Shakllanishi va rivojlanishi


Download 34.73 Kb.
bet1/5
Sana08.05.2023
Hajmi34.73 Kb.
#1441880
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi globaldan


1.2.O’zbekistonda ishchi kuchi bozorining shakllanishi va rivojlanishi
Mehnat bozorida asosiy milliy resurs – ishchi kuchi shakllanadi hamda korxonalar, tarmoqlar va mintaqalar bo’yicha taqsimlanadi. Mehnat bozori iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligini, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasiga jalb etilishini ta’minlaydi. U xodimning o’zi uchun yanada mosroq ish joyiga o’tishini yengillashtiradi. Mehnat bozori orqali korxonalar zarur miqdorda va talab qilingan sifatga ega ishchi kuchi bilan ta’minlanadi. Mehnat bozori qanday kadrlar, mutaxassislar, kasblarga talab borligi, ulardan qandaylari ortiqchaligini ko’rsatadi. Mehnat bozorida raqobatning mavjud bo’lishi, bir tomondan, yollanma xodimlar o’z professional mahoratini o’stirishi va kengaytirishi, malakasini oshirishini rag’batlantiradi, ikkinchi tomondan, ish beruvchilarni qulay mehnat va unga haq to’lash sharoitlarini yaratish hamda saqlab turishga undaydi. Mehnat bozorisiz muvozanatli iqtisodiyotni bunyod etib bo’lmaydi, chunki iqtisodiyotni boshqarish, avvalo, odamlarning mehnat faoliyatini boshqarishni nazarda tutadi.Ish bilan bandlikning iqtisodiy mazmuni xodimning o’z mehnati bilan o’ziga munosib hayot kechirishni ta’minlash bilan bir qatorda ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishni ham ifodalaydi. Jamiyatning har bir a’zosi uchun munosib daromadga ega bo’lib, o’z sog’lig’ini saqlash uchun yetarli imkonga ega bo’lish, ijtimoiy ishlab chiqarishning usuliga mos keladigan ma’lumot va kasb darajasini egallashni ta’minlaydigan bandlikni aholining samarador bandligi deb hisoblash mumkin. Ish bilan bandlikning samaradorligini davlat taraqqiyotining mafkurasi aks ettiradigan ko’rsatkichlar bilan tavsiflab berish mumkin. Bular mehnat resurslarining ijtimoiy foydali faoliyatida ishtirok etish xususiyatlariga asoslangan taqsimlash proportsiyalaridan iboratdir. Ular mehnat unumdorligining o’sish darajasi, aholining ishga bo’lgan ehtiyoji qondirilishi va ish bilan to’liq bandlikka erishilishi kabi ko’rsatkichlar bilan ifodalaniladi. Chunki ijtimoiy mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo’lsa, jamiyatda xodimlarning daromadlari va moddiy shart-sharoitlar shunchalik ko’proq to’planadi.
2022 yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda mehnat resurslari soni jami 19 mln 453,3 ming kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.Statistikaga koʻra, mehnat resurslari soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda 0,8 foizga oshgan. Ish bilan bandlik va mehnat bozorining ahvolini yanada isloh qilish nuqtai nazaridan ijtimoiy faol aholi tarkibining taxminan 47,0 %ni ayollar, 14,0% ni 25 yoshgacha bo’lgan yoshlar va 14,0 %ni pensiya olish arafasidagi va pensiya yoshidagi kishilar tashkil etishini hisobga olish muhimdir. Bu guruhlar iqtisodiy jihatdan faol aholining shunday qismini tashkil etadiki, u muayyan iqtisodiy vaziyat ta’siri ostida mamlakat iqtisodiyotida ishtirok etishini o’zgartirishi mumkin. Bu iqtisodiy jihatdan faol aholi chetki ikki guruhining mutlaq ko’pchilik qismini ishsizlar tashkil etadi. Iqtisodiy jihatdan faol aholining 55,0 %ga yaqinini 30-49 yoshgacha bo’lgan kishilar tashkil etadi, ularning ko’pchiligi yuksak darajada ishchanligi, kasb mahorati, barqaror kasbiy va hayotiy qiziqishlari bilan ajralib turadi. Ish bilan bandlik sohasida ijtimoiy-demografik guruhlarning taklifi. Aholini ish bilan bandligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga xos xususiyatlar, shu jumladan, ish bilan bandlik turlari, kasb-malaka guruhlari bo’yicha taqsimlashdagi qonuniyatlar kishilarning yoshi va jinsi bo’yicha farqlanishi bilan ifodalandi. Aholining ijtimoiy-foydali faoliyatda qatnashish xususiyati bo’yicha jins-yosh guruhlarini ijtimoiy-demografik guruhlari deb atash qabul qilingan. Aholining jinsi va yoshi bo’yicha ish bilan bandlik xususiyatlarini hisobga olish maqsadida aholining quyidagi ijtimoiy-demografik guruhlarini ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiqdir: erkaklar, ayollar, yoshlar (16-29 yoshgacha bo’lgan mehnatda faol aholi), o’rta yoshli kishilar (30-49 yosh), pensiyaga chiqish arafasidagi kishilar (50 yoshdan oshgan mehnatga qobiliyatli aholi), pensiya yoshidagi kishilar va boshqalar. Erkaklar va ayollar eng yirik ijtimoiy-demografik guruhlar bo’lib, ularning mehnatidan foydalanish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Aholining mazkur guruhlariga tabaqalashgan yondashish asosini jinslarning tabiiy farqlari tashkil etadi. Erkaklar ish bilan band aholining 52,2 %ini tashkil etgan holda ko’proq jismoniy kuch va chidamga ega, ularning organizmi ayollar organizmiga nisbatan ishlab chiqarish sohasining noqulay ta’sirlariga kamroq beriluvchan bo’ladi. Odatda, ularda qat’iyat va ishonch bosimli bo’lib, mehnatini tatbiq etish doirasi kasbiy jihatdan ancha kengdir. Ayollar esa ish bilan band aholining 47,2 %ini tashkil etgan holda ishdagi sinchkovlik va puxtalik, diqqatlilik, sezgirlilik, ta’sirchanlik yaxshi rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Uzoq vaqt mobaynida erkak va ayollar ishchi kuchining tabiiy farqlari ularning sifat tarkibidagi muhim farqlar bilan bir-birini to’ldirib keldi. Ayollar ma’lumot, kasb tayyorgarligi darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy harakatchanligi bilan erkaklardan birmuncha orqada qolib kelganlar.Bunga misol sifatida aytadigan bo’lsak, hozirgi davrda O’zbekistondagi korxona va tashkilot rahbarlarining atigi 28,0 %ga yaqini ayollardan tashkil topgan. Bu ayollar va erkaklarning ish bilan bandlik xususiyatidagi tabaqalanishni birmuncha kuchaytiradi. Endilikda bu tafovutlarni kamaytirish chora-tadbirlari ko’rilmoqda, bu hol ayollarning ish bilan bandlik darajasini oshirishda ma’lum darajada ijobiy siljish imkonini beradi. Shu bilan birga, ayollar ishchi kuchining o’ziga xos tomonlarida aniqlik hal qiluvchi rol’ o’ynaydi. Binobarin, bu omil qanchalik to’laroq hisobga olinsa, ayollar kasbiy mehnatining aholini ko’paytirish bilan birga qo’shib olib borilishi uchun eng yaxshi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar yaratiladi. Shuni ham aytish kerakki, ish bilan samarali bandlikni shakllantirishda ayollarning roli ular mehnat resurslarining faqat son va sifat tarkibi bilan emas, shu bilan birga ayol-onaning sog’lom avlodni tarbiyalash sohasiga qo’shgan hissasi bilan ham belgilanadi. Ayollardagi onalik vazifasi bilan bir qatorda psixofiziologik xususiyatlar bog’langan bo’lib, bu ularning mehnat sharoitlariga oshirilgan talablar qo’yilishini taqozo etadi. Agar texnikadan foydalanilsa, erkaklar va ayollar ishchi kuchini tatbiq etishdagi farqlar ma’lum darajada birxillashuvi mumkin. Shu bilan birga mehnat va dam olishni tashkil etish ham ayollar organizmi xususiyatlariga ko’proq darajada mos kelishi lozim. O’zbekistonda ayollar ish bilan bandligining yuqori darajada ekanligi ayollar ish kuchining yangi xislatlari tarkib topishiga yordam beradi. Ayollar uchun kasb mehnati ular hayotining ajralmas bir qismiga aylanadi. Ish bilan bandlikda yoshlarning ijtimoiy va iqtisodiy vazifalari ularning mamlakat mehnat potensialini shakllantirishdagi roli bilan belgilanadi. Bu guruhda shartli ravishda ikki katta guruhni – o’quvchilar va ishlovchi yoshlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Mehnat bozoriga chiqadigan va ish bilan bandlikka ko’maklashuv Markazlari xizmatiga murojaat qiladigan yoshlarning umumiy soni kadrlarning bo’shash ko’lami bilan belgilanadi. Bunda ko’p narsa xodimlar qaysi tarmoqlardan bo’shashiga bog’liq bo’ladi. Agar bular mashinasozlik, to’qimachilik sanoati tarmoqlarida bo’lsa, bu joylarda ishlovchi ishlarning ulushi ko’proq bo’ladi va ular orasida ishsizlik soni ortadi. Yoshlar o’rtasidagi ishsizlik miqyosini tartibga solib turishning muhim usuli faoliyatning asosiy sohasi bo’lgan ehtiyojini pasaytirishdan iborat bo’lib, bunga ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim oladiganlar sonini ko’paytirish, kichik yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalari bor yosh ayollarga nisbatan esa oilalarga ijtimoiy yordam berishni yaxshilash yo’li bilan erishiladi Buning sababi sog’liqning holati, shuningdek, imtiyozli pensiya olish imkoniyatidadir. Pensiya yoshi arafasidagi aholi guruhiga ish bilan bandlik xususiyati jihatidan pensiya yoshining dastlabki besh yili ancha yaqin bo’ladi. Xuddi shular pensiya yoshdagi mehnatda faol aholining (5-6%) o’zagini tashkil etadi. Hozirgi vaqtda ana shu yoshdagi guruhning o’ziga xos xususiyati shuki, bunda ma’lumot darajasi past bo’lgan kishilarning ulushi ko’proq bo’ladi va pensionerlarning ko’pchiligini ayollar tashkil etadi. Bu esa pensionerlar mehnatidan foydalanish sohasini toraytirib qo’yadi, buning ustiga ular kamharakatchanlik bilan ajralib turadilar. Bu esa ularni tarmoqlar, kasblar bo’yicha qayta taqsimlash imkoniyatini pasaytiradi. Katta yoshdagi xodimlar mehnat haqining qaror topgan darajasiga ko’nikibroq qaraydilar va hatto noqulay iqtisodiy o’zgarishlar tufayli ish haqining pasayishiga ham qarshilik qilmaydilar. Shu bilan birga ko’pgina korxona va muassasalarning ma’muriyati mehnat jamoalarini saqlab qolishdan manfaatdor bo’lib, yoshlarni ishga qabul qilishga unchalik moyil bo’lmaydilar. Shuning uchun ko’pincha mehnat jamoalarining qariyb qolishi yuz beradi. Katta yoshdagi xodimlar ishdan bo’shatilmaydi, shuningdek, kamroq malaka talab qiladigan mehnatning yuqori darajasi saqlab qolinadi. Bu hol hozircha O’zbekistonda mavjud mehnat bozoriga xos bo’lib turgan xususiyatlardan biridir. Pensiya yoshi arafasidagi va pensiya yoshidagi kishilarning ma’lumot darajasi, yuqorida aytganimizdek, birmuncha pastroq bo’ladi.. O’zbekistonda migratsiya jarayonlari islohotdan avvalgi yillarda ma’lum darajada iqtisodiy rivojlanishning rejalilik omili bilan belgilanib kelinardi. Shuning uchun ham ishchi kuchining harakatchanligiga doir yangi sifat darajasining shakllanishi va uning migratsiya jarayonida aniq namoyon bo’lishini mutaxassislar eng muhim ilmiy va amaliy tizimga kiritadilar. Iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligi makroiqtisodiyotda juda muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Iqtisodiy faol aholi moddiy boyliklar ishlab chiqarishda xizmat ko’rsatish hamda iste’mol qiymatlarini yaratishda potensial ishtirok etish qobiliyatiga ega bo’lgan shaxslar yig’indisidir. Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) va O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoyalash vazirligining milliy xususiyatlarni hisobga olgan tasnifiga ko’ra iqtisodiy faol aholi tarkibiga mehnatga yaroqli ish bilan band bo’lganlar va ishsizlar kiritiladi. Ish bilan bandlik deganda ishga ega bo’lgan mehnatga layoqatli aholi tushuniladi (2.1-chizma). Ish bilan band bo’lganlarga (har ikki jinsga mansub 16 yosh va undan katta bo’lgan): - haq olish uchun to’la yoki to’liqsiz ish kuni shartlarida yollanma ish, shuningdek faoliyat uchun bevosita to’lov yoki daromadni olish muddatidan qat’i nazar, daromad keltiruvchi boshqa ishni mustaqil yoki ayrim fuqarolar uchun bajarib turganlar; - turli sabablarga ko’ra (kasallik, ta’til, mehnat safarlari, qayta tayyorlash va boshqalar) vaqtincha ish joyida yo’q bo’lganlar; - xususiy korxona va tadbirkorlikda maosh olmay ishni bajarib turganlar kiritiladi. Ishsizlarga esa 16 yosh va undan katta bo’lgan yoshdagi o’zlariga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra: 2.1-chizma.


Ishchi kuchi tizilmasi (XMT uslubi bo’yicha) - ishga (daromad keltiradigan mashg’ulotga) ega bo’lmagan; - ish izlayotgan va ish bilan bandlikka ko’maklashish Markazi xizmatida ro’yxatga olingan; - ishga tushishga tayyor bo’lgan shaxslar kiritiladi. Ish bilan band aholi – ijtimoiy ishlab chiqarishda faoliyat yuritayotgan mehnat resurslarining faol qismidir.
2021 yilning 22 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan videokonferensiya yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarning ijrosi haqida”gi axboroti eshitildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasining mas’ul rahbar xodimlari, deputatlar hamda OAV vakillari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur tadbirda samarali bandlikni oshirish hamda erkaklar va xotin-qizlarni munosib ish bilan ta’minlash asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish – Barqaror rivojlanish maqsadlarining 8-maqsadiga erishish yo‘lida qilingan ishlar, jumladan mehnat bozorida faol va sust chora-tadbirlarni amalga oshirish, xususiy mulkni muhofaza qilish, kichik va yirik biznesni hamda xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va tezkor rivojlantirishdagi to‘siqlarni bartaraf etish orqali aholini, ayniqsa, yoshlar, nogironlarni munosib ish bilan ta’minlash va samarali bandlikni kengaytirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlarga alohida ahamiyat berildi. Respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanishi va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha Dastur vazifalarini bajarish uchun 2030 yilga kelib ish bilan band bo‘lganlar sonini 16,7 million kishiga yetkazish, bunda ish bilan band aholining o‘rtacha yillik o‘sishi 1,6 foizni yoki 245 ming kishini tashkil etishi kutilayotganligi, 2030 yilgacha barcha xotin-qizlar va erkaklarni, shu jumladan, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni barqaror va samarali bandlik hamda munosib ish bilan, shuningdek, teng qiymatli mehnat uchun teng ish haqi to‘lanishini ta’minlash yo‘nalishidagi (8 maqsaddagi 5-vazifa bo‘yicha) asosiy muammolaridan biri bu norasmiy bandlik hisoblanib, bugungi kunda noqishloq xo‘jaligi sektorlarida norasmiy bandlik ulushi 54,3 foizni tashkil etmoqda. Norasmiy bandlik ulushi erkaklar va ayollarga nisbatan bo‘lib, erkaklarning 22,1 foizi norasmiy ish bilan band bo‘lsa, ayollarda bu ko‘rsatkich atigi 12,5 foizni tashkil qilishi ta’kidlandi.
“Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solib boriladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonundagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab kelayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etiladi.”4
Jahon ishchi kuchi bozorining mohiyati va paydo bo’lish sabablari

Jahon aholisi yoshiga bog’liq ravishda ikki tipdagi odamlarni o’z ichiga oladi: mеhnatga layoqatli - 15-60 yoshlilar, mеhnatga layoqatsiz bolalar va qariyalar. Aholi umumiy hajmining taхminan 70 foizi birinchi tipga tеgishli, biroq bu ulush turli hududlarda o’zgarib turadi. Masalan, Osiyo va Afrikada voyaga yetmaganlar, Yevropa va Shimoliy Amеrikada qariyalar ulushi yuqoriroq.


O’z navbatida mеhnatga layoqatli aholi ham ikkiga ajratiladi: iqtisodiy faol va faol bo’lmaganlar. Uy bеkalari, talabalar (ta’til paytida), davlat qaramog’idagi fuqarolar, shuningdеk, fuqaroligi bo’lmaganlar iqtisodiy faol bo’lmaganlar qatoriga kiradi. Bizni iqtisodiy faol aholi, ya’ni mеhnatga layoqatli va unga intiluvchi odamlar qiziqtiradi. Fuqarolarning aynan shu toifasi mamlakat ichkarisida va хorijdan ish qidirish jarayonida faol ishtirok etadi.
Хalqaro ishchi kuchi migratsiyani uzoq tariхga ega bo’lsada, faqatgina XX asrga kеlib ishlab chiqarish omillari harakatining yetakchi ko’rinishlaridan biriga, binobarin ХIMning alohida sohasiga aylandi.
Buni quyidagi sabablar bilan bog’lash mumkin:
хo’jalik hayotining baynalmilallashuvi;

ijtimoiy-dеmografik o’zgarishlar;

fan-tехnika va aхborot sohasidagi inqilob;

intеgratsiya jarayonlarining rivojlanishi;



transmilliy korporatsiyalar faoliyati.

Bu barcha omillar mеhnatga layoqatli aholining harakatchanligini kuchayishiga sababchi bo’ldi, zеro insonlar mamlakatlar va qit’alararo ko’chish uchun rivojlangan kommunikatsiya infratuzilmasidan foydalanishadi. Hozirgi kunga kеlib jahon ishchi kuchi bozori (JIKB) vujudga kеldiki, bu bozor asosini milliy хo’jalik tizimlari va jahon iqtisodiyoti doirasida ishlab chiqaruvchi kuchlarning darajasi, tabiati va joylashuviga sеzilarli ta’sir etuvchi iqtisodiy faol aholining mamlakatlar va hududlar o’rtasida jami migratsiya aylanmasi tashkil etadi. XX asrning oхiriga kеlib mеhnatkash-migrantlarning bir yildagi o’rtacha miqdori 35 mln. kishiga yetdi (1960-yilda 3,5 mln.). JIKB faqatgina migrantlarni emas, balki turli darajadagi migratsiya хizmatlarini, shuningdеk, хorijiy mеhnatkashlar huquqiy statusi, ularning mеhnatini himoyalash, ularga ijtimoiy kafolatlar bеrish va boshqa masalalar bilan shug’ullanuvchi хalqaro tashkilotlarni ham o’z ichiga oladi.
Mazkur mavzuda aholining ko’chishi jarayonlari ichida ijtimoiyiqtisodiy maqsadlar kеltirib chiqargan mеhnat migratsiyasi to’g’risida so’z boradi. Fuqarolarni o’z vatanidan tashqarida ish qidirishga majbur etuvchi omillar ichida eng asosiysi turmush darajasini yaхshilash va o’z qobiliyatlaridan unumli foydalanishga intilishlari hisoblanadi. Ayni paytda ishsizlik, qishloq хo’jaligida aholining ko’payib kеtishi kabi salbiy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar ham yashash joyini vaqtincha yoki doimiy o’zgartirishga sababchi bo’ladi.
Hozirgi paytda davlatlar mеhnat migratsiyasini tartibga solish borasida o’z harakatlarini kuchaytirib borishmoqda. Migrantlarni jo’natuvchi (eksportyor-mamlakatlar) va qabul qiluvchi (importyormamlakatlar) tomonlarning o’zaro manfaatlarini huquqiy ifodasi odatda ikki va ko’p tomonlama kеlishuvlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Bu sohada хalqaro konvеnsiyalarni tayyorlashda aholi bo’yicha BMTKomissiyasi, Хalqaro mеhnat tashkiloti, Migratsiya bo’yicha хalqaro tashkilot kabi global tashkilotlar sеzilarli ko’mak bеrib kеlmoqda. Ishchimigrantlar huquqlarini himoya qilish bilan shug’ullanuvchi hududiy tuzilmalarga misol sifatida G’arbiy Yevropadagi Migratsiya masalalari bo’yicha hukumatlararo qo’mitani kеltirish mumkin. JIKB doirasidagi munosabatlarni tartibga solishning asosiy хalqaro mе’yoriy хujjatlari Хalqaro mеhnat tashkilotining 1962, 1975, 1982 yillardagi Konvеnsiyalari hisoblanadi. Bu хujjatlarning moddalari migrantlarni yollash, ularning huquqlarini kafolatlash, migratsiyaning yashirish kanallari bilan ko’rashish kabi masalalarni tartibga soladi.
Jahon xo’jaligida inson resurslari. Ishsizlik va bandlik. Demografiya – aholi sonining harakati va mehnat resurslari bilan shugullanuvchi fan bo’lib, u ijtimoiy, iqtisodiy, biologik va geografik omillar asosida axoli tarkibi, dinamikasi, joylashuvi va kuchishining umumiy 8 konuniyatlarini urganadi. SHular asosida turli mamlakat va mintakalar axolisi sonining uzgarishlari, istikbol davri uchun taxminlar ishlab chikiladi. Avlodlar almashinuvi kanchalik ta’minlanganligini bilish uchun ayrim olingan avlodni tugilgan vaktidan boshlab to nasl yaratishgacha bulgan davrni kuzatish kerak. Agar ma’lum bir avlodning 1000 kishisi 1000ta farzandni dunyoga keltirgan bulsa demak avlod almashinuvi tula ta’minlangan buladi. SHunday kilib, axoli urtasida ulimning kamayishi axolining keskin usish jarayonini keltirib chikargan omillardan biri buldi. 2000 yilga kelib yer shari axolisi soni 6 mlrd.kishiga, 2030 yillarga borib esa 10 mlrd. kishiga yetishi kutiladi. Axoli uzgarishini urganish dinamikasining taxlili asosida kursatilgan demografik koeffitsientlar natijasida kuyidagi o’ziga xos bosqichlar yoki populyatsion sikllarni ajratish mumkin: 1. Dastlabki populyatsion xarakterdagi siklga: - yukori darajada tugilish; - yukori ulim va buning natijasida axoli usishining sekin borishi; Bunday xususiyatlar kam rivojlanib borayotgan mamlakatlarga, jumladan, Afrikaning bir kator tropik davlatlari va ba’zi bir Janubiy-SHarkiy Osiyo (kamrok darajada) mamlakatlariga xosdir. 2. Ikkinchi populyatsion xarakterdagi siklga: - yukori darajada tugilish; - ulimning pasayishi va natijada axolining keskin usishi; Bunday xususiyatlar Afrika va YAkin SHark mamlakatlariga, SHarkiy Osiyoning kupgina davlatlariga, nisbatan rivojlangan ba’zi bir Lotin Amerikasi davlatlariga (Paragvay va Argentina) xosdir. 3. Uchinchi o’ziga xos populyatsion siklga: - tugilishning pasayishi; - ulimning kiskarishi; Bunday populyatsion xarakterda tugilish ulimga nisbatan (uncha katta bulmagan xolda) yukorirok bulishi saklansada, axolining usish darajasi doimo pasayib borishi kuzatiladi.( Masalan, Zamonaviy AKSH). 4. Turtinchi populyatsion xarakterdagi siklga: - tug’ilishning pastligi; - ulimning kamligi va natijada nisbatan stabillashishi yoki axoli usish dinamikasining minimal rivoji. Bularga kuplab yevropa davlatlarini kursatsa buladi. Iqtisodiy faol axoli va uning bandlik soxalari buyicha taksimlanishi. Ishsizlik va uning jahon iqtisodiyotida uzgarish tendentsiyalari. YOlanma mexnat kishilari – ishchilar va xizmatchilar; mustakil ishchilar; oilaning xak tulanmaydigan a’zolari; mavsumiy va tasodifiy ishchilar; ob’ektiv sabablarga kura (kasallik, ta’til) vaktincha ishlamayotgan kishilar; tuliksiz ish vakti rejimida ishlab ukishni davom ettirayotgan uquvchilar; stipendiya yoki ish xaki olib ishlab chikarishda kasb urganayotgan shogirdlar. Xozirgi vaktda bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida iqtisodiy faol axoli – ishchi kuchi deb yuritiladi. Iqtisodiy faol axolining mexnat statusi mikdoriy jixatdan ma’lum muddat (1 yil) ichida ishlagan xafta yoki kunlari soni bilan 9 aniklanadi. SHunga kura iqtisodiy faol axoli – bandlar, ishsizlar va kisman bandlarga bulinadi. Xalqaro Mexnat tashkiloti ta’rifiga kura ishsizlar deb – oxirgi 4 xafta ichida ish kidirayotgan va ishga ega bulmagan yoki ishga joylashib xali ishga kirishmagan kishilarga aytiladi. Turli mamlakatlarda bu kategoriya turlicha talkin etiladi. Turli mamlakatlarda ishsizlar sonini ainklashda ikki xil yondashuv mavjud. Birinchisi - 1 xaftalik tekshirishda ishsizlar statusiga javob beruvchi kishilar sonini aniklaydi, bu usul AKSH.YAponiyada ishlatiladi. Buyuk Britaniyada bu usul kimmat xisoblanib, ishsizlar soni davlat bandlik xizmatlariga ishsizlik nafakasini olishga topshirilgan talabnomalar asosida xisoblanadi.


Download 34.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling