Sharof rashidov nomidagi samdu urgut filiali
Internet Scanner SAFEsuite dasturi
Download 26.88 Kb.
|
Laboratoriya ishi 12
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet Scanner SAFEsuite
- 2. Х avfsizlikni ta‟minlash
- Web Security Scanner
Internet Scanner SAFEsuite dasturi
Agar tekshiruvlar doimiy ravishda va to’liq amalga oshirilishi talab qilinsa, u holda Internet Scanner SAFEsuite dasturlar paketi taklif qilinadi. Bu dasturlar paketi yordamida 140 ta ma‘lum bo’lgan zaifliklar va tarmoq vositalari, ya‘ni tarmoqlararo ekranlar, Web-serverlar, Unix, Windows 9.x, Windows NT tizimli serverlar va ishchi stansiyalar, umuman ТCP/IP protokoli qo’llaniladigan barcha vositalar tekshiriladi. Internet Scanner SAFEsuite paketining umumiy imkoniyatlari quyidagilardan iborat: 1. Avtomatlashtirilgan va konfiguratsiyalangan skanerlash: avtomatlashgan identifikatsiyalash va zaif qismlar bo’yicha hisobot tuzish; doimiy reja bo’yicha skanerlash; IP manzillarni skanerlash; foydalanuvchi o’rnatgan parametrlarni skanerlash; zaif bo’g’inlarni avtomatik ravishda tuzatish; ishonchlilik va takrorlanuvchanlikni ta‘minlash. 2. Хavfsizlikni ta‟minlash: tarmoq vositalarini inventarizatsiyalash va mavjud asosiyzaif bo’g’inlarni identifikatsiyalash; asosiy hisobotlarni taqqoslash va kelgusida ulardan foydalanish uchun tahlil qilish. 3. Foydalanishning oddiyligi: foydalanuvchining grafik interfeysi; HТML turidagi tartiblangan hisobotlarni yaratish; skanerlashni markazlashtirilgan holda bajarish, boshqarish va monitoring o’tkazish. Internet Scanner SAFEsuite paketida quyidagi dasturlar mavjud: Web Security Scanner, FireWare Scanner, Intranet Scanner. Web Security Scanner bevosita Web-serverlarda mavjud zaif qismlarni aniqlashga mo’ljallangan bo’lib, bu dasturning imkoniyatlari quyidagilardan iborat: Web-server o’rnatilgan operatsion tizimni auditlash; Web-serverda mavjud dasturlarni auditlash; Web-fayllarda mavjud skriptlarni auditlash; Web-server konfiguratsiyasini testdan o’tkazish; asosiy fayllar tizimining xavfsizlik darajasini aniqlash; skriptlarda mavjud xatolarni aniqlash; bajarilgan ishlar bo’yicha hisobotlar yaratish va xatolarni tuzatish borasida takliflar berish. Download 26.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling