Sharof rashidov nomidagi samdu geografiya va ekologiya fakulteti geografiya yo’nalishining 202-guruh talabasi davirova asalning geografiya tarixi va metodlogiyasidan tayyorlagan taqdimoti


Beruniyning geografiyaga oid asarlari


Download 429.54 Kb.
bet3/3
Sana04.04.2023
Hajmi429.54 Kb.
#1329404
1   2   3
Bog'liq
DavurovaGeoTarix3

Beruniyning geografiyaga oid asarlari

Abu Rayhon Beruniy (973-1048) astronomiya, geodeziya, fizika, geografiya mineralogiya, kartografiya, iqlimshunoslik, tarix va ko’plab ijtimoiy fanlarga oid 150 dan ortiq ilmiy asarlar yozgan. U 973-yil Xorazmning qadimiy poytaxti Kot shahrida tug’ilgan, 17 yoshidan astronomiya bilan shug’ullana boshlagan. 20-21 yoshida matematik geografiyaga oid kashfiyotlar qilgan (masalan, ekliptika tekisligining ekvatorga nisbatan qiyaligini aniqlagan). 22 yoshida globus yasagan.

Ma’lumki, olim bu davrgacha ko’p ishlarni amalga oshirdi, uning qarashlari, fikrlari faqat O’rta Osiyo haqidagina emas, balki butun geografiyaga bag’ishlangan edi. Shuning uchun ham XI–XII asrlarni "Beruniy asri” deb atashadi. Uning geografiyaga oid asarlari 20 dan ortadi, shundan 16 tasi bizgacha yetib kelmagan. Masalan, faqat nomigina yetib kelgan asarlari quyidagilar: 

Ma’lumki, olim bu davrgacha ko’p ishlarni amalga oshirdi, uning qarashlari, fikrlari faqat O’rta Osiyo haqidagina emas, balki butun geografiyaga bag’ishlangan edi. Shuning uchun ham XI–XII asrlarni "Beruniy asri” deb atashadi. Uning geografiyaga oid asarlari 20 dan ortadi, shundan 16 tasi bizgacha yetib kelmagan. Masalan, faqat nomigina yetib kelgan asarlari quyidagilar: 

  • "Yerning obod qismlaridagi kenglik va uzoqlikni aniqlash haqida bir maqola”
  • "Tog’ tepasida turib ufq pastligini kuzatish orqali atrofdagi yerlarning kattaligini aniqlash haqida maqola”
  • "Olamdagi mavjud isitish sabablarining sifati va yil fasllarining turlichaligi haqida”
  • " Toshlar haqida kitob”
  • " Iqlimlarning taqsimlanishi haqida kitob” va boshqalar…
  • Olimning bizgacha yetib kelgan va ilmiy geografik ahamiyatini hanuzgacha yo’qotmagan asarlari: "Osori boqiya”, "Kartografiya”, "Geodeziya”, "Hindiston”, "At-Tahfim”, "Qonuni Ma’sudiy”, "Mineralogiya” va "Saydana” dan iborat.

Xulosa

Sharqda geografiyaga oid asarlar IX-XII asrlar davomida yaratilgan bo’lib , o’sha davr uchun taraqqiyot vazifasi o’tagan va hozirgi kunga qadar ko’pchiligi o’z ahamiyatini yo’qotmagan . Ya’ni, o’sha davrda yaratilgan geografik asarlar Yevropada XIV-XVII asrlardagi renesansga turtki bo’ldi . Bularga misol qilib, Xorazmiyning eng mashhur asari “Surat-ul Arz”(Yerning tasviri) da ko’plab geografik joylar o’rni keltirilgan va tavsiflangan. Bundan tashqari, sharq olimlaridan birinchi bo’lib, Beruniy yerning shimoliy yarim shar globusini yaratganligi o’sha davrda yerning sharsimon ekanligi haqida Yevropaliklar uchun Buyuk geografik kashfiyotlar qilinishiga ham ma’lum darajada o’z ta’sirini o’tkazdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • Sh.S.Zokirov , X.R.Toshov “ Geografiya Tarixi “ o’quv qo’llanma “Durdona” nashriyoti Buxoro – 2021
  • https://geografiya.uz/
  • https://uz.wikipedia.org/
  • https://fayllar.org/

Download 429.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling