Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti muhandislik fizikasi instituti 70530901-Fizika (yo`nalishlar bo`yicha) mutaxassisligi fiz-2021-02M guruh


Download 20.9 Kb.
bet1/2
Sana29.03.2023
Hajmi20.9 Kb.
#1308324
  1   2
Bog'liq
Ilmiy pedagogik hisobot zaxriddin


Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti muhandislik fizikasi instituti 70530901-Fizika (yo`nalishlar bo`yicha) mutaxassisligi fiz-2021-02M guruh magistranti Raxmonov Zaxriddinning ilmiy pedagogik ishlar bo`yicha 2022-2023- o`quv yilidagi oktyabr oyi uchun
HISOBOTI
Men ilmiy pedagogik faoliyatimni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti muhandislik fizikasi instituti umumiy fizika kafedrasida o’tadim.

  1. Umumiy fizika kafedrasining tajribali professor - o’qituvchilari o’qituvchilari fizika–matematika fanlari doktori, professor O. Quvondiqov va kafedra mudiri fizika–matematika fanlari nomzodi dotsent R. Rajabovlardan pedagogning kompetentligi, kreativligi, kasbiy professionalligi va uni innovatsion faoliyatda rivojlantirish yo‘llarini o‘rgandim.

  2. Kafedra mudiri dots. R. M. Rajabovning muhandislik fizikasi instituti fizika yo’nalishi Fiz-2021-03 guruhiga 2022 yil 03 oktyabr kuni elektr va magnetizm “Elektrostatik maydonning zaryadni ko’chirishda bajargan ishi. Elektrostatik maydon kuchlanganligi vektorining sirkulatsiyasi haqidagi teorema” mavzusidagi amaliy darsiga qatnashdim. U kishining dars o‘tish jarayonida pedagogik mahorati, dars davomida talabalar bilan ishlash va ularga mavzu yuzasidan mustaqil topshiriqlar berish ko‘nikmalarini o‘rgandim.

  3. Muhandislik fizikasi instituti fizika yo’nalishi Fiz-2021-03 guruhiga 2022 yil 17 oktyabr kuni bo’lib o’tgan elektr va magnetizm fanidan “ Elekrostatik maydon kuchlanganlik vektorining sirkulyatsiyasi.” mavzusidagi amaliy darsi uchun uslubiy ishlanma tayyorladim.

  4. Elektr va magnetizm fanidan “Elektrostatik maydonni o’rganish” mavzusida LabVIEW dasturida virtual laboratoriya ishining uslubiy ishlanmasini tayyorladim.

  5. Kafedra mudiri dots. R. M. Rajabovning muhandislik fizikasi instituti fizika yo’nalishi Fiz-2021-03 guruhiga 2022 yil 14- oktyabr kuni bo’lib o’tadigan elektr va magnetizm fanidan “Magnit maydoni induktsiyasi vektorining sirkulyatsiyasi. Magnit maydoni induktsiyasi vektorining sirkulyatsiyasi haqidagi teorema (to‘liq tok qonuni). Magnit maydoning uyurmali xarakteri. To‘liq tok qonunidan foydalanib magnit maydonlarni hisoblash. Magnit maydoni induktsiyasi vektorining oqimi. Magnit maydoni uchun Gauss teoremasi.” mavzusidagi ma’ruza darsiga kirdim va darsni olib bordim.

  6. Umumiy fizika2 va Elektr va magnetizm fanidan test savollar bankini tayyorladim.

  7. Muhandislik fizikasi instituti I kurs tyutori Bekmurodov Obidjon domlaning tarbiyaviy ishlar olib borishini, axborot soatlari, davra suhbatlari, va tadbirlar uchun materiallar yig’ish va tadbirlar tashkil qilish ni o‘rgandim. I kurslarning yangi joyga adaptasiya jaroyoniga yordam berdim.

  8. Baholash tizimlarini o’rgandim (klassik va moodle-kredit tizimlari misolida) hamda oraliq va yakuniy nazorat tizimlari, savol va testlarini tuzish bo’yicha ko’nikma hosil qildim.

  9. Masofaviy ta`lim platformalarini monitoring olib borish, nazorat qilish va baholash tizimini o`rgandim.



Download 20.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling