Shanxay hamkorlik tashkiloti tomonidan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash borasida qabul qilingan hujjatlar Reja Kirish


Download 36.46 Kb.
bet5/7
Sana24.10.2023
Hajmi36.46 Kb.
#1718553
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shanxay hamkorlik tashkiloti tomonidan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash borasida qabul qilingan hujjatlar

21-modda
1. Mazkur Konvensiya kuchga kirishi uchun zarur davlat ichki protseduralarini bajarish to‘g‘risida xabar depozitariyga taqdim qilinganda, Ilovada ko‘rsatilgan shartnomalardan birida ishtirok etmayotgan Tomon ushbu Tomonga nisbatan mazkur Konvensiyani qo‘llashda bu shartnoma Ilovaga kiritilmagan deb hisoblanishini davo qilishi mumkin. Bunday bayonot depozitariyga ushbu shartnoma mazkur Tomon uchun kuchga kirishi to‘g‘risida xabar berilgandan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi.
2. Tomon Ilovada ko‘rsatilgan shartnomalardan birining ishtirokchisi bo‘lishni to‘xtatsa, u mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilganidek bayonot beradi.
3. Ilova quyidagi shartlarga javob beradigan shartnomalar bilan to‘ldirilishi mumkin:
1) barcha davlatlar ishtirok etishi uchun ochiq;
2) kuchga kirishi;
3) ratifikatsiya qilingan, qabul qilingan, tasdiqlangan yoki eng kamida uchta Tomon mazkur Konvensiyaga qo‘shilishi.
4. Mazur Konvensiya kuchga kirgandan so‘ng istalgan Tomon Ilovaga tuzatish kiritishni taklif qilishi mumkin. Ilovaga ko‘rsatilgan tuzatish to‘g‘risidagi taklif depozitariyga yozma ko‘rinishda jo‘natiladi. Depozitariy mazkur moddaning 3-bandi talablariga javob beradigan barcha taklif to‘g‘risida qolgan Tomonlarni xabardor qiladi va taklif qilinayotgan tuzatishni qabul qilish kerak yoki yo‘qligi to‘g‘risida ularning fikrini so‘raydi.
5. Ushbu tuzatish to‘g‘risidagi taklif depozitariy tomonidan tarqatilganidan so‘ng 180 kun o‘tgandan keyin taklif etilayotgan tuzatish qabul qilingan va barcha Tomonlar uchun kuchga kirgan hisoblanadi, mazkur Konvensiya Tomonlarining uchdan bir qismi unga qarshi e’tiroz bildirib, bu to‘g‘risida depozitariyni yozma ravishda xabardor qilgan holatlar bundan mustasno.
2001-yil 15-iyunda Shanxayda bitta asl nusxada xitoy va rus tillarida qabul qilindi va ikkita matn ham bir xil kuchga ega.
(imzolar)
Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Shanxay Konvensiyasiga
dekabrda qabul qilingan, Havo kemalarini noqonuniy qo‘lga olish bilan kurashish to‘g‘risidagi konvensiya.
2. 1971-yil 23-sentabrda Monrealda qabul qilingan, Fuqarolik aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi qaratilgan noqonuniy aktlar bilan kurashish to‘g‘risida konvensiya.
3. 1973-yil 14-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasida qabul qilingan, Xalqaro himoyadan foydalanadigan shaxslarga qarshi jinoyatlarning oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiya.
4. 1979-yil 17-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasida qabul qilingan, Garovga olish bilan kurashish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya.
5. 1980-yil 3-martda Venada qabul qilingan, Yadro qurolining fizik himoyasi to‘g‘risidagi konvensiya.
6. 1988-yil 24-fevralda Monrealda qabul qilingan, Fuqarolik aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi qaratilgan noqonuniy aktlar bilan kurashish to‘g‘risida konvensiyani to‘ldiruvchi, xalqaro fuqarolik aviatsiyasiga xizmat ko‘rsatadigan aeroportlarda noqonuniy aktlar bilan kurashish to‘g‘risidagi bayonnoma.
7. 1988-yil 10-martda Rimda qabul qilingan, Dengiz kema qatnovlari xavfsizligiga qarshi qaratilgan noqonuniy aktlar bilan kurashish to‘g‘risidagi konvensiya.
8. 1988-yil 10-martda Rimda qabul qilingan, Kontinental shelflarda joylashgan statsionar platformalarning xavfsizligiga qarshi qaratilgan noqonuniy aktlar bilan kurashish to‘g‘risida bayonnoma.
9. 1997-yil 15-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasida qabul qilingan, Bombali terrorizm bilan kurashish to‘g‘risida xalqaro konvensiya.


Download 36.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling