Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san


I BOB. QADIMGI MATOLAR TURLARI VA ULARNI ISHLAB


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana15.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1482438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
KURS ishi.Elmurodova D.Kashtachilik

I BOBQADIMGI MATOLAR TURLARI VA ULARNI ISHLAB 
CHIQARISH JARAYONLARI. 
1.2. Hunarmandchilikning o‘rta IX-XIII asrlarda rivojlanishi va 
ustaxonalarida qadimgi mato bo‘yumlarning tayyorlanishi.
Kigiz bosish san’ati. Kigiz bosish san’ati qadim zamonlardan beri rivojlanib 
kelayotgan xalq amaliy san’ati turlaridan biri. O‘zbekiston territoriyasining 
qaysi joyida xalqlar chorvachilik bilan shug‘ullangan bo‘lsa, shu erda kigiz bosish 
kasbi keng tarqalgan. Bu san’at turi O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda qadimdan 
rivojlanib kelgan. Ota-bobolarimiz kigizni erga bo‘yra ustidan solishgan, 
o‘tovlarni o‘rashgan, qalpoq, piyma va boshqalarda ishlatishgan Ayrim 
hollarda guldor, chiroyli kigizlar badiiy buyum sifatida ishlatilgan. Kigiz
oq,qizil, qora, guldor va gulsiz bo‘ladi. Surxondaryo hamda Qashqadaryo 
viloyatlarida qoraqo‘y va chaydim kigizlar, Xorazmda esa takyanamat xillari 
bor. O‘zbekistonda kigiz bosishning o‘ziga xos tomonlari bo‘lib, kigiz bosish 
quyidagi texnologiyada bajariladi. Kigiz qo‘yning kuzgi junidan yoki echki 
junidan tayyorlanadi. Jun titib tozalanadi, yuvib quritiladi. Shundan so‘ng 
maxsus savag‘ichlar yordamida yaxshilab savalanadi, ya’ni titiladi. Bu jarayondan 
so‘ng jun rangi va sifatiga ko‘ra yuzlik, oraliqqa, tanlab ajratiladi, yuziga maxsus 
rang bilan bo‘yalgan mayin junlardan naqshlar ishlanadi. Kigizlarga shox, romb, 
yulduz, bulut va oddiy geometrik naqshlar ishlanadi. Bosiladigan kigiz hajmiga 
moslab qamish qolip tayyorlanadi. Kigizni tayyorlashda chiy yuziga yuzlik 
undan so‘ng oraliq jun tashlanadi. So‘ngra ustidan qaynoq suv quyiladi. Oraliq 
jun yayratiladi va yana suv quyiladi. Maxsus chiy sholcha yoki qalinroq matoga 
o‘raladi arqon bilan mahkam boylab ustidan tez-tez qaynoq suv sepib 
dumalatiladi. Arqon echiladi va kigizni chiydan ajratib olinib yana ustidan qaynoq 
suv sepiladi. Kigizni o‘rtasidan arqon bilan o‘rab, uch-to‘rt kishi o‘tirib uni 
dumalatib uqalaydi, bilaklaydi. Agar suvi qolmagan bo‘lsa suv beriladi va ikki 
uchini biriktirib bog‘lab bir yoki bir yarim soat tortib cho‘zib turiladi. Kigiz 



qotgandan so‘ng ikki yoniga taxta qo‘yib ishqalab tekislab chiqiladi. Hozir 
kigizlar maxsus mashinalar yordamida tayyorlanayapti.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling