Shakllanishi
XULOSA……………………………………………………………...64
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdurahmonova Sayyora
- Bu sahifa navigatsiya:
- TADQIQOT …………………………………………………………….
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
XULOSA……………………………………………………………...64
66
2 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Har bir tilning shakllanishida shu til vakillarining tilga uni o`rganish tadqiq qilishga bo‘lgan munosabati muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqning xalq sifatida o‘zligini namoyon etishida til muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli mamlakatimizda ona tilimizga alohida e’tibor berilmoqda. Davlatimiz mustaqillikka erishishi arafasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi, o‘zbek tilining davlat tili sifatida e’tirof etilishi buning yorqin isbotidir. Darhaqiqat, til xalq ma’naviyati, madaniyati ko‘zgusidir. Prezidentimiz I.A. Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida ham bu borada munosabat bildirilgan: “O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy, ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi orqali singadi. Ona tili – bu millat ruhidir” 1 .
xalq tilida uning tarixi, xarakteri, badiiy ijodi va tafakkurining o‘ziga xos xususiyatlari o‘z ifodasini topadi. O‘zbek tili boy va imkoniyatlari keng. Uning qudratini hazrat Mir Alisher Navoiy o‘z asarlari orqali butun dunyoga mashhur qilgan. Shunday ekan, O‘zbekistonda yashayotgan o‘zbek xalqi uchun ona tilini bilish, uning bebaho boyliklaridan bemalol foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, o‘zbek tilini asrash har bir o‘zbek farzandining vazifasi va burchidir. Rus tilshunosi V.V.Vinogradov esa: “Og‘zaki va yozma nutqning yuksak madaniyati, ona tilini yaxshi bilish va his etish, ularning namunali vositalarini ishlata olish ko‘nikmasi – har bir kishi uchun o‘z ijtimoiy hayotida va ijodiy faoliyatida eng yaxshi tayanchdir”, - deb yozgan edi. Ma’lumki, ijtimoiy hayotda yuz beradigan o‘zgarishlar ilm-fanning barcha yo‘nalishlarida bo‘lganidek, tilshunoslik sohasida ham o‘z ifodasini topadi.
1 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. – B.60.
3 Tilshunoslikda bir qator yangi sohalar paydo bo‘ldi. Bu jarayon asosan, XX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri kelsa-da, o‘zbek tilshunosligida ushbu sohalar (neyrolingvistika, kompyuter lingvistikasi, psixolingvistika, geografik tilshunoslik kabi) rivoji mustaqillik davridan so‘ng kirib kela boshladi va bir qancha ilmiy ishlarning tadqiqot obyektiga aylana boshladi. Shu jumladan, “XXI asr – kompyuter texnologiyalari asri” ning o‘zbek tilshunosligiga olib kirgan yangiligi bo‘lmish kompyuter lingvistikasi sohasining rivoji ham. Kompyuter lingvistikasi fani 1960-yilda AQShda shakllandi. Mazkur fan XX asrning o`rtalarida paydo bo`lgan matematik lingvistika fani asoslaridan kelib chiqqan. Tabiiy tillar grammatikasi formal modeli kompyuterda tarjima qilish, tillarga o`rgatish, bilimlarni diagnostika qilish, matnlarni tahrir etish kabi amaliy dasturlarni ishlab chiqishga asos bo`lgani holda kompyuter lingvistikasi yo`nalishiga zamin yaratdi. 1 Kompyuter lingvistikasi fanining asosiy maqsadi lingvistik masalalarni hal qilishning kompyuter dasturini yaratishdir. Uning asosiy vazifalariga tillarga o`qitish, bilimlarni tekshirish, matnlarni turli jihatdan tahrirlash va mashina tarjimasi uchun mo‘ljallangan dasturlarni ishlab chiqish kabilar kiradi. Kompyuter lingvistikasi bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lgan uch yo`nalishni o`z ichiga oladi: 1) linvostatistika; 2) injener lingvistikasi; 3) algoritmik (dasturlash) lingvistika.
Kompyuter lingvistikasi amaliy tilshunoslikning tarkibiy qismi, matematik lingvistikaning mantiqiy davomi bo‘lib, u hozirda turli aspektlarda jadal rivojlanmoqda. Kompyuter lingvistikasi fanining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ajratish mumkin: a) matn tahriri – kompyuter yordamida muayyan matnning xatolarini to‘g‘rilash; b) avtomatik tarjima – berilgan matnni bir tildan boshqa tilga qisqa vaqt ichida tezkor tarjima qilish tizimi; c) CALL (Computer Assisted Language Learning) til o‘qitishni avtomatlashtirish – xorojiy tillarni kompyuter yordamida o‘qitish tizimini
1 Po’latov A., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2007. 37-38-bet.
4 ta‘minlovchi amaliy dasturlar hamda bilimlarni avtomatik baholash mexanizmlari; d) kompyuter leksikografiyasi (elektron lug`atlar tuzish) – muayyan til leksikonidagi so`zlarning ma`lumotlar bazasi va
maxsus programmalashtirish tillari yordamida ishlash tizimiga ega bo‘lgan dasturlar (kompyuter lug‘atlari) yaratish bilan shug‘ullanuvchi soha; e) sun’iy intellekt tizimini yaratish; f) NLP – tabiiy tilning qayta ishlanishi; g) gipertekst texnologiyasi; h) on-line o‘qitish tizimi (virtual sinf va labaratoriyalarda) – kompyuter lingvodidaktikasi; i) informatsion qidiruv tizimi. 1
Barcha sohalar uchun rivojlanish, taraqqiy etish o‘ziga xos xususiyat sanaladi. Jumladan, tilshunoslik sohasi ham bundan mustasno emas.Millat ruhini o‘zida mujassam etgan til barcha davrlarda jamiyat rivoji bilan yonma-yon yurgan. Ayniqsa, yosh avlod tarbiyasida ona tili va adabiyotning o‘rni beqiyosdir. “Yangi avlodni tarbiyalash – xalqni tarbiyalash demakdir” 2 . Ijtimoiy hodisa sifatida baholanadigan til hamisha boyib, yuksalib boraveradi. Kompyuter lingvistikasining muammolarini to‘g‘ri belgilash va ularni ko‘rsata bilish katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Avtomatik tahrir dasturi kompyuter lingvistikasining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bir qator tillarda bu dastur yaratib bo‘lingan. O‘zbekcha matnlarni kompyuter vositasida avtomatik tahrir va qilish soha mutaxassisi oldida turgan vazifadir. Bu yo‘nalishda qilingan avvalgi ishlar bilan tanishgan holda avtomatik tahrir va tahlil jarayonining prinsiplarini bayon qilishga va ular asosida mulohazalar bildirishga harakat qildik.
1 Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. – Toshkent, 2011. 58-bet 2 Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир. – Т.: “Ўзбекистон”, 2015, 235-бет.
5 O‘zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish bugungi kungcha inson mehnati bilan amalga oshirilib kelinmoqda. Bu matnlarni tahrir qilishga ketadigan vaqtning oshishiga, iqtisodiy xarajatlarning ortishiga, inson tomonidan qilinadigan xatoliklarga olib keladi. Avtomatik tahrir dasturining asosiy prinsiplari orqali kelgusida bu borada qilinadigan amaliy ishlarda qaysi jihatlariga e’tibor qaratilishi zarurligi keltiriladi. Shuningdek, bugungi kunda jahon kompyuter lingvistikasida amalga oshirilgan ishlarning salmog‘i, o‘zbek tilshunosligidagi kelgusi tadqiqotishlarining muhim yo‘nalishlari haqida so‘z boradi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling