Shakllanishi
Mashina tarjimasi (avtomatik tarjima)
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdurahmonova Sayyora
Mashina tarjimasi (avtomatik tarjima)– bir tildagi matnni ikkinchi bir
tilga kompyuter vositasida qisqa vaqt ichida tarjima qilish. Mashina tarjimasi bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya 1952-yilda Massachusets texnologiya isttitutida o‘tkazildi. 1954-yilda AQSH dagi Jorjtaun universitetida birinchi marta avtomatik tarjima tajribadan o‘tkazildi. U GAT tizimi (inglizcha “Georgetown Automatic Translation” birikmasining qisqartmasi) deb ataldi. Bu tajribalar IBM-701 kompyuterida o‘tkazildi. Tajriba bazasi algoritmlardan iborat bo‘lib, 50 000 ta so‘z (50 ta gap)ni rus tilidan ingliz tiliga tarjima qildi. SYSTRAN avtomatik tarjima tizimi yordamida bir yilda 2,5 mln sahifa matn ingliz tilidan nemis, fransuz, ispan, yunon, italyan tillariga hamda fransuz tilidan ingliz, ispan, italyan tillariga tarjima qilinadi. DIANA mashina tarjimasi tizimi 10 mln ta so‘z bazasiga asoslanib, dunyoning 6 ta yirik tilida avtomatik tarjimani ta’minlaydi. YEUROTRA tizimi barcha yevropa tillari bo‘yicha avtomatik tarjimani amalga oshira oladi. SOKRAT sistemasi ham 40 mln ta so‘z xotira kuchiga ega bo‘lib, dunyodagi 40 ta tilda avtomatik tarjimani amalga oshiradi. Internet tiziming rivojlanishi natijasida avtomatik tarjima global tarmoqda ham tashkil etiladi, ya’ni hozirgi kunda online-tarjima tizimi faol yo‘lga qo‘yilgan 12 . Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling