Sharof rashidov nomidagi samdu geografiya va ekologiya fakulteti geografiya yo’nalishining 202-guruh talabasi davirova asalning geografiya tarixi va metodlogiyasidan tayyorlagan taqdimoti
Bundan tashqari ko`plab boshqa shu davr olimlarining asarlarida O`rta Osiyo tabiati
Download 429.54 Kb.
|
DavurovaGeoTarix3
Bundan tashqari ko`plab boshqa shu davr olimlarining asarlarida O`rta Osiyo tabiati,geografiyasi va boshqalari haqida ma`lumotlar berilgan.Tarixiy geografiya faniga o`z xissasini qo`shgan O`rta Osiyolik olimlardan yanabiri Faxriddin Banokatiy (XIV asr boshlari) dir. Binokatiyning "Tarixi Binokatiy" (yoki "Ravzatulul al-bob fi tavorix ul akobir va ansob" - "Ulug' kishilarning tarixi va nasabi bobidadonishmandlar bog'i") asarining VII bobbi geografiyaga bog'liq. Unda Xindiston, Armaniston,Eron, Rum, Xitoy, Mo`g'iliston, arab va yaxudiylarerlaridan hamda O`rta Osiyoning tabiati,aholisi to`g'risida zarur ma`lumotlar bor.Al-Xorazmiyning geografiyaga qo’shgan hissasi
Al-Xorazmiy Xorazm va Bag`dodda ijod qilganini inobatga olsak, shu ikki mintaqa o`rtasida qilgan sayohatlari natijalari olimning geografik asarlari uchun asos bo`lgan, deb aytish mumkin. Olim o`z asarlarida Yerning o`lchamlari haqida ham ba’zi ma’lumotlarni keltirgan va bu haqda sharq mamlakatlarida yashab ijod qilgan geograf olimlarning asarlarida qayd etilgan. Jumladan, Ibn al-Faqihning yozishicha, Al-Xorazmiy Yerni yassi, yuzasining umumiy maydoni 9 ming farsahga teng bo`lib, shuning o`n ikkidan bir qismidagina odamlar yashaydi, deb hisoblagan. Olimning mazkur fikri o`sha paytlarda Yer shakli haqida hukmron bo`lgan taxminlarga asoslangan bo`lishi mumkin, albatta. Download 429.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling