52. Qatag‘onlik siyosati va uning mohiyati.
5. GLOSSARY
Qishki Saroy – Rossiya podsholarning saroyi, boshqaruv tizimi idorasi, Sankt-Peterburg shahrida.
Proletariat – ishchilar sinfi, yo‘qsil, mol-mulki bo‘lmagan, faqat yashash uchun mehnat qiladigan ishchilar.
Bolsheviklar – Rossiyadagi sotsial-demokratik partiyaning V.I.Lenin tarafdorlari bo‘lgan va Lenincha g‘oyalar uchun kurashgan qismi.
Proletariat
diktaturasi – ishchilar sinfi hukmronligi o‘rnatilgan jamiyat.
Sho‘roi Islom – Turkistondagi milliy ziyolilar va ruhoniylar jamiyati, tashkiloti (dastlabki milliy partiyaning kurtagi).
Sho‘roi Ulamo – 1917 yilning yozida (iyun) SHo‘roi Islom jamiyatidan ajralib chiqqan konservativ qanot.
Ittifoqi muslimin – Turkiston muxtoriyati
Oktabr to‘ntarishi – 1917 yilning 25 oktabrdan 26 oktabrga o‘tar kechasi Petrogradda bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan inqilobiy to‘ntarish.
Turkiston qo‘mitasi – 1917 yilning 7 aprelida Rossiya Muvaqqat hukumatining qarori bilan Turkistonda tartib o‘rnatish uchun tuzilgan va Turkistonga jo‘natilgan qo‘mita
Dashnoq – 1890 yilda Tibilisida tashkil etilgan «Dashnaq sutyun» (Ittifoq) arman milliy partiyasi a’zosi
MIK – Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi
Qо‘rboshi – qizil armiyaga qarshi kurash olib boruvchi dastaning boshlig‘i.
Bosmachi – Turkiston о‘lkasida milliy ozodlik harakati ishtirokchilarini qoralash va mohiyatini pasaytirish maqsadida bolshevik mafkurachilari tomonidan ishlatilgan ibora.
Preletkult – proletar madaniyati.
Chig‘atoy gurungi – 1919 yilda A.Fitrat tomonidan tashkil etilgan ijtimoiy-siyosiy, badiiy-adabiy tashkilot.
Mustabid – xalqqa qarshi bo‘lgan tuzum
Muqobil – teng, o‘xshash
Imperiyacha – hukmdorlarcha, mutlaq hukmronlik
Kolxozchi – jamoa xo‘jaligi a’zosi.
Xudosizlar – 30-yillarda bolsheviklarning dinga qarshi zо‘ravonligini amalga oshiruvchi tashkilot.
Do'stlaringiz bilan baham: |