Shamsuddinov yorqinning biofizka fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 142.5 Kb.
bet2/4
Sana10.04.2023
Hajmi142.5 Kb.
#1348409
1   2   3   4
Bog'liq
SHAMSUDDINOV YORQIN 1

Elektroforez


Elektroforez (dori vositalarini galvanizatsiya yordamida organizmga yuborish) usuli dorilarning to‘qimalarga tezroq singishini ta’minlab, ta’sirini yanada oshiradi. Elektroforez og‘riqsizlantiruvchi, qon tomirlarni kengaytiruvchi, organizmda moddalar almashinuvini jadallashtiruvchi ta’sir ko‘rsatishi tufayli asab tizimi kasalliklari, tayanch-harakat tizimi va ginekologik xastaliklarda samarali qo‘llaniladi. Elektroforez muolajasi og‘riqsiz bo‘lib, bemor faqatgina dori yuborilayotgan joyning yengilgina qizishi yoki ignachalar «sanchishini» sezishi mumkin.

Darsonvalizatsiya


Darsonvalizatsiya yuqori kuchlanishli (20 kV gacha), kichik kuchli (0,015-0,02 mA) va yuqori chastotali (110 kGs) impuls toklar bilan davolash usuli bo‘lib, bunda darsonval toklari teriga elektroddan tushib turadigan mayda-mayda uchqunlar hamda bu uchqunlardan havoda paydo bo‘ladigan ionlar va kimyoviy moddalar (ozon, azot-oksid va boshqalar) orqali ta’sir ko‘rsatadi. Muolaja bemorda igna sanchilishidek his uyg‘otadi, shuningdek, issiqlik sezgisini yuzaga keltiradi.
Darsonval yordamida teridagi moddalar almashinuvi tezlashadi, mayda yiringli yaralar, so‘gal, husnbuzarlar davolanadi. Bu muolaja tanada qon aylanishini tezlashtiradi, a’zo va to‘qimalarning kislorod bilan oziqlanishini faollashtiradi, allergik kasalliklarda kuchli qichishishlarning to‘xtashiga yordam beradi, og‘riqsizlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek darsonvalizatsiya bilan xafaqon (gipertoniya, qon bosimining oshishi), uyqusizlik, qon-tomir kasalliklari, ginekologik xastaliklar davolanadi. Nerv to‘qimalarining ta’sirchanlik darajasini pasaytirish xususiyati tufayli bu usul xirurgiyada ham og‘riqsizlantiruvchi vosita sifatida keng qo‘llanilib kelinmoqda.
Darsonval usuli tez-tez boshi og‘rib turadigan ayollarga naf beradi, bundan tashqari asab kasalliklari, uyqusizlik, surunkali charchoqdan shikoyat qiladigan bemorlar sog‘ligini tiklashda ham juda foydali.
Lekin bu usul o‘tkir yuqumli kasalliklarda, yurak-qon tomir xastaliklarining zo‘rayish davrida, o‘sma dardlarida va homiladorlikda buyurilmaydi.
Davolash maqsadida o‘ta yuqori chastotali elektromagnit tebranishlari qo‘llaniladi. Tebranishlarning to‘lqin uzunligi 1 metrdan 1 mmgacha, tebra-nish chastotasi 300 dan 30000 mGs gacha. Bunda uzunligi 1 mm – 1 sm keladi-gan to‘lqinlar (santimetrli - SMT) va 10 sm – 1 m keladigan to‘lqinlar (ditsemetrli - DMT) dan foydalaniladi.
Elektromagnit to‘lqinlar spektrida ular ultraqisqa to‘lqinlar va infraqizil nurlari orlig‘ida yotadi.
Mikroto‘lqin energiyasi ichkariga kirish va to‘qimalar tomonidan qabul qilish xususiyatiga ega.
SMT va DMT organizmga bo‘lgan ta'sirida turli to‘qimalarda qabul qilingan energiyaning taqsimlanishi bilan farq qiladi, masalan : SMT energiyasi 5 – 6 sm, DMT esa 7 – 8 sm ichkariga kiradi. Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi mikroto‘lqinlarni sust yutadi, lekin suvga boy to‘qimalar va muhitlar to‘lqinlarni ko‘proq yutadi.
Mikroto‘lqinlar ta'sirida suvning dipol molekulalari va ionlarning muhitdagi harakati yuz berib, u maydon kuch chiziqlari yo‘nali-shiga mos tushadi, bu mikroto‘lqin energiyasining issiqlikka aylanishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa qonda, limfada, parenximatoz organlarda, mushaklar-da va h.z. Mikroto‘lqin energiyasi ta'siriga va to‘qimalar tomonidan uni qabul qilishga javoban xujayralarning bioximik holatida, kolloid tuzilmalarining disperstlik darajasida, osmotik bosimda, ichkariga kirishida o‘zgarishlar yuz beradi. Issiqlik va issiqliksiz effektlarining paydo bo‘lishi ta'sirning intensivligi va to‘qimalarning qancha miqdorda energiyani qabul qilishiga bog‘liq.
Zaif intensivlikdagi mikroto‘lqinlar qo‘llanilganda, issiqlik ajra-tuvchi chegaradan past bo‘lganda 0,01 vt/sm2, biologik ta'sir mexanizmida isssiqsizlik effekti yuqori bo‘ladi. Katta ko‘rsatkichli oqimlar zichligi qo‘llanilganda – mikroto‘lqinlar quvvati 0,01 vt/sm2 dan katta biologik ta'sir mexanizmida issiqlik effekti yuqori turadi, bu ko‘p miqdorda suv saqlovchi to‘qimalarda issiqlikning endogen hosil bo‘lishiga bog‘liqdir.
O‘YuCh – ta'sir mexanizmi nerv – reflektor – gumoral deb qaraladi. Natijada biologik aktiv moddalar hosil bo‘ladi.
O‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydoni ta'sirida ta'sir etilayotgan joydagi to‘qimalarning harorati oshadi (katta intensivlikda butun tana harorati oshishi mumkin). Mikroto‘lqinlarning davolash doza-lari og‘riq qoldirish, yallig‘lanishga qarshi, bakteriostatik ta'sir, to‘qima-larning oziqlanishini yaxshilovchi, regenerativ jarayonlarni stimullash xususiyatiga egadir. Mikroto‘lqinlar ta'siri quyidagilarda aniqlangan, ya'ni kapillyar qon aylanish tezlashgan, kpillyarlarning o‘tkazuvchanligi ortgan. Kichik dozalarda MNSda asosiy jarayonlarga stimullovchi ta'sir ko‘rsatadi, buyrak usti po‘stlog‘ining gormonlar sintezini oshiradi, vegetativ nerv sistemsi funksiyasining vagotonik yo‘nalishi kuzatiladi. SMT va DMT diapozonlarining farqi quyidagicha :
-SMT – terapiyada hosil bo‘lgan energiya 5 – 6 sm chuqurlikka, DMT – terapiyada 7 – 8 sm, ba'zi holatlarda 10 – 12 smgacha chuqurlikka kiradi.
-SMT – terapiyada issiqlik to‘qimalarning yuza qismida hosil bo‘ladi, DMT – terapiyada ham yuza, ham ichki qismida hosil bo‘ladi.
-DMT – terapiya usuli yurak-qon tomir sistemasi funksiyasiga ta'sir etib, miokardning qisqarish funksiyasini yaxshilaydi, yurak mushaklarida modda almashinuvini faollashtiradi. Periferik qon tomirlari tonusini pasaytiradi, natijada mikrotsirkulyasiya yaxshilanadi.
Muolaja o‘tkazishda quyidagi apparatlardan foydalaniladi : SMT – terapiya uchun – LUCh-58, LUCh-2, DMT – terapiya uchun – Volna-1, Volna-2, Romashka. Elektrod sifatida silindrsimon, konussimon, aylanasimon, to‘g‘ri burchak shaklidagi nurlatkichlardan foydalaniladi.
O‘ta yuqori chastotali terapiya quyidagi kasalliklarda keng qo‘llaniladi : qo‘l-oyoq va umurtqa pog‘anasi bo‘g‘imlarining degenerativ distrofik kasalliklarida (deformatsiyalangan osteoartroz va spondilez, tovon suyagining shporasi), periferik nerv kasalliklarida (neyromiozit, nevrit, pleksit, nevralgiya), revmatoid artrit, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasi, obleterik endoartrit, LOR va ayollar jinsiy organlarining yallig‘lanish kasalliklari, gidradenit, operatsiyadan keyingi infiltrat va h.z.

Download 142.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling