Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana15.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1482438
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
KURS ishi.Elmurodova D.Kashtachilik

So‘zana — forscha so‘zani deb ham yuritiladi,igna bilan tikilgan degan 
ma’noni beradi. So‘zana matoga kashta tikib tayyorlangan badiiy buyum bo‘lib, 
xonani bezatish uchun devorga ilib qo‘yiladi. U satin, baxmal, shoyi va boshqa 
matolarga kashta tikib tayyorlanadi. U o‘ziga xos badiiy ko‘rinishga ega.
Matoning rangidan ustalari Aliz kashta zamini sifatida foydalanadilar. Shuning
uchun palakdan farq qiladi. So‘zana har bir xonadonda bo‘lgan, chunki bir 
qiz turmushga chiqishidan oldin o‘zi uchun so‘zana tayyorlagan. So‘zana 
kelinlarning sepi hisoblangan. Kambag‘al oilada so‘zanani malla, oq bo‘zdan, 
badavlatroqlarida esa shoyidan, baxmaldan tikishgan. So‘zana uchun
kompozitsion joylashgan o‘simliksimon naqshlardan foydalaniladi. So‘zana
o‘rtasida ko‘pincha doirasimon gul tikilib atrofi guldor islimiy naqshlar bilan 
bezatiladi. So‘zana tikish juda qadimdan rivojlangan bo‘lib XIX asrgacha bo‘lgan
so‘zanalar saqlanmagan. Faqat XIX asrga oid Samarqand, Nurota, Farg‘ona,
O‘ratepa, SHahrisabz, Toshkent, Farg‘ona va boshqa joylardagi so‘zana 
turlaridan namunalar bor. San’atning bu turi ayniqsa O‘zbekiston va Tojikiston 


13 
territoriyasida qadimdan keng tarqalgan. Keyingi paytlarda so‘zana mashinada 
tiqilib kelinmoqda. 



So‘zana. Jizzax, XIX asr oxiri. Potli materialga ipakdan 
kashta tikilgan, bosma chokli, yo‘rmado‘zi. O‘zbekiston Davlat san’at 
muzeyi, Toshkent. 
Zardo‘zlik — hunarmandchilikning qadimiy turlaridan biri zar ip bilan 
naqsh (kashta) tikish kasbi. U forscha zar (tilla), do‘zi (tikmoq) so‘zini anglatadi. 
Zardo‘zlik san’ati uzoq tarixga ega. Zardo‘zlikning vatani Vavilon bo‘lib, u Rim 
imperiyasiga qarashli bo‘lgach, zar, ipak va jun ip qo‘shib tikilgan rang-barang 
kashtachiligi bilan butun dunyoga mashhur bo‘lgan. Vizantiyada zardo‘zi kiyim-
kechaklarni faqat imperator a’yonlari, aslzodalar kiyishgan. Vizantiya bilan 
muntazam madaniyat hamda siyosiy hamkorlik qilishi tufayli zardo‘zlik san’ati 
Eron podsholigi saroyida ham rivoj topgan. Eronda zardo‘zlik san’atining 
rivojlanganligiga XV—XVII asrda ishlangan zardo‘zlik namunalari misol bo‘la 
oladi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling