Sharifboyev G’aybulloning


Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’siriga qarab xarajatlarni turkumlash


Download 39.85 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi39.85 Kb.
#1402950
1   2   3   4
Bog'liq
G\'aybullo

Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’siriga qarab xarajatlarni turkumlash.
Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi.Doimiy xarajatlar (FC) ishlab chiqarish hajmining o’sishiga bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo’ladi. Bunga korxonaning to’lov majburiyatlari (zayomlar bo’yicha foiz va boshqa), soliqlar (ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo’lmagan turlari), amortizastiya ajratmalari, ijara haqi, qo’riqlash xizmatiga to’lov, uskunalarga xizmat ko’rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi. O’zgaruvchi xarajatlar (VC) deb ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xom ashyo, material, yonilg`i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar yig`indisi umumiy yoki yalpi xarajatlar (TS)ni tashkil qiladi.
Xarajatlar klassifikatsiyasi.
- Korxonalarni yalpi xarajatlari (IH) doimiy (DX) va o`zgaruvchan (OX) xarajatlardan iborat bo`ladi.
- Doimiy xarajatlar — bu ijara to`lovi, qorovullik xizmati to`lovi, boshqaruvchi va muxandislar maoshi va shu kabilardan iborat bo`ladi va ishlab chiqarish xajmiga bog`liq bo`lmaydi.
- O`zgaruvchan xarajatlar — doimiyga kirmagan boshqa hamma xarajatlar, ya’ni xom ashyo, materiallar, yoqilg`I, elektr energiya, ish haqi va shunga o`xshashlardan iboratdir. Korxona faoliyatini tashkil etish va oqilona boshqarish mahsulot birligiga qilingan xarajatlar (O`IH) bilish muhimdir. O`rtacha xarajatlar, umumiy xarajatlar miqdorini korxona ishlab chiqargan mahsulot hajmiga bo`lish orqali hisoblanadi. Xuddi shu yo`sinda o`rtacha doimiy (O`DX) va o`rtacha o`zgaruvchan (O`O`X) xarajatlar farqlanadi. Korxona faoliyatining asosiy maqsadi foyda olish uning miqdorini muttasil oshirib borishdan iboratdir, ushbu xol esa chegaraviy xarajatlar tshunchasini qo`llashga sabab bo`ladi.
- Chegaraviy xarajatlar (ChX) deganda hisoblangan va aslida ishlab chiqarish hajmiga nisbatan har bir qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar.

Download 39.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling