Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti 101-guruh talabasi berdiyeva farzonaning o’zbek folklori fanidan mustaqil ishi


Download 7.38 Kb.
Sana09.11.2023
Hajmi7.38 Kb.
#1760284
Bog'liq
Doston

Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti 101-guruh talabasi berdiyeva farzonaning o’zbek folklori fanidan mustaqil ishi

Doston Doston, poema — liro-epik janr; shu janrdagi badiiy asar. Oʻzbek xalq, ogʻzaki ijodi va oʻzbek mumtoz adabiyotida keng tarqalgan. Dostonda muayyan voqea liroepik tasvir vositalari yordamida hikoya qilinadi. Unda hayot, voqelik keng koʻlamda qamrab olinadi, bir yoki ikkita bosh qahramon ishtirok etadi, personajlar esa koʻp boʻladi. Syujeti sertarmoq, rangbarang. Xalq ogʻzaki ijodidagi Dostonlar nasrda VA NAZMDA adabiyotdagi Dostonlar nazmda boʻladi, bunda nasr voqealarni bogʻlovchi vazifasini oʻtaydi. Yozma adabiyotdagi Dostonlarda lirizm kuchliroq, ayniqsa, hozirgi zamon Dostonlarida lirik asos yanada salmoqliroqdir.

DOSTONLAR, oʻz mohiyatiga koʻra: qahramonlik ("Alpomish", "Farhod va Shirin"), sarguzasht-detektiv ("Sabbai sayyor"), ishqiy-romantik ("Tohir va Zuhra", "Layli va Majnun"), jangnoma ("Yusuf va Ahmad", "Saddi Iskandariy"), tarixiy-memuar ("Shayboniynoma", "Jizzax qoʻzgʻoloni"), falsafiy ("Hayrat ulabror"), fantastik-allegorik ("Lison uttayr"), didaktik ("Qutadgʻu bilig") turga boʻlinadi.

Baxshi (turkmancha: bagşy; qoraqalpoqcha: baxsı; qozoqcha: бақсы; qirgʻizcha: бакчы; bagʻsha — ustod, maʼrifatchi; sanskritcha bhikshu — qalandar, darvesh): O'zbek baxshisi Abdunazar Poyonov xalq dostonchisi. Qoʻshiq va dostonlarni yoddan kuylovchi, aytuvchi, avloddan-avlodga yetkazuvchi sanʼatkor. Baxshi soʻzi baʼzan shaman maʼnosida ham qoʻllanadi. Dostonchilarni esa yuzboshi, soqi, sannovchi, jirov deb ataydilar.

Baxshilar, asosan, ikki toifaga — ijrochi va ijodkor Baxshilarga boʻlinadi. Ijro-ch i Baxshilar, asosan, ustozidan oʻrgangan dostonlarni juzʼiy oʻzgarishlar bilan aynan kuylasalar, ijodkor Baxshilar ogʻzaki epik anʼana asosida dostonning oʻz variantlari, hatto ular asosida yangi dostonlar ham yaratadilar. Bunday Baxshilar shoir deb ham yuritiladi. Mas, Ergash shoir, Fozil shoir, Poʻlkan shoir, Abdulla shoir, Xidir shoir va boshqa Baxshi doston va qoʻshiqdarni qoʻbiz, doʻmbi-ra, dutor kabi sozlar joʻrligida kuylaydi.

Ergash Jumanbulbul oʻgʻli Ergash Jumanbulbul oʻgʻli (1868, hozirgi Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani Qoʻrgʻon qishlogʻi — 1937.12.5, Qoʻshtamgʻali qishlogʻi) — oʻzbek xalq baxshisi, Qo'rg'on dostonchilik maktabining eng yirik vakili.

Dehqon dostonchi oilasida tugʻilgan. Uning yetti ota bobosigacha, shuningdek, amaki va momolari dostonchi shoir oʻtgan (Yodgor, Lafas, Mulla Tosh, Mulla Xolmurod, Jumanbulbul, Tilla kampir, Sulton kampir, Jossoq, Yorlaqab va boshqalar 17—19- asrlarning taniqli dostonchilari boʻlganlar).

E.J.oʻ.ning ijodi, repertuari boy va rangbarang. Shoir "Kuntugʻmish", "Yakka Ahmad", "Alibek bilan Bolibek", "Dalli", "Ravshan", "Qunduz bilan Yulduz", "Xushkeldi", "Xoldorxon", "Qiz Jibek", "Goʻroʻgʻlining tugʻilishi", "Hasanxon", "Avazxon", "Avazning Farangga safari", "Nurali", "Xiromon" ("Jahongir"), "Alpomish", "Yusuf bilan Ahmad", "Tulumbiy", "Qironxon", "Qumri", "Oshiq Gʻarib", "Vomiq bilan Uzro", "Varqa bilan Gulshoh", "Mahtumquli" kabi 30 ga yaqin dostonlarni, juda koʻp termalarni yod bilgan.

Fozil Yoʻldosh oʻgʻli Fozil Yoʻldosh oʻgʻli (1872-yil, Jizzax viloyati Baxmal tumani Loyqa qishlogʻi — 1955.17.3, Samarqand viloyati Bulungʻur shahri) — oʻzbek xalq shoiri, baxshi. Yoʻldosh Mulla Javohir oʻgʻlining shogirdi. Bulungur dostonchilik maktabining eng yirik va soʻnggi vakili. Yetimlikda oʻsgan. Choʻponlik qilgan. Dostonchilikka havasi erta uygʻongan. Yoshligida doʻmbira chertishni, terma aytishni mashq qilgan. 20 yoshlarida ustozi Yoʻldosh shoirdan dostonchilik sirlarini oʻrgangan.

F.Y.oʻ. repertuari mavzu va janr jihatidan boy va rangbarang. U 40 dan ortiq xalq dostonlarini yod bilgan va yuksak mahorat bilan kuylagan. Undan "Alpomish", "Yodgor", "Yusuf bilan Ahmad", "Murodxon", "Rustamxon", "Shirin bilan Shakar", "Goʻroʻglining tugʻilishi", "Avazxonning oʻlimga hukm etilishi", "Malika ayyor", "Mashriqo", "Zulfizar", "Balogardon", "Intizor", "Nurali", "Jahongir", "Zevarxon", "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Baxrom va Gulandom", "Oshiq Gʻarib" kabi 30 ga yaqin doston yozib olingan.

E’tiborinngiz uchun raxmat


Download 7.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling