Shampan vinosini ishlab chiqaradigan texnalogiyani takomillashtirish
Download 169.52 Kb.
|
Shampan vinosini ishlab chiqaradigan texnalogiyani takomillashtirish
Shampan vinosi — karbon kislotaga toʻyintirilgan koʻpiklanuvchi uzum vinosi; maxsus tayyorlangan va qayta ishlangan vino mahsulotni germetik berkitiladigan shisha yoki maxsus idishlarda takroriy bijgʻitish yoʻli bilan olinadi. Shampan vinosida karbon kislotaning yuqori miqdori shisha idish ochilgan paytda vinoning koʻpiklanishi va mavjlanishini taʼminlaydi. Tarkibidagi qand miqdoriga qarab: Shampan vinosi bryut (0,3% gacha), shirasiz (0,8%), kam shirali (3%), nim shirin (5%), shirin (8%) va juda shirin (10%) turlarga boʻlinadi.
SH.v. 17-asr oʻrtalarida Fransiyaning Shampan viloyatida birinchi marta tayyorlangan (Shampan nomi shundan). Yangi uzilgan uzum 4 soatdan kechiktirilmay ezilib, meva bandlaridan tozalangach, presslanib sharbati olinadi. Sharbat past (10—12°) trada 14—16 soat yoki 25—30° da 18—24 soat tindiriladi, rangi tiniq boʻlishi uchun qar 1 dal sharbatga 2—3 g bentonit qoʻshiladi. Tindirilgan sharbatga achitqi va sut kislotasi bakteriyalari qoʻshiladi va bijgʻitish idishlariga oʻtkaziladi, bijgʻish 14—18° trada 10 sutkaga yaqin davom etadi. Bijgʻitish tugashi bilan (qandi 0,2%) sharbat boshqa idishlarga quyiladi. Tayyor vino 10—15 ming dal dan qilib shampan zdiga yuboriladi. Shampan zdlarida vinoni takroriy bijgʻitish yoʻli bilan karbon kislotaga toʻyintirish jarayoni shampanlash deb ataladi. Shampanlash 2 usulda oʻtkaziladi. Butilka usuli: vino mahsulotlariga shakar va bijgʻitish uchun achitqi qoʻshib, maxsus shisha idishlarga quyiladi va saqlash uchun olib qoʻyiladi. 3—4 haftadan keyin vinoga qoʻshilgan shakar bijgʻishidan hosil boʻlgan karbon kislota tufayli butilkada 5 atm gacha bosim vujudga keladi. Shampanlangan vinoning saklanish muddati 3 yil davom etadi. Bu davr mobaynida murakkab fizikkimyoviy va biokimyoviy jarayonlar natijasida Shampan vinosining oʻziga xos taʼmi, hidi hamda mavjlanish va koʻpiklanish xususiyatlari paydo boʻladi. Rezervuar usuli davriy va uzluksiz yoʻnalishda oʻtkaziladi. Vinoni davriy shampanlash katta rezervuarlarda (5—10 m1) 1 oy mobaynida oʻtkaziladi. Keyin vino sovitiladi, tindiriladi va butilkalarga kuyiladi. Uzbekistonda Shampan vinosi ishlab chiqarish 1942-yildan boshlab yoʻlga qoʻyildi va "Oʻzbekiston shampani" kompaniyasida "Oʻzbekiston shampani", "Durdona", "Navroʻz", "Gulshan" va boshqa Shampan vinosi ishlab chiqariladi. Shampan vinosi eng yaxshi uzum navlaridan, Uzbekistonda, asosan, Bayan Shirey, Rkatsitelli, Kabarne, Risling, Oq Pino, K,ora Pino, Aligote kabi maxsus navlardan tayyorlanadi. Download 169.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling