Shamol, oqar suvlarning geologik ishi
Oqar suvlarning geologik ishi
Download 54.5 Kb.
|
Shamol, oqar suvlarning geologik ishi
Oqar suvlarning geologik ishiOqar suvlarning ishi yer yuzidagi suvning aylanma harakatidan vujudga kelgan yog`in sochin hisobiga bo`ladi. Yer yuziga tushgan yog`inlar, muz va boshqalar suvga aylanib, baland yerlardan pastga qarab oqadi. Bunda oqar suv yemirish ishini bajaradi va yemirilgan materiallarni oqizib ketadi. Oqar suvlar bajaradigan ish yer yuzining relyefiga ko`ra uchga bo`linadi: a) Vaqtincha o`zansiz oqar suvlarning ishi (yuvib, sidirib ketish); b) Vaktincha o`zanli oqar suvlarning ishi (jarlarning hosil bo`lishi); v) Doimiy o`zanli oqar suvlar-daryolarning ishi; Eroziya. Eroziya jarayoni asosan vaqtincha va doimiy oqar suvlarning jinslarni uyib, yuvib olib ketishidan iboratdir. Eroziya jarayoni gumit iqlimli viloyatlarda xukumronlik qiluvchi geologik jarayonlardan hisoblanadi. Taxminiy xisoblarga qaraganda yer yuzining 26% i eroziya ta`siri ostidadir. Tub jinslar xamma vaqt fizik va ximik nurash maxsulotlari bilan qoplangan bo`ladi, shuning uchun ular yomg`ir suvlarining ta`siriga bevosita duch kelmaydi. Yomg`ir suvlari tog` jinslariga faqat qiya yon bag`irli yerlarda bevosita ta`sir qilishi mumkin. Ko`pincha yomg`ir va qor suvlari tog` jinslariga ozmi ko`pmi ta`sir etib ularni ozmi ko`pmi yemiradi. Oqar suvlar tog` jinslari va mineral zarrachalarini uzib, o`zi bilan oqizib ketadi. Yer yuzasi qancha qiya va tushayotgan suv qancha ko`p bo`lsa yuvish jarayoni shuncha kuchli bo`ladi. Yuvish jarayonining tezligi va xajmi tog` jinslarining kimyoviy tarkibi va fizik xarakteriga xam bog`liq. Yumshoq va g`ovak tog` jinslar tezroq, qatiq jinslar sekinroq yemiriladi. Vaqtincha oqar suvlarning ishi. Ozanli vaqtincha oqar suvlar tushunchasi birmuncha aniqroq bo`lsa-da, lekin u doimiy oqar suvlar tushunchasi bilan aralashtirilib yuborilishi mumkin. Yomg`ir va qor suvlaridan hosil bo`lgan o`zanli vaqtincha oqar suvlar eroziyasi natijasida tog` yon bag`irlari uyilib juda parchalanib ketadi. O`zanli vaqtincha oqar suvlar tog` yon bag`irida prolyuvial yotqiziqlarni to`playdi. Tog` yon bag`ri relyefida o`zanli vaqtincha oqar suvlarning axamiyati kattadir. Daryo vodiysining vujudga kelishi va rivojlanishida xam o`zanli vaqtincha oqar suvlarning xissasi bor. O`zanli vaqtincha oqar suvlarning yotqiziqlari deyarli yaxshi saralanmagan va silliqlanmagan bo`ladi. Yer yuzasining deyarli xamma yerida chuqurchalar uchraydi, suv ana shu chuqurchalarga intiladi va asta sekin bu chuqurchalarni yuvib o`pqonlar, o`nqir-cho`nqirliklar hosil qila boshlaydi. Bu jarayon bir necha yil mobaynida davom etib jarlarni vujudga keltiradi. Jarlar xamma vaqt xam o`sib boravermaydi. Yon jarlardan asosiy jarga yig`ilib keluvchi suv o`sha yerning eng baland nuqtasiga-jarning yuqori qismiga yetsa, jarning o`sishi to`xtaydi. Tog` vodiylarida kuchli jaladan so`ng hosil bo`ladigan oqim sel deb ataladi. Download 54.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling