Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti muhandislik fizikasi instituti


Polimer aralashmali materiallarda relaksatsion jarayonlar


Download 0.65 Mb.
bet5/6
Sana05.08.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1665268
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Презентатци Sorbon 2

Polimer aralashmali materiallarda relaksatsion jarayonlar.
Ma’limki texnik uglerod qo’shilgan to’ldiruvchi sifatidagi namunadagi texnik uglerod hajmiy qiymati 6% dan oshsa elektret holati stabilligi sezilarli darajada pasayadi. Shuning uchun umumiy hajmiy miqdori 2%, 4% va 6% bo’lgan tarkibdagi namunalarning relaksatsion jarayoni o’rganilib, taqqoslangan. Berilgan tarkibdagi namunalar uchun U=U(t) bog’lanishlar T=220C da va shuningdek 600, 700, 800C larda o’lchangan. Bu namunalar xona temperaturasida 1000soat davomida ushlab turilgan va kuchlanish qiymati o’zgarishning vaqtga bog’liqlik grafigi chizilgan. Olingan natijalar bu grafik turli xil namunalar uchun turlicha ko’rinishda ekanligini ko’rsatadi, va bu esa relaksatsiya darajasi ham turlicha ekanligidan dalolat beradi (3.3.1 rasm) 600C, 700C, 800Cda o’lchashlarda namunalar 8 soat davomida saqlangan. Bunda temperaturaning ortishi bilan zaryadning relaksatsiyalanish vaqti kamayishi kuzatilgan. (3.3.2 rasm)
3.3.1-rasm. Turli xil namunalar uchun U=U(t) ulcham natijalari (T=220C)
1.YuBPE-4%
2. YuBPE-2%
3. YuBPE-0%
3.3.2-rasm. YuBPE-4% namunasi uchun o’lcham natijalri.
1. T=220C
2. T=600C
3. T=700С
4. T=800C
Olingan natijalardan ko’rinadiki YuBPE namunasiga qo’shilgan texnik uglerod qiymatining ortishi bilan (4%) uning electret holatdagi stabilligi ortar ekan.
Relaksatsiya jarayonida xususiy o’tkazuvchanlikning rolini aniqlash maqsadida J=J(t) ning vaqtga bog’liq ravishda o’zgarishi T=700-800C intervalida o’rganildi. Bu vaqtda solishtirma o’tkazuvchanlik YuBPE namuna uchun o’zgarish grafigi 3.3.3 rasmda keltirilgan. Grafikdan ko’rinadiki t=1000sekund davomida solishtirma o’tkazuvchanlikning qiymati kamaya boradi, undan keyin esa to’yinish darajasiga erishadi, ya’ni keyinchalik solishtirma o’tkazuvchanlikning qiymati vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi.
O’tkazilgan tajriba natijalariga asoslanib 4% YuBPE namuna uchun o’tkazuvchanlik 2%ga nisbatan 2 ta tartibga yuqori ekanligi haqida xulosa chiqarilgan. Bu esa ozod bo’lgan zaryadlarning relaksatsiyasi mavjud ekanligi to’g’risida xulosaga kelishga asos bo’ladi. Shunday qilib YuBPE namunasiga texnik uglerod zarralarining kiritilishi ya’ni chuqur tutgichlar paydo qiluvchi struktura elementlarining paydo bo’lishiga olib keladi, degan xulosa chiqarishga asos bo’lib xizmat qiladi.
3.3-3-rasm. Elektr o’tkazuvchanlikning vaqtga bog’liq ravishda o’zgarish grafigi. Turli xil namunalar uchun T=700, 800, 900 temperaturalarda

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling