Shanxay hamkorlik tashkiloti (shht) nufuzli va eng yirik mintaqaviy tashkilot sifatida tinchlik, xavfsizlik hamda barqaror rivojlanishni taʼminlashda muhim oʻringa EGA
O'zbekiston – SHHT: tinchlik yo'lidagi o'zaro hamkorlik
Download 17.43 Kb.
|
1 2
Bog'liqShanxay hamkorlik tashkiloti
O'zbekiston – SHHT: tinchlik yo'lidagi o'zaro hamkorlik
Globallashuv va turli tahdidlar kuchaygan hozirgi zamonda hech bir muammoni alohida bir davlatning sa'y-harakati bilan yechib bo'lmaydi. Shu ma'noda, O'zbekiston bilan SHHT o'rtasidagi hamkorlik ikki tomon uchun ham muhim masalalarni yechishda hamkorlikda harakat qilishga keng yo'l ochdi. Bugun 1996-1997 yillari «Shanxay beshligi» nomi bilan dunyo yuzini ko'rgan hamda 2001 yili O'zbekistonning a'zo bo'lib kirishi natijasida «Shanxay hamkorlik tashkiloti» deya o'zgartirilgan tashkilotning tuzilganiga 15 yil to'ldi. Mamlakatimiz ushbu muddat ichida samarali hamkorlik o'rnatgan nufuzli xalqaro tuzilmalardan biri Shanxay hamkorlik tashkilotidir. Ta'kidlash joizki, shiddat bilan o'zgarib borayotgan hozirgi zamonda dolzarb muammolarni hal qilishda, xavfsizlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta'minlashda SHHTning roli va ta'siri oshib bormoqda. Bunda tashkilot sammitlarida SHHTga a'zo mamlakatlar o'rtasida o'zaro ishonch va yaxshi qo'shnichilikni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda samarali hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda, dunyodagi vaziyatning nozikligi va global o'zgarishlar, xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlarning kuchayib borayotgani, “olovli nuqtalar”ning saqlanib turgani, turli mintaqalarda, avvalo, barchamizga yaqin bo'lgan Markaziy Osiyo mintaqasidagi mavjud xalqaro terrorchilik, ekstremizm, ayirmachilik va narkotrafik xavfi SHHTdek xalqaro tashkilotni tuzish va shakllantirish hayotiy zarurat ekanligini va bu ish o'z vaqtida amalga oshirilganini tasdiqlaydi. SHHTning O'zbekiston manfaatlari bilan hamohang asosiy jihati, uning xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va ayirmachilik, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatida namoyon bo'ladi. Bundan buyon ham ushbu yo'nalish SHHT faoliyatining eng muhim tarkibiy qismi bo'lib qoladi. SHHT ijrochi kotibi Chjan Deguanning O'zbekiston to'g'risida bildirgan firklari ham buni tasdiqlaydi: «Bizning birinchi va asosiy xulosamiz – O'zbekiston SHHT a'zosi sifatida faol ishtirok etmoqda. Mamlakatingiz hukumati va uning tuzilmalari tashkilotga kiruvchi barcha davlatlar tomonidan yuksak baholanayotgan tashabbuslarni ilgari surmoqda». O'zbekistonning SHHTga a'zo bo'lib kirishi dengiz yo'llariga chiqishda va a'zo davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik qilishda keng imkoniyatlar yaratadi. Shuning uchun biz SHHTga a'zo davlatlarning ilg'or jihatlaridan unumli foydalanishimiz lozim. Jumladan, Yurtboshimiz 2005 yilning 25-27 may kunlari XXRga rasmiy tashrifi jarayonida ta'kidlaganidek, O'zbekiston uchun bugungi kunda dunyoda ilg'or pozitsiyalarni egallagan sohalarga oid Xitoy tajribasini o'rganish muhimdir. Eng avvalo, Xitoyning to'g'ri investitsiyalari va yuksak texnologiyasini neft va gaz sohasiga, telekommunikatsiya, komp`yuterlar ishlab chiqarish, mashinasozlik, jumladan qishloq xo'jaligi va avtomobilsozlik, ximiya va neft-ximiya tarmog'iga, maishiy texnikalar ishlab chiqarishga keng jalb qilish lozim. Xulosa qilib aytganda, xalqaro maydonda odil, qat'iy va mustaqil siyosat yuritib kelayotgan O'zbekiston jug'rofiy jihatdan ham, siyosiy jihatdan ham Markaziy Osiyoning o'zagini tashkil etadi, hududda xavfsizlik va tarqqiyotning asosiy tayanchi hisoblanadi. Shuning uchun ham SHHTning faoliyatini takomillashtirishda O'zbekistonnning o'rni beqiyosdir. Download 17.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling