Aholi migratsiyasi – aholining yashash joyini o‘zgartirishi bilan bog‘liq ko‘chishi.
Aholi ro‘yxatlari – mamlakat yoki muayyan hududda ma’lum vaqt yoki davrda yashayotgan aholining demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarining jarayoni to‘plami.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish – bu, biz aholiga davlat tomonidan yashash uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga maqsadli yunaltirilgan kafolatlar tizimidir.
Aholining mexanik o‘sishi (kamayishi) – yil davomida ko‘chib kelganlar va ko‘chib ketganlar o‘rtasidagi farq.
Aholining milliy tarkibi – muayyan hudud yoki mamlakatda yashovchi aholining millatlar bo‘yicha tarkibi.
Bandlik – mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan va qonunga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati.
Bandlik xizmati (aholini ish bilan ta’minlash davlat xizmati) – mamlakat miqyosida aholini ish bilan ta’minlash siyosatini amalga oshirish va fuqarolarga tegishli kafolatlarni ta’minlab berish uchun tashkil etilgan davlat xizmati.
Davlat ijtimoiy ta’minoti – bu, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini keksayganda, kasallik ro‘y berganda, mehnatga layoqatini qisman yoki butunlay yo‘qotganda, boquvchisini yo‘qotganda, shuningdek, bolali oilalarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish davlat tizimidir.
Yollanib ishlaydiganlar – bular korxona rahbariyati bilan mehnat faoliyati shartlari to‘g‘risidagi tuzilgan yozma kontrakt (shartnoma) yoki og‘zaki bitim bo‘yicha ishlaydigan shaxslar bo‘lib, ular ana shu faoliyat uchun yollanish vaqtida kelishib olingan ish xaqini oladilar.
Jamoa - bu birgalikda mehnat qiladigan shaxslar guruoi bo‘lib unda kishilar bir-birlari bilan shunday o‘zaro harakat qiladilarki, har kim boshqa shaxsga murojaat qiladi, ayni vaqtda uning ta’sirini ham his qiladi.
Ijtimoiy institut – bu, odamlarning birgalikdagi faoliyatini tashkiliy tuzilma tarzida tashkil etishning barqaror shakli yoki normativ jihatdan tartibga solinadigan qoidalar tizimidan iboratdir.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan bandlar – doimiy, vaqtinchalik, mavsumiy ishlarni yollanib bajaradigan, o‘z biznesiga ega, ro‘yxatga olinmagan faoliyatdan ish haqi, daromad topadigan shaxslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |