Shanxay hamkorlik tashkiloti (shht) nufuzli va eng yirik mintaqaviy tashkilot sifatida tinchlik, xavfsizlik hamda barqaror rivojlanishni taʼminlashda muhim oʻringa EGA


Download 17.43 Kb.
bet1/2
Sana07.03.2023
Hajmi17.43 Kb.
#1246082
  1   2
Bog'liq
Shanxay hamkorlik tashkiloti


Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) nufuzli va eng yirik mintaqaviy tashkilot sifatida tinchlik, xavfsizlik hamda barqaror rivojlanishni taʼminlashda muhim oʻringa ega.
Tashkilotga aʼzo davlatlarning umumiy hududi Yevrosiyo qitʼasining 60 foizini, aholisi esa 3,2 milliard kishini tashkil etadi. Qolaversa, hozirga kelib SHHTga aʼzo mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti jahon koʻrsatkichining chorak qismiga yetdi, mazkur koʻrsatkich 2030-yilga borib 35-40 foizgacha oshishi kutilmoqda.
Maʼlumki, SHHTning asosiy vazifalari sirasiga mintaqaviy xavfsizlikni kafolatli taʼminlash, “uch yovuz kuch” - terrorizm, ekstremizm,ayirmachilik hamda giyohvandlik moddalarining noqonuniy savdosiga qarshi kurashish kabi dolzarb masalalar kiradi.
Taʼkidlash joizki, oʻtgan davr mobaynida xalqaro maydonda roʻy berayotgan keskin oʻzgarishlar sharoitida SHHT oʻzini koʻp tomonlama hamkorlikning samarali mexanizmi sifatida namoyon etib kelmoqda.
Qisqa davr ichida SHHTning shartnomaviy-huquqiy bazasi va tarkibiy tuzilmalari hamda muntazam tashkil etiladigan turli darajadagi idoralararo muhim tadbirlari faoliyati, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.
Jumladan, SHHTning doimiy faoliyat yuritadigan ikki tuzilmasi - Pekin shahridagi SHHT Kotibiyati va qarorgohi Toshkentda joylashgan SHHT Mintaqaviy aksilterror tizimi (MATT) 2004-yildan buyon samarali faoliyat yuritmoqda.
Tuzilmaning faoliyati terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashda SHHTga aʼzo mamlakatlar vakolatli organlariga koʻmaklashish, ularning hamkorligini muvofiqlashtirishga qaratilgan.
Oʻtgan davr mobaynida MATT tomonidan SHHTga aʼzo davlatlarning yangi xavf va tahdidlarga qarshi kurashda oʻzaro hamkorlikning koʻp tomonlama va ikki tomonlama mexanizmlarini oʻz ichiga olgan umumiy yondashuvlarini ishlab chiqish boʻyicha qator ishlar amalga oshirildi.
Shuningdek, MATT terroristik, ekstremistik va ayirmachilik faoliyatlarini aniqlash va bartaraf etish yoʻnalishida izchil ishlarni olib bormoqda.
SHHT taʼsischilaridan biri va faol aʼzosi ekanligi, qolaversa, Mintaqaviy aksilterror tuzilmaning aynan poytaxtimizda tashkil etilganligi Oʻzbekistonning tashkilot oldiga qoʻygan maqsadlarni amalga oshirishda yetakchi davlatlardan biri sifatida maydonga chiqayotganidan dalolat beradi.
Bugungi kunga kelib, SHHT va MATT faoliyati yangi bosqichga koʻtarilganini koʻrish mumkin.
Shu bilan birga, hozirgi taʼminot zanjiri uzilishi bilan bogʻliq xalqaro va mintaqaviy sharoitda SHHT oldida xavfsizlik masalalaridan tashqari, bir qator yechimini kutayotgan dolzarb vazifalar ham mavjud.
Xususan, iqtisodiyot sohasida mintaqaviy hamkorlik aloqalarini kuchaytirish alohida eʼtiborga molik.
Zero, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish orqali savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashga erishish va mavjud vaziyatda davlatlarning farovon taraqqiyotiga erishish mumkin.
Bunda, oʻzaro savdo munosabatlaridagi mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish, bojxona faoliyatini muvofiqlashtirish va raqamlashtirish, davlatlararo elektron tijoratni yoʻlga qoʻyish hamda oʻzaro investitsiyalarni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan inqirozga qarshi qoʻshma dasturlarni amaliyotga tatbiq etish muhim sanaladi.
Jahonda yuz berayotgan tahlikali vaziyatni hisobga olgan holda, davlatimiz oʻz oldiga SHHT faoliyatini yangi mazmun-mohiyat bilan boyitish, xususan, transport-tranzit yoʻlaklarini yaratish, innovatsion va raqamli taraqqiyot, iqtisodiy oʻsishning yangi yoʻnalishlarini belgilash, iqlim oʻzgarishlari va ekologik xavf-xatarlarga qarshi kurash borasidagi tashabbuslarni hayotga tatbiq etish kabi vazifalarni qoʻygan boʻlib, ularning amaliy natijasi tashkilotning kelgusi mavqeyini yanada mustahkamlashda muhim rol oʻynaydi.

Download 17.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling