Shamol, oqar suvlarning geologik ishi
Download 54.5 Kb.
|
Shamol, oqar suvlarning geologik ishi
Daryoning geologik ishi. Eroziya quruqlik yuzasidan oquvchi suvlar, asosan daryo suvlari natijasida vujudga keladi. Eroziya so`zi daryolarning yemirish ishini bildiradi. Daryolarning ishi:
a) o`zanni chuqurlatib, soxilni yuvib ketishda; b) siniq jinslarni oqizib ketishda, v) soxilda paydo bo`ladigan va daryo o`zanini to`ldirib yuboradigan toshlarni oqizib ketishda; d) mayda tosh parchalarini yotqizishda yaqqol ifodalanadi. Oqar suvning eroziyasi natijasida tog` jinslari yuvilib, usti ochilib qoladi ba`zan suv chuqur uyib yuborib, jar hosil qiladi 1. Chuqurlama eroziyada daryo baland joylardan pastga tomon katta kuch bilan oqib tushadi, shunda suv o`zanni o`yib ketadi va daryo suvi ancha pastlikdan oqa boshlaydi. 2. Yonlama eroziya daryoning o`rta oqimida ro`y beradi. Daryoda oqib o`tayotgan suv daryo tagini yuvib yubormay, balki ikki yon soxilini o`yadi. Bunday daryolar tekislikda meandralar hosil qiladi. Daryolar dengiz va ko`llarga quyiladigan yerlarda deltalar hosil qiladi. Bu yerda daryo o`zaning shakli likopchasimon bo`ladi. Daryoning kelib quyiladigan joyi (birinchi yemirish boshlanadigan joy) eroziya bazisi deb ataladi. Eroziya bazisidan daryo suvining yuqori oqimi tamon yemirishi regressiv (chekinish) eroziya deyiladi. Tipik oqim uch qismga bo`linadi va ularning xar biri bir qancha ayrim xususiyatlarga ega. Yuqori oqimda to`planuvchi xavzada-oqiziladigan matyeriallar ko`p bo`ladi, o`rta qismida - oqib ketadigan matyeriallar, quyi qismida – cho`kib qoladigan matyeriallar bo`ladi. Eroziya viloyatining ko`tarilishi yoki eroziya bazisining cho`kishi bir oz to`xtagan davrda daryolar baland tog`larni yemirib, peneplenarni, ya`ni biroz yassilangan past-baland yerlarni hosil qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Islomov O.I., Shoraxmedov SH.SH. Umumiy geologiya T., «Ukituvchi» 1971 yil. Kuznetsov S.S. Geologiya ,UzSSR «Urta va oliy maktab», davlat nashriyoti,T., 1960. 3. «Geologiya lugati»UzSSR FA nashriyoti T.,1958. 4. Ananyev V.P., Peredelskiy A.V. Injenernaya geologiya. Iz-vo «Vo`sshaya shkola», M-1980. Kurs obhey geologii, M., «Nedra», 1976. 6. V.I.Biryukov, S.N.Kulichixin, N.N. Trofimov Poiski i razvedka mestorojdeniy polezno`x iskopayemo`x M.,Nedra, 1979. 7. N..N.Maslov,M.F.Kotov. «Izdatelstvo literaturo` po stroitelstvu» M.-1971. 8. Kuznetsov S. S. Geologiya «Urta va oliy maktab», T., 1969. 9. Sodikov O. S. Geologiya lugati. «Fan», T., 1958. 10. Lange O.K. Osnovo` gidrogeologii. Izd-vo Moskovskogo universiteta, M., 1958. 11. www.QMII.UZ Download 54.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling