Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti pulatova muhabbat egamberdievna


Download 0.98 Mb.
bet6/12
Sana22.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1110237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Автореферат М.Пулатова

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari innovatsion kompetensiyasining motivlashtirish, qadriyatlarga yo‘naltirish, faollashtirish, refleksiya kabi tashkil etuvchilari mazmuni tegishli shart-sharoitlar yaratish, sub’ekt omilini ustuvorlashtirish, yangiliklarga ochiqlik, gipotetik-deduktiv, o‘sib boruvchanlik xususiyatlarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
innovatsion ta’lim muhiti imkoniyatlari o‘qituvchi kompetensiyasiga ta’sir etuvchi omillar, nazariy, amaliy va shaxsiy tayyorgarlik, nostandart fikrlash, konstruktiv, gnostik, prognostik, kommunikativ, proeksion, tashkiliy, tahliliy, moslashuvchanlik, maqsad qo‘yish va amalga oshirishda sobitlik ko‘nikmalariga bog‘liqlikda kengaytirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirish modeli integrativlik, uzluksizlik, variativlik, ilmiy-metodik yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan diagnostik-propedevtik, orientirlash-modellashtirish, adaptiv-korrektiv, eliminativ-yakuniy bosqichlarda amalga oshirilishi asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishda strategik ta’sirni amalga oshirish uchun strategik innovatsion pozitsiyani egallashi (o‘zgarishlar, yangiliklarni to‘laligicha qamrab olish, bu vaziyatda o‘zi, hamkasblari, ta’lim ishtirokchilari harakatlari, o‘zaro ta’sirini tushunish) faollashtirish va qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida aniqlashtirilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirishning motivatsiya va maqsadni aniqlashtirish, mazmunni shakllantirish, jarayon, baholash va refleksiya komponentlaridan iborat tashkiliy-funksional modeli takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirishning boshqaruv va resurs tarkibiy qismlaridan iborat pedagogik shart-sharoitlari, darajalari, asosiy yondashuvlari, tamoyillari aniqlashtirilgan;
“Innovatsion modellar va ularning ekspertizasi”, “Ekspert-baholash nima”, “Jamoaviy aqliy faoliyat texnologiyasi”, “Individual kasbiy rivojlanish dasturi” hamda mahorat darsi, seminar-trening mashg‘ulotlari ishlanmalari yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligini aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan hamda tajriba-sinov natijasida ularning samarali ekanligi aniqlangan.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling