Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat univeersiteti tarix fakulteti


Turkiston o‘lkasida jadid teatrlarining yuzaga kelishi


Download 1.15 Mb.
bet34/44
Sana17.11.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1782559
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44
Bog'liq
Ўзб тарихи мажмуа 3 курс 2022-2023

4. Turkiston o‘lkasida jadid teatrlarining yuzaga kelishi
Jadid teatrlari – O‘zbek xalq teatri – keng mehnatkashlar ommasining hayoti, dunyoqarashi, orzu-intilishlari va badiiy talablari asosida tashkil topgan va rivojlangan, ko‘p asrli tarixga ega bo‘lgan mazmundor san’at. U o‘z taraqqiyoti davrida xalq ommasi ijtimoiy noroziligining yorqin ifodasi bo‘lib kelgan, madaniy hayotda, xulq dunyoqarashi va tafakkurining takomillashuvida ma’lum darajada rol o‘ynagan. XIX-XX asrlarda Oʻzbekiston hududida paydo boʻlgan, bu teatrlarning Oʻzbek milliy teatrlarining koʻp jihatidan yuksalishida katta ahamiyatga ega. 1911-yil Turkiston hududida ilk drama asarlar sahnalashtirilgan. Misol qilib olganda Behbudiyning „Padarkush“ spektakli, „Mahramlar“ nomi bilan mashhur boʻlgan A.Samadovmning spektakllarini eʼtiborga loyiq asarlar sifatida olish mumkin. Bular ichida padarkush spektaklini yaqqol ajratib olsa boʻladi, chunki oʻsha davrda uning gʻoyaviy ahamiyati juda katta boʻlgan. Samarqand shahrida birinchilardan boʻlib yangi Oʻzbek jadid teatri ish boshladi, uni ochilishida va qurilishida Mahmudxoʻja Behbudiyning xizmatlari juda katta boʻlgan.
Mahmudxo‘ja Behbudiy “Teyotr nadur” deb savol qo‘yadi va “Teyotr ibratnamodur, teyotr va’zxonadur, teyotr ta’ziri adabiydir. Teyotr oyinadurki, umumiy hollarni anda mujassam va namoyon suratda ko‘zliklar ko‘rib, kar-quloqsizlar eshitib, asarlanur. Xulosa: teyotr va’z va tanbeh etguvchi hamda zararlik odat, urf va taomilni, qabih va zararini ayonan ko‘rsatguvchidir. Hech kimni rioya qilmasdan to‘g‘ri so‘ylaguvchi va ochiq haqiqatni bildurguvchidir” deya javob beradi. Behbudiy teatr sahnasida qo‘yiladigan asarlarni uch janrga ajratadi: “Fojia, ya’ni qayg‘ulik”; “Mazhaka, ya’ni kulgu”; «Drama, ya’ni hangomalik».  Mahmudxo‘ja Behbudiy “Teyotr nadur?” maqolasidan tashqari 1911 yili Abdurauf Fitrat (1884-1938)ning “Munozara” pesasiga oid “Munozara haqida” nomli maqola yozadi. Fitrat bu asarini “risola” deb ataydi, Mahmudxo‘ja Behbudiy ham “bir risola shaklinda” deb yozadi. Ta’kidlash lozimki, bu o‘rinda «risola» atamasi hozirgi tushunchadagi sof ilmiy risoladan farq qiladi. Chunki, «bir risola shaklinda» yoki «teatr risolasi» atamalari «voqelikni tahliliy tasvirlash va muayyan muammolar yechimini ko‘rsatib berish» ma’nolarida keladi. Demak, jadid ma’rifatparvarlari “teatr risolasi” deganda “mukammal sahna asari” yoki “ssenariy” ma’nosini nazarda tutadilar.
Bu teatrda birinchilardan boʻlib uning mashhur „ Padarkush“ piesasi namoish etilgan. Jadidchilar harakatida yana koʻplab atoqli namoyondalari va maʼrifatparvarlari bu kabi jadid teatrlarini vujudga kelishida juda katta xizmat qilganlar. Misol qilib olganda Abdulla Avloniy va Hamza Hakimzoda Niyoziyning xizmatlari juda ham katta boʻlgan. Toshkent shahrida birinchi jadid teatri 1914-yilda oʻz ishini boshlagan. Bu teatrning ochilishida Abdulla Avloniyning xizmatlari juda katta. U bu teatrni “Turon teatri”:– deb nomlagan. Bu teatrda ham birinchi spektakl „Padakush“ piyesasi hisoblanadi. Shu jumladan Turon teatri Turkiston boʻylab oʻzlarining gastrol safarlarini oʻtkazgan. Uning 1915-yildagi gastrol safari juda ham muvaffaqiyatli chiqadi. Jadidchilarning yana bir yirik namoyandasi hisoblangan Hamza Hakimzoda Niyoziy oʻzining havoskorlar teatrini 1916-yilda Qoʻqon shahrida tuzadi. Oʻzbek teatrini yuksalishida katta ahamiyatga ega boʻlgan Hamzaning „Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari“ piesasi boʻlgan. Bu teatrda ushbu asar ilk bor 1917-yilda sahnalashtirilgan. Shunday qilib jadid teatrlari xalq orasida mashhur boʻlgan. Toshkentadagi hozirgi Milliy teatr tashkilotchilaridan biri boʻlgan Mannon Uygʻur va Oʻzbek jadid teatrining ilk ayol aktrisasi Ma’suma Qoriyeva oʻz ish faoliyatini boshladilar. Turkistonning boshqa hududlarida Fargʻonada Andijonda va Xivada yana shunga oʻxshash teatrlar ochildi. Mannon Uygʻur tashabbusi bilan Buxoro shahrida yana bir teatr ochildi. Bu teatrlarda xalqning koʻngliga yaqin ahloqiy va ijtimoiy jihatlarga aloqador mavzularda sahna koʻrinishlar koʻrsatildi.Bu sahna koʻrinishlarda zulmga qarshi kurash, odamiylik kabi insoniy hislatlar koʻrsatildi. Shu tariqa jadidlar tomonidan birinchilardan boʻlib tashkil etilgan jadid teatrlari Oʻzbek milliy teatrini vujudga kelishiga asos boʻldi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling