Shamol, oqar suvlarning geologik ishi


Download 63 Kb.
bet4/5
Sana24.01.2023
Hajmi63 Kb.
#1117264
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ernazarova Dinora

Daryoning geologik ishi. Eroziya quruqlik yuzasidan oquvchi suvlar, asosan daryo suvlari natijasida vujudga keladi. Eroziya so`zi daryolarning yemirish ishini bildiradi. Daryolarning ishi:
a) o`zanni chuqurlatib, soxilni yuvib ketishda;
b) siniq jinslarni oqizib ketishda,
v) soxilda paydo bo`ladigan va daryo o`zanini to`ldirib yuboradigan toshlarni oqizib ketishda;
d) mayda tosh parchalarini yotqizishda yaqqol ifodalanadi. Oqar suvning eroziyasi natijasida tog` jinslari yuvilib, usti ochilib qoladi ba`zan suv chuqur uyib yuborib, jar hosil qiladi
1. Chuqurlama eroziyada daryo baland joylardan pastga tomon katta kuch bilan oqib tushadi, shunda suv o`zanni o`yib ketadi va daryo suvi ancha pastlikdan oqa boshlaydi.
2. Yonlama eroziya daryoning o`rta oqimida ro`y beradi. Daryoda oqib o`tayotgan suv daryo tagini yuvib yubormay, balki ikki yon soxilini o`yadi. Bunday daryolar tekislikda meandralar hosil qiladi.
Daryolar dengiz va ko`llarga quyiladigan yerlarda deltalar hosil qiladi. Bu yerda daryo o`zaning shakli likopchasimon bo`ladi. Daryoning kelib quyiladigan joyi (birinchi yemirish boshlanadigan joy) eroziya bazisi deb ataladi. Eroziya bazisidan daryo suvining yuqori oqimi tamon yemirishi regressiv (chekinish) eroziya deyiladi.
Tipik oqim uch qismga bo`linadi va ularning xar biri bir qancha ayrim xususiyatlarga ega. Yuqori oqimda to`planuvchi xavzada-oqiziladigan matyeriallar ko`p bo`ladi, o`rta qismida - oqib ketadigan matyeriallar, quyi qismida – cho`kib qoladigan matyeriallar bo`ladi. Eroziya viloyatining ko`tarilishi yoki eroziya bazisining cho`kishi bir oz to`xtagan davrda daryolar baland tog`larni yemirib, peneplenarni, ya`ni biroz yassilangan past-baland yerlarni hosil qiladi.

Xulosa:

Tog` yon bag`ri relyefida o`zanli vaqtincha oqar suvlarning axamiyati kattadir. Daryo vodiysining vujudga kelishi va rivojlanishida xam o`zanli vaqtincha oqar suvlarning xissasi bor. O`zanli vaqtincha oqar suvlarning yotqiziqlari deyarli yaxshi saralanmagan va silliqlanmagan bo`ladi.


Yer yuzasining deyarli xamma yerida chuqurchalar uchraydi, suv ana shu chuqurchalarga intiladi va asta sekin bu chuqurchalarni yuvib o`pqonlar, o`nqir-cho`nqirliklar hosil qila boshlaydi. Bu jarayon bir necha yil mobaynida davom etib jarlarni vujudga keltiradi. Jarlar xamma vaqt xam o`sib boravermaydi. Yon jarlardan asosiy jarga yig`ilib keluvchi suv o`sha yerning eng baland nuqtasiga-jarning yuqori qismiga yetsa, jarning o`sishi to`xtaydi. Tog` vodiylarida kuchli jaladan so`ng hosil bo`ladigan oqim sel deb ataladi.



Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling