Шар= Уй\ониш даврида илм-фан ва маданият


Tadqiqotning vazifalari quyidagicha belgilandi


Download 389.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana09.01.2022
Hajmi389.64 Kb.
#264792
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sharq mutafakkirlari barkamol inson tarbiyasi haqida

Tadqiqotning vazifalari quyidagicha belgilandi:  

1) Sharqda pedagogik fikrlar taraqqiyotining tarixiy bosqichlarini o’rganish; 

2)  Zamonaviy  ta’lim  jarayonida  sharq  mutafakkirlarining  pedagogik 

qarashlaridan foydalanish ahamiyatini yoritish;  

3)  Maktabda  tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etishda  mutafakkirlarning  ma’naviy 

merosidan foydalanish shakl va vositalarini ishlab chiqish. 

 



 



ASOSIY QISM  



 

1. Sharq uyg’onish davrida ta’lim-tarbiya 

 

Arab  xalifaligi,  yuz  bergan  ijtimoiy-siyosiy  o’zgarishlar,  yagona  Islom 



dinining  tarkib  topishi  madaniy  hayotga  ham  ta’sir  etdi.  Madaniy  hayotda  yuz 

bergan ko’tarinkilik ma’naviy hayotda ham o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. 

Ana shu ko’tarilish butun Arab xalifaligini, Yaqin va o’rta Sharqni qamrab 

olganligi  uchun  ham  Sharq  uyg’onish  davri  deb  ataldi.  Bu  uyg’onish  jarayoni  IX 

asrdan boshlab XV asrlargacha davom etdi. 

Arab  xalifaligida  IX  asrda  vujudga  kelgan  Uyg’onish  davri  xalifalikning 

Bag’dod, Damashq, Xalab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy 

hayotiga  tarqalgan,  bu  esa  u  davlatlarning  ham  madaniy  rivojlanishga  zamin 

tayyorlagan.  Xalifalik  emirilishi  jarayonida  tashkil  topgan  mustaqil  davlatlardagi 

madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi.  

Xalifa Xorun ar-Rashid davrida (786-833 y.y.) va uning o’g’li al-Ma’mun 

davrida  Bag’dodda  ―Bayt–ul-hikma‖  (―Donishmandlik  uyi‖)  (hozir  Akademiya 

ma’nosida)  tashkil  etiladi.  Mazkur  Akademiya  barcha  ilm  sohiblarining  ilmiy 

markaziga aylanadi. Uning qoshida jahon kutubxonasi tashkil etilgan. Akademiya 

813-833 yillarda yanada rivojlangan. Akademiya qoshida rasadxona ham bo’lgan, 

keyinchalik  yangi  kutubxona  qurilgan.  Bog’doddagi  mazkur  ilm  markazi,  o’z 

navbatida  Sharq  va  g’arbda  ilm-fanning  taraqqiy  etishiga,  ma’naviy  hayotning 

rivojlanishiga  ta’sir  etgan.  Bu  o’rinda  xalifa  al-Ma’munning  ilm-fan  ravnaqida 

ko’rsatgan homiyligini alohida ta’kidlash joiz.  

Zero,  xalifa  al-Ma’mun  ilm  fanni  juda  qadrlagan.  U  IX  asr  boshlaridan 

xalifalikning  Xurosondagi  noibi  bo’lib  turganda  ham  Movarounnahr  va 

Xurosondagi olimlarni to’plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular 

orasida  al-Xorazmiy,  al-Xuttaliy,  al-Javhariy,  al-Farg’oniy,  al-Marazviy  kabi 

vatandosh  olimlarimiz  ham  bo’lgan.  Al-Ma’mun  xalifalik  taxtiga  o’tirgach  u 

olimlarning  barchasini  Bag’dodga  chaqirib  oladi  va  ―Bayt-ul-hikma‖  -

donishmandlik  uyi  (―Ma’mun  akademiyasi‖)da  arab  olimlari  bilan  hamkorlikda 

ilm-fan ravnaq topadi. 

Shuningdek, qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar, ular xoh yunon, xoh 

arab,  xoh  Movarounnahr  va  Xuroson  xalqining  eng  qadimgi  antik  davrlar 

madaniyati  bo’lsin,  Uyg’onish  davri  madaniyatining  yaratilishi  va  rivojlanishiga 

asos bo’lib xizmat qildi. 

Agar  arablar  Markaziy  Osiyoni  bosib  olib,  bu  erda  ilgari  mavjud  bo’lgan 

fan  va  madaniyat  o’choqlarini  yo’qotgan  bo’lsalar,  ko’p  o’tmay  qadimiy  ilmiy 

an’ana  asta-sekin  tiklanib,  natijada  ilm-fanning  etuk  siymolari  etishib  chiqa 

boshlaydi.  Bularning  barchasining  bir-biriga  qo’shiluvi  natijasida  Sharqda  bir 

butun madaniyat tarkib topadi va rivojlana boshlaydi. 

Yaqin  va  o’rta  Sharqda,  jumladan,  Eron,  Kavkazorti  va  Movarounnahrda 

savdo  aloqalarining  rivojlanganligi,  ilm-fan,  hunarmandchilikning  taraqqiy  etishi 




 

moddiy va madaniy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta’sir etdi. Yaqin 



va  o’rta  Sharq  mamlakatlarida    madaniy  yuksalishga  olib  kelgan  asosiy  sabab-

feodal  munosabatlarning  yangi  bosqichi  bo’ldi.  Bu  davr  madaniy  taraqqiyotida 

arab  xalifaligiga  bo’ysungan  mamlakatlarning  xo’jalik-iqtisodiy  aloqalarining 

kuchayishi va buning oqibatida turli madaniyatlar-hind, Movarounnahr, Eron, arab, 

Misr,  grek-yunon-rim  madaniyatlarining  yaqindan  o’zaro  aloqasi  va  bir-biriga 

ta’sir etib borishi katta rol o’ynadi. Haqiqatdan ham bu davrda iqtisodiyot taraqqiy 

etdi, qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik rivojlandi. 

Bu  davrda  qishloq  xo’jaligida  foydalaniladigan  er  maydonlari  kengaydi, 

ko’plab  sug’oriladigan  erlar  ochildi,  sug’orish  inshootlari  tiklandi,  yangilari 

qurildi,  paxta,  zig’ir,  kanop  ekilib,  ularning  tolasidan  mato  to’qildi. 

Movarounnahrda,  xususan,  Xorazm,  Urganch,  Farg’ona,  Samarqand  va  Buxoro 

to’qimachilik  mahsulotlari,  ayniqsa  Samarqand  va  Buxoro  shoyisi  dunyoga 

mashhur bo’lgan. 

Qishloq  xo’jaligi  va  hunarmandchilik,  sanoat  mahsulotlarining  ishlab 

chiqarilishi  savdoning  rivojlanishiga  yo’l  ochdi.  Natijada  Yaqin  va  O’rta  Sharq 

mamlakatlarining chet davlatlar: Ispaniya, Hindiston, Xitoy, Vizantiya bilan savdo 

ishlari ko’lami ortib bordi. 

Pireney  yarim  orolining  arablar  tomonidan  bosib  olinishi  insoniyat 

tarixining yangi sahifalarini ochib berdi. Bu jarayonning, ayniqsa, Ovro’pa uchun 

ahamiyati  beqiyos  bo’ldi.  Sharq  faqatgina  Ovro’po  madaniyatining  rivojiga  ta’sir 

etibgina  qolmay,  balki  umuman,  Ovro’polik  odamning  psixologiyasi,  tafakkuri, 

xarakteri,  hayot  tarzini  tarixiy  jarayonni  tubdan  o’zgartirib  yubordi.  Bu  esa  o’z 

navbatida matematika, falsafa, astronomiya, tabiiyot, tibbiyot, xulq-odob, turmush 

tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’sir etdi. 

X  asrdan boshlab  Movarounnahr  va  Xurosonda  mustaqil  feodal davlatlar–

Tohiriylar,  Somoniylar,  Qoraxoniylar,  G’aznaviylar,  Saljuqiylar,  Xorazmshohlar 

davlatlarining  paydo  bo’lishida  xalifalikning  emirilishi  ham  madaniy  hayotning 

yanada ravnaq topishiga olib keldi. 

Bu  davrda  pul  muomalasi  rivojlandi.  Jamiyat  siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy 

hayotidagi  o’zgarishlar,  albatta  madaniy  hayotga  o’z  ta’sirini  o’tkazmasdan 

qolmaydi. 

Somoniylar  davlatida  Marv,  Buxoro,  Samarqand  va  Urganch  o’sha 

davrning madaniy markazlari sanalardi. 

Bu  davrda  arab  tili  ilmiy  va  aloqa  tili  edi.  Maktablarda  darslar  arab  tilida 

olib  borilar  edi.  Rasmiy  hujjatlar,  shariat  qoidalari  arab  tilida  yuritilar  edi.  Ilmiy 

asarlar ham arab tilida yozilar edi. X asr o’rtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish 

yuritila  boshlandi.  Ammo  hujjatlar,  ishlar  fors-tojik  tilida  bo’lsa  ham,  arab 

imlosida yozilar edi. 

Bu  shaharlardagi  maktablarga  hatto  tevarak-atrofdagi  qishloqlardan  oddiy 

xalq bolalari ham kelib o’qiganligi manbalarda keltiriladi. 

O’sha  davrda  Buxoroda  katta  kitob  bozori  bo’lgan.  Kitob  do’konlarida 

olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy muloqot, munozaralar o’tkazganlar. Abu Ali 

ibn Sino kitob do’konlaridan birida Forobiyning Aristotel ―Metafizika‖siga yozgan 

sharhlarini sotib olganligini tarjimai holida hikoya qiladi. 




 

Buxoro amiri saroyida esa yirik kutubxona mavjud bo’lgan. 



Amir  kutubxonasini  o’sha  davrdagi  Sheroz  kutubxonasi  bilan  bellasha 

oladigan yagona kutubxona sifatida tan olganlar.  

Somoniylar  davrida  Rudakiy,  Firdavsiy,  al-Xorazmiy,  al-Farg’oniy,  Abu 

Rayhon  Beruniy  va  Abu  Ali  ibn  Sino  kabi  mutafakkirlar  ijod  etganlar.  X  asrning 

ikkinchi  yarmidan  tashkil  topgan  Qoraxoniylar  davlatida  ham  ba’zi  xonlar  o’z 

saroylarida kutubxonalar tashkil  etdilar.  Bu kutubxonalarda  arab va hatto  G’arbiy 

Yevropa  olimlarining  asarlari  ham  mavjud  edi.  Bu  davrda  turkiy  til  shakllanib 

bordi. Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg’ariy kabi olimlar jahon ahamiyatiga ega 

bo’lgan  asarlarini  yaratdilar.  XI  asr  boshida  G’aznaviylar  davlati,  keyinroq 

Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlati tashkil topdi. G’aznaviylar davrida ham ilmiy, 

ijtimoiy-falsafiy  fikrlar  rivojlandi.  Mahmud  G’aznaviy  o’z  saroyiga  juda  katta 

madaniy  boyliklarni  to’playdi,  olimlarni  ilmiy  ishga  taklif  etadi.  Jumladan,  Abu 

Rayhon Beruniyning mashhur ―Hindiston‖ asarini shu erda yaratgan edi. 

Saljuqiylar  davrida  Alp-Arslon  Muhammad  hokimiyatni  boshqarganda 

uning  vaziri  Nizom  ul-Mulk  o’z  davrining  mashhur  siyosiy  arbobi  va  eng 

ma’rifatparvar kishilaridan bo’lgan. 

Saljuqiylar  hokimiyati  harbiylashgan  bo’lib,  bu  hokimiyatning  ichki  va 

tashqi siyosatini Nizom ul-Mulk boshqarar edi. U g’aznaviylar ish uslubiga bir oz 

o’zgartirishlar  kiritib,  hokimiyatni  boshqarish  uslubini  ishlab  chiqadi  va  o’zining 

―Siyosatnoma‖  asarini  yaratadi  (1091-1092  y.y.).  Bu  asarda  davlatni  boshqarish 

tamoyillari-prinsiplari bayon etiladi. Nizom ul-Mulk maorifni rivojlantirishda katta 

xizmat  qiladi.  1067  yilda  Bag’dodda  o’zining  shaxsiy  jamg’armasiga  o’sha 

davrning eng  mashhur o’quv yurti- ―Nizomiya‖  madrasasini qurdiradi. U olimlar, 

din  peshvolari,  so’fiylarga  katta  e’tibor  berib,  g’amxo’rlik  qiladi.  Uning  katta 

xizmatlaridan  yana  biri  taqvimni  isloh  qilgani.  U  1074  yili  o’rta  Sharq 

mamlakatlari  uchun  kalendar-taqvim  tuzadiki,  bu  taqvim  hozirgacha  eng 

takomillashgan kalendarlardan biri hisoblanadi. 

XI  asrda  Xorazmda  ilm-fan  taraqqiy  etadi.  Xorazm  shohi  Ma’mun  II  o’z 

saroyiga  zabardast  olimlarni  taklif  etadi.  U  tashkil  etgan  ―Bayt-ul-hikma‖  -

Donishmandlar  uyi  tarixda  ―Ma’mun  akademiyasi‖  deb  nom  qoldirgan.  Bu 

akademiyaning  rivoj  topishida  Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  tarixchi 

Miskavayx,  riyoziyotchi  Abu  Nasr  ibn  Iroq,  faylasuf  Abu  Sahl  al-Masixiy,  tabib 

Abulxayr  Xammor  kabi  olimlar  ilmiy  ijod  bilan  shug’ullanganlar.  Lekin  toj-taxt 

uchun  kurash  natijasida  bu  ilm  dargohi  o’z  faoliyatini  to’xtatib,  olimlar  tarqab 

ketadi. 

Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko’tarilish Sharq 

Renessansi – Uyg’onish davrining boshlanishga olib keldi. 

 Movarounnahrda  ilm-fan  va  ma’rifat  sohasida  o’z  xizmatlari  bilan 

dunyoga mashhur bo’lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, 

til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad 

Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, 

Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar o’z 

ilmiy  merosida  ta’limiy-axloqiy  asarlar  yaratishga  ham  katta  e’tibor  berib,  bu 

asarlarda  ilgari  surilgan  g’oyalar  insonning  ham  aqliy,  ham  axloqiy,  estetik  va 




 

jismoniy  jihatdan  kamol  topishida,  pedagogik  fikr  taraqqiyotida  katta  ahamiyatga 



ega bo’ldi. 

Shuningdek, Sharq uyg’onish davrida sof pedagogik asarlar ham  yaratilib, 

ta’lim-tarbiyada  inson  takomilining  xususiy  va  umumiy  metodlari  haqida  o’lmas 

ta’limoti bilan nom qoldirgan tarbiyashunos olimlar ham maydonga chiqdi. 

 



 

10 



Download 389.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling