Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat univeersiteti tarix fakulteti


Birinchi jahon urushi arafasida Turkiston o‘lkasidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol


Download 1.15 Mb.
bet30/44
Sana17.11.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1782559
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44
Bog'liq
Ўзб тарихи мажмуа 3 курс 2022-2023

1. Birinchi jahon urushi arafasida Turkiston o‘lkasidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol.
O‘zbek xalqi ko‘p ming yillik tarixning muayyan bir davrlarida chet el bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashlarida yuz minglab odamlari va boyliklaridan ayrildi. Ko‘p shahar va qishloqlar vayronaga aylantirildi. Ammo xalqimiz o‘tmish zamonlarda chorizm va sho‘ro davlatining 130 yillik hukmronligi davridagidek qirg‘in-barot, talon-taroj va azob-uqubatlarni boshidan kechirmagan edi. Bosqinchilar o‘lkani qonga belab, o‘z xohish va rejalariga monand tarzda yangi shahar va qasabalarni, temir yo‘llar va sanoat korxonalarini qurib, o‘lkada mustahkam o‘rnashib oldilar. Yuz minglab odamlarini ko‘chirtirib kelib, serunum va obod yerlarni egalladilar. Oltin, gaz, ko‘mir va boshqa xilma-xil tabiiy boyliklarni o‘zlashtirib turdilar. Ayni mahalda o‘zbeklar Rossiyada yuzaga kelgan urushlarning girdobiga ham tortildilar. Xususan, Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari shular jumlasidandir. XX asrning boshlarida Rossiyada nihoyatda og‘ir sharoit va chuqur inqiroz hukm surdi. Uning 1904 yilda Yaponiya bilan urushda mag‘lubiyatga uchrashi va katta talofat ko‘rishi mamlakatning iqtisodiy haetiga katta zarba berdi. Natijada ishchilarning haeti og‘irlashdi va haq-huquqlari inkor etildi. Ommaviy kasalliklar ko‘zga tashlandi. Rossiyaning mushkul ahvoli uning mustamlakasi, xususan Turkiston zaminini ham qamrab oldi. Chor hukumati va kapitalistlar urush bahonasida ulkadan 41 mln. pud paxta, 3 mln. pud paxta yegi, 200 ming pud sovun, 70 ming ot, 12797 tuya, 300 ming pud gusht, 474 ming pud baliq, 270 arava, 1344 o‘tov, ko‘p miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari, quruq mevalarni Rossiyaga olib ketishdi. Shuningdek, 1915 yilda Sirdare va Yettisuv viloyatlaridan bir million quy jo‘natildi. Ma’lumki, Chor ma’muriyati o‘lkada g‘alla ekinlarini qisqartirish hisobiga paxtachilikni rivojlantirgan. U g‘allani Rossiya ichkarisidan keltirib katta daromadni qo‘lga kiritmoqda edi. Ammo urush tufayli g‘allani keltirish keskin kamaydi. Chunonchi, 1916 yildan Farg‘ona viloyatiga keltiriladigan g‘allasi 12–14 mln. pudga kamaydi. Butun o‘lkada esa g‘alla yetishmovchiligi 22 mln. pudni tashkil etdi. Oziqovqat, kiyim-kechak, gazlama va qurilish jihozlarini narxi kun sayin oshib bordi. Masalan gazlamalarning narxi 300–400, kiyim-kechaklarniki 200–300, qandniki 250, poyafzallarniki 300–400 foizga ko‘tarildi. Farg‘ona vodiysida ilgari 5 so‘m turadigan otning narxi 100–200, 5 so‘mlik qo‘yniki – 30–35 so‘mga oshdi. G‘alla va nonni narxlari juda kutarilib ketdi. Yer solig‘i 1914 yildagi 6.859.021 so‘mdan 1916 yilda 14.311.771 so‘mga yetdi. Bir pud paxta tolasiga 2 sum 50 tiyindan qushimcha soliq olish joriy etildi. 1915 yil yanvardan boshlab, tub aholidan harbiy xizmatni o‘tamaganliklari evaziga daromadlardan qo‘shimcha 21 foiz soliq olish buyurildi. Urush tufayli paxta narxi ko‘tarildi. Bundan paxtakorlar bir muncha foyda ko‘rishlari mumkin edi. Biroq chor hukumati to‘qimachilik sanoat egalarining talabiga ko‘ra paxtaning bozor narxini 30–31 so‘mdan 24,05 so‘mga tushirdi. Bu dehqonlarga katta ziyon keltirgan bo‘lsa, kapitalistlarni cho‘ntagini to‘ldirdi. Masalan, birgina Tver to‘qimachilik sanoati 1913–1914 yillarda paxtaning eski narxidan 1.893.000 so‘m foyda olgan bo‘lsa keyingi 1915–1916 yillarda u 9.931.000 so‘mga ko‘tarildi. Dehqon ommasi banklar, firmalar va mahalliy sudxo‘rlardan olgan qarzlari orqasida ham qashshoqlashgan edilar. XX asr ibtidosida nufuzli davlatlar o‘rtasida dunyoni qaytadan taqsimlab, egalik qilish maqsadida boshlangan o‘zaro kurash oxir-oqibatda 1914–17 yillarda keng quloch yoygan Birinchi jahon urushiga olib kelgandi. Unda 1,5 milliard aholini qamrab olgan 38 davlat qatnashdi. Ular bir-biriga dushman ikki guruhdan tashkil topgandi: bir tomonda Angliya, Fransiya va Rossiya, ikkinchi tomonda esa Olmoniya, Avstriya va Vengriya boshchiliklarida tuzilgan harbiy ittifoqlar. Dastavval Yevropada alanga olgan urush so‘ngroq Uzoq va Yaqin Sharq, Afrika, Atlantika, Tinch va Hind ummonlari bo‘ylab tarqaldi. Urush harakatlarida 1914 yili 480 diviziya qatnashgan bo‘lsa, 1917 yilda u 889 taga yetdi. Jang maydonlarida 10 milyon kishi halok bo‘ldi, 20 milyon kishi dunyodan ko‘z yumdi. Chor hukumati urushda ketma-ket mag‘lubiyatga uchrab, o‘n minglab askarlari o‘ldirildi va yarador qilindi. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling