Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Download 284.58 Kb.
bet8/9
Sana16.02.2023
Hajmi284.58 Kb.
#1204226
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Marketing boshqarish

Ijtimoiy-etnik marketing kontseptsiyasi. Ijtimoiy-etnik marketing kontseptsiyasi - hozirgi zamon hodisasidir. U shunday talqin etiladi: korxonaning vazifasi maqsadli bozorga kerakli bo’lgan tovarni, ehtiyojni va qiziqishni aniqlash, bu ehtiyojlarni raqobatchilarga nisbatan samaraliroq yo’l bilan qondirish va shu bilan birga iste’molchi, jamiyat, atrof-muhitni o’z holatini saqlash yoki yaxshilashni amalga oshirishdir.
Bu kontseptsiya ba’zi holatda marketing kontseptsiyasining to’g’riligiga gumonsirash, ishonmaslikdan kelib chiqib, hozirgi vaqtda uning sifati yomonlashuvi oqibati, ya’ni atrof-muhit ifloslanishi, tabiiy resurslarning etishmasligi, aholi sonining tez o’sishi butun dunyo inflyatsiyasi va xizmat ko’rsatishning sustlashuvi oqibatida kelib chiqdi. Savol tug’iladi, firma doim ham iste’molchilarga xizmat ko’rsatib, ehtiyojini qondirib turib, uning kelajakda uzoq vaqt davomida yaxshi kayfiyatda bo’lishini e’tiborga oladimi?
Marketing kontseptsiyasi iste’molchi ehtiyojlari va uning uzoq vaqt yaxshi his etishi o’rtasida kelib chiqadigan nizolarni chetlab o’tadi.
Bu ijtimoiy-etnik marketing kontseptsiyasi bozorda faoliyat yurituvchilardan siyosat doirasida uch omilning bo’lishini talab qiladilar. Oldin firma o’zining iqtisodiy harakatlarini foyda olish bilan bog’lagan bo’lsa, keyinchalik ular xaridorlar ehtiyoji va talablarini qondirish muhim strategik ahamiyatga ega ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Buning natijasida marketing kontseptsiyasi kelib chiqadi. Keyinchalik bu firma jamiyat to’g’risida ham o’ylay boshlaydi, ijtimoiy-etnik marketing kontseptsiyasi quyidagi uch omilni bir-biri bilan muvozanatda bo’lishini talab qiladi: firma daromadi, xaridor talabi va jamiyat foydasi.
3. Marketingni boshqarish jarayoni
Marketingni boshqarish jarayoni quyidagilardan iborat:
1. Bozor imkoniyatlarini tahlil (analiz) qilish.
2. Maqsadli bozorlarni tanlab olish.
3. Marketig kompleksini ishlab chiqish.
4. Marketing ishlarini hayotga tatbiq etish..
Kompaniya doimo o’z maqsadi va mahsulot assortimentini ma’lum bozorda muhimligini saqlanishiga ishonishi kerak. Har qanday kompaniya qiyin va o’zgaruvchan marketing muhitida faoliyat olib boradi. Yashovchanligini saqlab qolish uchun u biron guruhga kerakli tovarni ishlab chiqarib, taklif qilishi kerak.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, marketing har birimizning hayotimizga chuqur kirib borgan. Marketing o’zida turli xil faoliyatlarni jamladan, bularga marketing tadqiqotlari, tovarga ishlov berish, korxonani shu tovarni tarqatishi, narx quyish, reklama va shaxsiy savdo kiradi. Har bir ishlab chiqaruvchi o’z marketingini boshqarishni rivojlantirishga harakat qiladi. Marketingni boshqarishni yuqorida ta’riflab o’tildi. Uni rivojlantirish darajasini oshirishda, ya’ni unga yo’naltirish beruvchilik vazifasini ko’rib o’tilgan 5 kontseptsiya bajaradi. Bu kontseptsiyalar bir-biridan farq qilinib ular yordamida ishlab chiqaruvchilarning mavqeining oshishi yoki pasayishi yaqqol misollarda ko’rib chiqildi. Bu bilan marketing boshqarishni rivojlantirishga ushbu kontseptsiyalardan o’z vaqtida foydalanganda erishish mumkin deb atalsa bo’ladi. Masalan, bozorda har xil holat yuz berishi mumkin. Tovar bozorda yaxshi ketmasa sababini aniqlab, sifatini yaxshilash, narxi, ishlab chiqarishni mukammallashtirish, zamonaviy texnologiya bilan jihozlash hisobiga pasaytirish, shu tovar iste’molchiga zarur ekanligiga ishontirish, iste’molchining ehtiyoji va talabini o’rganib, ularni qondirish ishlarini amalga oshirish kerak. Bu sanab o’tilgan ishlar yuqoridagi 5 kontseptsiyada o’z aksini topgan. Demak, ushbu kontseptsiyalardan unumli foydalanish marketingni boshqarishni rivojlanishiga ta’sir etadi. Marketingni boshqarishni rivojlantirish malakali mutaxassislarga ham bog’liq. Chunki ular marketing holatlarini tahlil qilish, rejalashtirish, hayotga tatbiq etish bilan, ya’ni marketingni boshqarish bilan shug’ullanadilar. Bu esa ular zimmasiga ulkan mas’uliyatni yuklaydi. Bu xodimlarning malakasi yuqori darajada bo’lishi lozim, shundagina rivojlanish bo’ladi.
Shunday qilib, xodimlar marketing kontseptsiyalaridan samarali foydalanish va albatta kommunikatsiya aloqalarini yaxshi yo’lga qo’yilganligi marketingni boshqarishni rivojlanishiga asos bo’lib xizmat qiladi.



Download 284.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling