Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti muhandislik fizikasi instituti,,umumiy fizika


Fizikani o‘qitishda robotexnika elementlaridan foydalanish


Download 125.65 Kb.
bet11/16
Sana20.06.2023
Hajmi125.65 Kb.
#1633396
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Mavzu Rabototexnika elementlari. Yasashga doir masallar (1)

1.5.Fizikani o‘qitishda robotexnika elementlaridan foydalanish
Keyingi vaqtda barcha ommaviy axborot vositalarida robotlar haqida juda ko‘p sondagi ma’lumotlar berilmoqda. Bu sohada jahondagi ilg‘or oliy o‘quv yurtlari mutaxassislar tayyorlamoqda. Jumladan, bizning davlatimizda ham Toshkent texnika universitetida “Mexatronika va robototexnika” bo‘yicha bakalavr va magistr tayyorlashga kirishildi.
Hozirgi vaqtda robotlarning qo‘llanmaydigan sohasi yo‘q deb aytsak xato qilmaymiz va u ommaviy tus olmoqda.
“Robot” atamasi 1921 yilda chex yozuvchisi Karl Chapekning ilmiy fantastik asari “Rur” (Rossumning hammabop robotlari) da keltiriladi. Robot atmasi chex tilidagi “rabota” – “ish” so‘zidan kelib chiqqan. So‘ngra robototexnika so‘zi, inglizcha “Robotics” so‘zidan olingan bo‘lib, u 1941 yilda yozuvchi A. Azimovning “Yolg‘onchi” hikoyasida ishlatiladi.
Birinchi sanoat roboti 1961 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, u avtomobil ishlab chiqarishda ishlatilgan mexanik qo‘ldir. Shunday qilib, robot bu o‘rgatadigan mashina bo‘lib, kompyuterterga o‘xshaydi (unga buyruq berilsa bajaradi), u turli xil ko‘rinishda harakat qiladi, atrof muhitdagi o‘zgarishlarni qayd qiladi va ko‘p sondagi topshiriqlarini bajaradigan va qayta ish bajarmaydigan mashinalar robot hisoblanmaydi, uni avtomat deyiladi.
Robotning harakati mikroprotsessor bilan boshqariladi. Robot – bu “Mexanik” odamdir. Xo‘sh robototexnika nima? Robototexnika bu integrativ fan bo‘lib, umumlashtirilgan, avtomatlashtirilgan sistemalar bilan shug‘ullanadi. Uning asosida elektronika, elektrotexnika, mexanika, fizika, matematika, informatika va dasturlash fanlaridan olingan ilmiy bilimlar yotadi.
Texnikaning robotlar yaratish bilan shug‘ullanadigan maxsus sohasi – robototexnika deb aytiladi.
Hozirgi vaqtda robotlar mashinasozlik, cho‘yan eritadigan qurilmalarda, kimyoviy sanoatda, qurilish, kosmik, harbiy texnika, konchilik, yadro reaktorlarini boshqarishda, tibbiyotda keng qo‘llanilmoqda.
Yerdan Oyga uchirilgan birinchi qurilma robot yordamida bajarildi. 1969 yil iyulida Amerika astronavti Nil Armstrong Oy sirtiga chiqarildi, “Luna xod–1” va “Luna xod–2” lar robotlar tufayli parvoz qilindi.
Hozirgi vaqtda jahon bo‘yicha robotlar ishlab chiqarish juda ham tez rivojlanmoqda. Robotlar soni bo‘yicha Yaponiya jahonda birinchi o‘rinni egallab turibdi, dunyo bo‘yicha ishlab chiqilgan robotlarning 80% tashkil qiladi.
Hozirgi kunda robototexnika ilmiy texnik taraqqiyotning muhim yo‘nalishiga aylandi, mexanika muammosi va yangi texnologiya sun’iy intelekt bilan chatishib ketdi. Insoniyat yong‘inni operatorsiz o‘chirish, avvaldan aniq bo‘lmagan holatda mustaqil harakat qilish, favqulodda holatlarda qutqarish ishlarini olib borish, atom elektrostansiyalarida bo‘ladigan avariyalarda hamda terrorizm bilan kurashishda ishlaydigan robotlarga muhtoj. Ayniqsa, robotlardan korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda ham keng foydalanish mumkin. Masalan, Birlashgan Amirliklar ichki ishlar vazirligi 2015 yildan boshlab, Dubay shahrida politsiyachi robotlarga, barcha davlat avtomobil inspeksiyasi xodimlari robotlar bilan almashtiriladi. Bundan tashqari odamlarning kundalik ehtiyojini qondiradigan robotlarga talab ortib bormoqda: robot-uy xizmatchisi, robot-o‘tirgich, rabot-enaga, bolalar o‘ynida ishlatiladigan robotlar va boshqalar. Shunday qilib, hozirgi zamon ishlab chiqarish oldiga bunday robotlar tayyorlash masalasi kun tartibiga qo‘ygan.
Hozirgi vaqtda mikrorobotlar ham texnikaning turli sohalarida ishlatilmoqda. Mikrorobotlarni fanga amerikalik tadqiqotchi Kristofer Lister tomonidan 2001 yil kiritilgan edi. Bu tadqiqotchi o‘tgan asrning 90 yillarida avtonom robotning modelini yaratgan edi. 2000 yilga kelib uning o‘lchami 4 marta kichraytirildi. Bu juda kichik mashina bo‘lib, xotirasi 8 kbayt bo‘lgan protsessor, temperatura datchigi, mikrofon, videokamera, kimyoviy sensorlardan iborat. Bu robotlar asosan harbiy sohaga ishlatishga qaratilgan.
Hozirgi vaqtda ishlaydigan robotlarni 6 ta sinfga bo‘lish mumkin:

  1. Muammolarni tahlil qiluvchi va qaror qabul qiluvchi robotlar;

  2. Atrof muhitni tahlil qiluvchi robotlar;

  3. Tajriba natijalarini to‘plovchi va uni amaliyotga qo‘llaydigan robotlar;

  4. Tabiiy tilni tahlil qiluvchi robotlar: tabiiy tildagi ifodalarning ma’nosini tahlil qiladi va uni odam uchun qulay bo‘lgan axborotga aylantiradi.

  5. Qadamli robotlar – bajaruvchi qurilmalar, siljitish organlari orqali harakatlanadi va ish bajaradi.

  6. Ta’limdagi robotlar.

Robototexnika – ta’lim uchun universal qurilma vosita bo‘lib, u ko‘pchilik darslarda, darsdan tashqari faoliyatda, maktab predmetlarni o‘qitishda foydalaniladi.
Uni barcha yoshdagi maktabgacha to kasb ta’limigacha bo‘lgan oraliqni o‘z ichiga oladi. Robototexnikani boshlang‘ich, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida qo‘llanish mumkin.
Robototexnikaning ta’limdagi eng muhim o‘ziga xos tomoni Shundaki, uning uzluksiz ta’lim tizimini yaratishda, ishlatishda, bo‘lg‘usi injenerni tayyorlashda ishlatish mumkin.

Download 125.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling