Shakllanishi va rivojlanishi


iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari


Download 34.73 Kb.
bet5/5
Sana08.05.2023
Hajmi34.73 Kb.
#1441880
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi globaldan

iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarining turli-tumanligi ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash imkonini bermaydi. Shunga ko’ra, mazkur maqsadda bir necha asosiy ko’rsatkich va mezonlardan foydalaniladi:

- mutlaq va nisbiy YaIM;

- milliy daromad va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi miqdori;

- milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi;

- mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi;

- aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar.

Mamlakatning jahon xo’jaligidagi o’rnini aniqlashda bir necha yondashuvlar mavjud. Ulardan eng oddiylari – mamlakatlarni aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi daromad darajasi bo’yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. Bunday yondashuv BMT, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB) tomonidan qo’llaniladi. Masalan, JTTB daromad darajasiga ko’ra mamlakatlarning uchta guruhini farqlaydi. 1995 yili aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy daromadlarning quyidagi chegaraviy miqdorlari belgilangan edi:

- daromadlarning past darajasi – 765 dollargacha (49 ta mamlakat);

- daromadlarning o’rtacha darajasi – 766 dollardan 9385 dollargacha (58 ta mamlakat);

- daromadlarning yuqori darajasi – 9386 dollar va undan yuqori (26 ta mamlakat).


Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib xo’jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini ajratib ko’rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti mavjud bo’lmagan mamlakatlar. Rivojlanganlik darajasi bo’yicha ham o’z navbatida uchta guruh farqlanadi: past, o’rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoli-sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YaIM), yuqori daromadli neft eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt va boshqalar), eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKRM), shu jumladan eng kambag’al mamlakatlar (CHad, Bangladesh, Efiopiya), har xil mintaqaviy ittifoqlar va baynalminal guruhlarga ajratiladi.Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o’zaro iqtisodiy bog’liqlikning har xil jihatlari orqali tortiladi. Hozirgi xo’jalik aloqalarining chuqurlashib borayotganligi, baynalminallashuvning kuchayishi hamda fan-texnika inqilobining keng qamrovli tavsifi, aloqa va kommunikatsiya vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o’z-o’zini ta’minlash orqali samarali amal qilishi mumkin emas.
Download 34.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling