Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti informatika asoslari


Download 0.79 Mb.
bet3/6
Sana09.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1182550
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
aziz dastur

Zamonaviy dasturlash muhitlari.


Hozirgi paytda dunyoda o‘n milliondan ortiq dasturchilar bo‘lib, ulardan ikki millioni professional, qolganlari esa havaskor dasturchilardir. Albatta, ulaming ish qurollari, ya’ni ular foydalanadigan dasturlash muhitlari ham bir-biridan farqlanadi. Bugungi kunda keng tarqalgan dasturlash muhitlarida asosan uchta dasturlash tili: Si, BASIC, Pascal dan keng foydalaniladi. Professional va tajribali havaskor dasturchilar asosan C (Si) va uning keyingi variantlari C++ va C# dan foydalanishsa, faqat o‘zlarining masalalarini yechish uchun dasturlashda foydalanadiganlaming ko‘pchiligi Pascal dan foydalanishadi. BASIC (to‘g‘risi, Visual BASIC) Microsoft kompaniyasi mahsulotlari ofis ilovalari va boshqa kompaniyalaming bir qator mahsulotlari, grafik muharrirlarda ishlami avtomatlashtirish uchun qoMlaniladi. Kuchli raqobat va foydalanuvchilami jalb qilish maqsadida hozirgi paytda ommaviy dasturlash muhitlari bir paytda bir nechta dasturlash tillaridan foydalanish imkonini bcradi. Shuningdck, so‘nggi paytda yaratilayotgan dasturlash tillarining ko‘pchiligi yuqoridagi tillardan biridan foydalanayotganlar uchun mo‘ljallab yaratilgan. Masalan, keng tarqalgan veb dasturlash tillari Java, Java Script, ASP, PHP, Python lar C++ va C# ga, keng tarqalgan kompyuter matematikasi paketlari MatLab, MathCAD, Maplclaming dasturlash tillari Pascalga, MacroMedia Flash nomli animatsion grafika yaratish ilovasining dasturlash tili Action Script esa Visual BASICga o'xshab ketadi. 4. Delphi dasturlash muhiti. Delphi (o'qilishi Delfi) qadimgi dunyoda mashhur bo‘lgan avliyo yashagan ibodatxona joylashgan yunon shaharchasining nomi bo‘lib, u avliyo kabi bu dasturlash muhiti ham ko‘pchilik orasida juda mashhur bo‘lib ketgan. Uning qariyib chorak asr mobaynida 25 ta varianti yaratilgan bo‘lib, ular quyidagi uchta guruhga ajratiladi: Delphi 1 - Delphi 8 (1995-2003 yillar); Delphi 2005 - Delphi 2010 (2005-2009 yillar); Delphi XE 1 - Delphi XE 10 (2010-2017 yillar). Ulaming barchasida asosiy (ba’zan yagona) dasturlash tili Object Pascal bo‘lsada, ko‘pchiligida C++, Assembler da, oxirgi variantlarida Java da, ba’zi versiyalarida hatto PHPda ham dastur yozish mumkin. Oxirgi versiyalari Windows ilovalari bilan birga Android va IOS ilovalarini ham yaratish imkonini beradi. DELPHI DASTURLASH MUHITI 1. Delphi interfeysi quyidagi bo‘limlardan iborat: 2. Sarlavha satri. 3. Asosiy menyu. 4. Uskunalar pancli. 5. Boshqarish obyektlari (komponentalar) paneli. 6. Boshqarish obyektlari brauzeri. 7. Boshqarish obyektlari (elementlari) inspektori. 8. Yaratilayotgan ilova oynasi (forma). 9. Yaratilayotgan ilova kodi oynasi. Delphi muhiti bosh oynasining sarlavha satri standart ko‘rinishga ega bo‘lib, unda ilovaning nomi, unda yaratilayotgan loyiha nomi va oynani yashirish, o‘lchovini o‘zgartirish va uni yopish uchun xizmat qiladigan uchta tugma joylashgan. 3. Delphining asosiy menyusi 11 ta bo‘limdan iborat bo'lib, ular quyidagilardir: 7. Component (Boshqarish obyektlari). 1. File (Fayl). 8. Database (Ma’lumotlar ombori). 9. Tools (Uskunalar). 10. Window (Oynalar). 11. Help (Yordam). 6. Run (Ishga tushirish). 3. Delphi uskunalar paneli va obyekt (komponenta)lar paneli. Uskunalar panelida ko‘p ishlatiladigan buyruqlaming tugmalari joylashgan bo‘lib, bu ulami asosiy menyuga kirmasdan ishlatish imkonini beradi. Uskunalar panelida o‘ndan ortiq tugmalar bo‘lib, ularga yangilarini qo‘shish, ba’zilarini olib tashlash mumkin. Komponenta deb yaratilayotgan ilovaga joylash uchun mo‘ljallangan turli boshqarish elementlari (obyektlari)ga aytiladi. Vizual dasturlash shu boshqarish elementlarini ilova oynasiga joylash va uning xossalarini 0‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Delphida yuzlab boshqarish elementlari bo‘lib, ular komponentalar panelining yigirmadan ortiq jildlariga joylab chiqilgan.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling