Shamol, oqar suvlarning geologik ishi


Download 54.5 Kb.
bet1/4
Sana10.02.2023
Hajmi54.5 Kb.
#1187529
  1   2   3   4
Bog'liq
Shamol, oqar suvlarning geologik ishi


Shamol, oqar suvlarning geologik ishi
Reja:

  1. Shamol ta`sirida sodir bo`ladugan jarayonlar.

  2. Oqar suvlarining geologik ishi mohiyati.

  3. Tashqi kuchlar (ekzogen jarayonlar) ta`sirida hosil bo`luvchi yotqiziqlar.

  4. Ekzogen kuchlarning metosferaga ta`sirining mohiyati.

Tayanch iboralar: Shamol, nurash, jins, sirt, gorizontal, chuqurlik, deflyatsiya, qum, tepalik, amplituda, qatlam, eol, muz, parchalash, relef, denudatsiya, akkumulyatsiya, korroziya, uyish, silliqlanish, barxanlar, dyupa, less, o`zan, eroziya, jar, sel, oqim, bazis, regressive eroziya, chuqurlama, pekeplenar.

Daryo soxillarida o`simlik bo`lmasa shamolning ishini yaxshi kuzatish mumkin. Shamol ayniqsa cho`llarda katta ishlarni bajaradi. Bu ish shundan iboratki, shamol qumlarni surib ketib, xarsang va toshlarga olib borib uradi. Qumlar tog` jinsi sirtiga kelib uriladi, sirtning yuzi tekislanadi, juyaklar, chuqurliklar va xatto ikkala tomoni bo`sh joylar hosil bo`ladi.


Shamol tog` jinslarining buzilish maxsulotlarini bir joydan ikkinchi joyga ko`chirish ishini xam bajaradi. Shamol faqat gorizontal satxlarni shipirib ketish bilangina chegaralanib qolmay, balki mayda-mayda chuqirliklarga xam kirib, u yerdan tog` jinslarining nurash maxsulotlarini olib chiqib ketadi. Faqat mana shu “deflyatsiya” ishi natijasida cho`l tog` jinslari batamom buziladi.
Shamol faqat mayda changlarnigina uzoq joyga uchirib keta oladi. Qumni esa yer yuzasidan bir oz ko`tarib uchirib ketadi va uzoq joyga bormay qum tepaliklar ko`rinishida to`playdi. Qum tepaliklar faqat saxrolarda va dengiz soxillarida, shuning dek qisman katta daryolarning buyida xam hosil bo`ladi. Qumtepaliklar taqsimlashgan xolda, shamolga perpendikulyar joylashgan bo`lib, ba`zan ularning balandligi 120-130m ga yetadi. Ularning yillik siljish amplitudasi 20 m ga yetadi.
Nurashdan hosil bo`lgan maxsulotlarni ko`chirishda ham shamol katta ish bajaradi. Doimo shamol bo`lib turganda chang katta qatlamlar hosil qilishi mumkin.
Umuman shamol ta`sirida hosil bo`lgan barcha tog` jinslari eol (yunoncha shamol xudosi) tog` jinslari deyiladi. Shamol suv va muzliklar nurash maxsulotlarini bir joydan ikkinchi joyga ko`chirish bilangina chegaralanmay, balki ular tog` jinslarini mexanik ravishda parchalaydi va yer yuzasi relyefini o`zgartiradi. Bu narsa geologiyada denudatsiya jarayoni deyiladi.
Shamolning geologik ishi asosan mana bulardan: deflyatsiya (uchirish), akkumulyatsiya (to`planish) va korroziya (uyish, silliqlanish)dan iborat.

Download 54.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling