliq po’stloq bilan qoplangan baobab daraxtining bo’yi 18-20 metr, tanasining aylanasi 45 metr keladi, diametri osa 10 metrdan ham ortishi mumkin. Bu daraxt savannada ulkan posbondek qad ko’tarib turadi, qurg`oqchilik davri boshlanishi bilan barglari to’kilib, qing`ir-qiyshiq shoxlari yalang`ochlarshib qoladi. Baobab daraxti uzoq — 5000 yilgacha yashaydi. Lekin ba’zi bir olimlar bu fikrga shubha bilan qaraydi. Darhaqiqat, bu daraxtning yoshini aniqlash juda qiyin, chunki baobab tanasida boshqa daraxtlardagi singari yillik halqalar bo’lmaydi. Keksa daraxtlarning o’zagi chirib qoladi, o’zaksiz baobab ichiga turli parrandalar, yovvoyi asalarilar in qiladi; u odamlar uchun ham boshpana bo’lib xizmat qiladi. Ayrim baobablarning ichiga 20-30 kishi sig`ishi, mashinalar uchun «garaj» vazifasini o’tashi mumkin. Baobab daraxti goh «semirib», goh «ozib» turadi: yomg`irli mavsumda suvga to’yingan baobab biroz «to’lishadi», qurg`oqchilik mavsumida yana «ozadi». Baobab, odatda, suv yaqinida o’sib, ildizi tanasidan 100 metr nariga cho’zilib ketadi. Baobab daraxtining yog`ochi bo’sh bo’lib, o’zida ko’p nam saqlaydi. Uning tanasida jami 15 ming litrgacha suv to’planishi mumkin. Yomg`irli mavsum boshlanishi bilan baobab gullaydi. Gullari juda yirik bo’lib, diaffeetri 15-20 santimetrga etadi. Uning oppoq gullari tunda ochiladi, xushbo’y bo’ladi. Gullarini ko’rshapalaklarning bir turi changlatadi, tong otishi bilan bu gullar so’liydi. Baobab mevalari qurg`oqchilik mavsumi boshlanishi oldidan etiladi. Bu paytda daraxtning mayda barglari to’kilib, bodringga o’xshash mevalari quruq shoxlarida osilib turadi. Uning mevasi ham, urag`i ham iste’mol qilinadi. Mevasi biroz nordon, mazali, uzunligi 35 santimetr, yo’g`onligi 17 santimetr keladi. Baobab mevasini maymunlar xush ko’rib yeydi. Maymunlar ko’pincha baobab tanasi ichida yashaganligidan uni «maymun daraxti» deb ham yuritishadi. Baobabning bargida suyakni mustahkamlaydigan modda ko’p bo’lganligidan fillar baobab barglarini ishtaha bilan yeydi. Baobab daraxti va uning mevasi mahalliy xalq uchun katta ahamiyatga ega. Ular baobab mevasini ovqat o’rnida iste’mol qiladilar, yosh nihollaridan xushxo’r ichimlik tayyorlaydilar. Iki ichimlik chanqoqni tez bosadi. Yosh novdalar ovqatga ham ishlatiladi. Daraxt po’stlog`i va bargidan tayyorlangan tolqon murch va tuz o’rnida iste’mol qilinadi. Baobab mevasidan xushbo’y moy olinadi, urug`i qovurilib yeyiladi, bargi esa ovqatga ishlatiladi, yog`ochi va po’stlog`idan qog`oz tayyorlanadi, tola olinadi. Bu toladan arqon eshiladi, qop, baliq tutish uchun to’r va dag`al mato to’qiladi. Baobab yog`ochidan laxta ham tilinadi, o’yib qayiq ishlanadi. Baobabdan har xil dori-darmonlar ham tayyorlanadi. Uargining damlamasi bezgakka qarshi davo. Uning mevasidan ham dori tayyorlanadi. Yerli xalqlar chaqaloqni, baobab daraxtidek azamat bo’lsin, deb uning novdasi va ildizi qaynatilgan suvda cho’miltirishadi. Baobab — savannalardagi ajoyib daraxtdir. U dunyodagi bahaybat daraxtning ham eng ulkanidir. Ba’zan uni «o‘simliklar dunyosining begemoti» deb atashadi. Tanasi silliq po‘stloq bilan qoplangan baobab daraxtining bo‘yi 18-20 metr, tanasining aylanasi 45 metr keladi, diametri esa 10 metrdan ham ortishi mumkin. Bu daraxt savannada ulkan posbondek qad ko‘tarib turadi, qurg‘oqchilik davri boshlanishi bilan barglari to‘kilib, qing‘ir-qiyshiq shoxlari yalang‘ochlanib qoladi. Maymunlar ko‘pincha baobab tanasida yashaganligi uchun u maymun daraxti ham deyiladi. Baobab daraxti 5000 yilgacha yashaydi. Lekin ba’zi bir olimlar bu fikrga shubha bilan qaraydi. Darhaqiqat, bu daraxtning yoshini aniqlash juda qiyin, chunki baobab tanasida boshqa daraxtlardagi singari yillik halqalar bo‘lmaydi. A.Rafiqov, H.Vahobov, A.Qayumov, Sh.Azimov "Amaliy geografiya" G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent - 2012 BANAN Banan issiq o’lkalarda o’sadigan baland bo’yli o’simlik bo’lib, uning mevasi «dondlar mevasi» deb yuritiladi. Bu o’simlikning balandligi 10 metr atrofida, tuproq ostidagi ildizpoya uning asosiy tanasi hisoblanadi. Ildizpoyadan yo’g`onligi qalamdek keladigan juda ko’p uzun va qayishqoq ildizlar atrofga taralib ketadi. Bu ildizlar juda yashovchan. Uning bir bo’lagini, hatto biroz turib qolgan bo’lsa ham yeksan-giz, undan banan o’sib chiqadi. Shuning uchun banan urug`dan emas, balki ildizda ko’paytiriladi. Madaniylashtirilgan bananlarning mutlaqo urug`i bo’lmaydi. Banan o’simligi tanasida o’ndan ortiq (hatto yigirmatagacha) uzun barglar osilib turganligidan u ko’rinishidan xurmo daraxtiga o’xshab ketadi. Barglarining ajoyib xususiyati shuki, jazirama issiq kunlari ular osilib tushadi, bargning chetki tomonidagi teshikchalar kichrayib, quyosh nurlari bargning yaltiroq parda bilan qoplangan ustki tomonigagina tushadi, shu tufayli o’simlik tarkibidagi suvning bug`lanishi kamayadi. Ob-havo nam va nisbatan salqin paytlarda bargning chekkasi tepaga qayriladi, bargning chetki tomonidagi teshikchalar kengayadi va namning bug`lanishi ortadi. o’simlikning mo’tadil rivoji shuni taqozo etadi. Bu o’simlikning har tupi bir gulto’da bo’lib gullaydi va meva bir bosh banan tugadi. Bir bosh bananda 200-300 dona meva - «banan g`ujumlari» bo’lib, umumiy og`irligi 50-60 kilogramm keladi. Bir bosh bananning uzunligi 2 metrga borishi mumkin. Hosil pishib etilgach, poya sekin-asta quriydi, ammo ildizpoyadan yana juda ko’p novdalar shoxlab chiqadi. Ularning har biridan rosmana bir tup banan o’sib chiqib, ular ham hosil berishi mumkin. Shuning uchun bir marta ckilgan banandan bir necha o’n yil mobaynida hosil olib turiladi. Tropik o’lkalarda o’simlikning vegetatsiya davri yil bo’yi davom etganligidan ildizpoyada turli «yosh»dagi bachkilarni qoldirib, bananzorlarda yil bo’yi uzluksiz hosil yig`ishtirib olsa bo’ladi. Shu tufayli banan plantatsiyalaridan katta daromad olinadi. Banan mevalari o’simlik tanasida turib pishsa, mazasi o’zgaradi, xushbo’y hidi yo’qoladi, po’sti yorilib, mag`zi qushlar bilan hasharotlarga yem bo’lishi mumkin. Shuning uchun batian mevalari, odatda, pishib yetilmasidan, dumbulligida uzib olinib, pishib yetilguncha saqlanadi. Shunda meva tarkibidagi kraxmal qandga aylanadi, meva o’ziga xos maza, xushbo’y hid kasb etadi. Banan o’simligi ekilib, 14-15 oy o’tgandan keyin hosil beradi. Banan odamlarga ma’lum bo’lgan madaniy o’simliklar ichida eng qadimgilaridan biridir. Bananning vatani - Osiyo. Osiyoda banan juda qadimdan yetishtirib kelingan. Keyinchalik bu o’simlik boshqa joylarga ham tarqalgan, Amerikagacha yetib borgan. Banan issiq o’lkalardagina o’sadi. Havo harorati muttasil +20°C dan yuqori bo’lgan, ming millimetrdan ham ko’p yog`in yog`adigan iqlimiy sharoit banan uchun juda mosdir. Agar harorat keragicha issiq, tuproq yaxshi bo’lsa, uni sug`orib o’stirish ham mumkin. Banan Osiyo, Afrika, Avstraliya, Markaziy va Janubiy Amerikaning issiq, nam sohillarida, tropik orollarida mahalliy xalq uchun oziqa sifatida qadimdan yetishtirib kelingan. Bu nozik meva XIX asrgacha chetga chiqarilmagan, shuning uchun mo’tadil o’lkalardagi odamlar bu mevadan bexabar bo’lganlar. XIX asr oxiri va XX asr boshlaridan banan boshqa o’lkalarga ham chiqarila boshlangan. Chetga chiqarish va ko’proq daromad olish maqsadida u tobora ko’plab yetishtiriladi, keyinchalik Markaziy va Janubiy Amerikaning Karib dengizi sohillarida ham ko’plab ekila boshlaydi. Download 328.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling