Sharof Rashidov tumani Maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 19- sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Ochilova Mavludaning
“Yozgi sog’lomlashtirish ” davrida O’rta guruhlar o’rtasida
“OTAM ONAM VA MEN SPORTCHILARMIZ” shoiri ostida o’tkazilgan sport musobaqasi
BAYONNOMASI
Sharof Rashidov tumani MTBga qarashli
19- sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotimizda yozgi sog’lomlashtirish ish rejasida ko’rsatilgan vazifalarni amalda bajarish o’sib kelayotgan bolajonlarni sog’lom va ruham chiniqtirish va ularning yozgi sog’lomlashtirish davrida vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida Tashkilotimiz tayorlov guruhlari o’rtasida “Otam onam va men sportchilarmiz” mavzusida sport musobaqasi tashkil etildi. Sport musobaqasidan ko’zlangan asosiy maqsad bolajonlarning vaqtlarini samarali o’tkazish, yozgi mavsumda chiniqtirish ishlarini to’g’ri tashkil etish va bolajonlarning kayfiyatlarini yuqori qilish, guruhlarning bir birlari bilan hamkorlikda ishlashlarini mustahkamlashdan iboratdir. Bolajonlarimiz sport musobaqasidan o’zlari uchun juda kerakli bilm va ko’nikmalarni oldilar . Sport musobaqasida tayorlov guruh bolajonlarimiz o’zaro __ shartlar bo’yicha bellashdilar va o’zlarining nimalagga qodir ekanliklarini barchaga namoyish etdilar. Sport musobaqamizga ko’ngilli ota onalar ham taklif etilib bunda bolajonlarimiz oilalari bilan birgalikda 4 ta shart bo’yicha bellashdilar. 4 kishidan tashkil topgan hakamlar hayati a’zolar har bir shartlarini sinchikovlik bilan kuzatib bordilar va aloxida baxolab bordilar . tarbiyalanuvchilarimiz o’zaro 4 shart bo’yicha bellashdilar, arqon tortish, uzoqlikka qopda sakrab borish va to’pni olib qaytish, sardorlar bellashuvi sheribom kabi qiziqarli shartlar bilan bellashdilar va o’zlarining kuch va maxoratrlarini barchaga namoyish etdilar. Barcha shartlarda bolajonlar va ularning ota onalari bilan birgalikda qo’llaridan kelguniga qadar harakat qilib sport musobaqasini ko’tarinki ruhda o’tkazdilar. Barcha faol bolajonlar musobaqa so’ngida DMTT mamuriyati tomonidan Diplom bilan taqdirlandilar. Bu kabi sport musobaqalari yozgi sog’lomlashtirish davrida bolajonlarimizning bo’sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o’tishiga yordam beradi. Ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini yo’lga qo’yish va ular bilan birgalikda ishlash bolajonlarimizning sog’ilklari va ertangi kunlarini tog’ri yo’lga qo’yishda yaqindan yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |