Sharofov Azizbek Alijonovich Pul-kridit siyosati majburiy zahira tizimi (xulosa)
Download 119.07 Kb.
|
BXA 94-2 sharofov Azizbek Makroiqtisodiyot
Pul-kridit siyosati majburiy zahira tizimi xulosa o’rnida shuni aytish lozimki quydagi fikrlarning berilayotgan ma’lumotlari bo’yicha to’xtalib o’tamiz Kredit moliya-tizimining barqarorligini ta’minlash, uning alohida bo’g’inlarining birinchi navbatda tijorat banklari faoliyatini barqarorligini ta’minlash mamlakat markaziy bankning asosiy vazifasi hisoblanadi. Markaziy bankning yana bir asosiy vazifalaridan kredit organlari (tizimini) faoliyatini tartibga solish va umumlashtirishdan iboratdir. Ushbu yo‘nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog‘liq amaliy qadamlar quydagilariga to’xtalib o’tildi yani pul siyosati bo’yicha muxim bir ma’lumotlarga to’xtalib o’tildiValyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o‘z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi. Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta’minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning kafolati bo‘lib, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit hisoblanadi. Pul-kredit operatsiyalari bank tizimi umumiy likvidligini tartibga solish orqali qisqa muddatli foiz stavkalarini boshqarishga yo`naltirilgan.Majburiy zahira normasi davlat pul-kredit siyosatining eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkich mamlakat markaziy banki tomonidan tijorat kredit tashkilotlari uchun belgilanadi va qonun bilan mustahkamlangan. Zaxiralarni shakllantirishdan maqsad butun bank tizimini kutilmagan vaziyatlardan sug'urtalash, likvidlik va rentabellik darajasini saqlab qolishdir. Bundan tashqari, ular ishonchlilikni oshiradi va fuqarolarning depozit hisobvaraqlaridagi omonatlarining saqlanishini kafolatlaydi. Majburiy zaxiralar yaratilganda har doim ma'lum miqdordagi mablag'ga ega bo'lish istagi rag'batlantiruvchi omil bo'lib, buning hisobidan bank mijozning pullarini o'z vaqtida qaytaradi. Hozirgi iqtisodiy vaziyatda davlat pul massasi hajmini tartibga solish uchun ana shunday zaxiralardan foydalanadi. Masalan, muomalada naqd pul haddan tashqari ko'p bo'lsa va buning natijasida inflyatsiya tezlashsa, majburiy zahira normasi ataylab oshiriladi. Shunday qilib, kreditlar narxining oshishi va Milliy bankning hisob-kitob-kassa markazidagi mablag'larning bir qismini cheklash kuzatilmoqda. Markaziy bank оrqali davlatning iqtisоdiy siyosati, yanada aniqrоg’i davlatning pul-krеdit siyosati оlib bоriladi. Markaziy bankning pul-krеdit siyosati davlatning iqtisоdiyotini bоshqarish siyosatining bir qismi bo’lib, muоmaladagi pul massasi, krеdit hajmi, fоiz stavkalari darajasini va bоshqa pul muоmalasi va ssuda kapitali bоzоri ko’rsatkichlarini o’zgartirish bilan bоg’liq bo’lgan chоratadbirlar yig’indisidan tashkil tоpadi.O’zbеkistоn Rеspublikasi iqtisоdiyotida bоzоr munоsabatlarini barqarоr tоptirish dоlzarb tadbirlardan bo’lgan pul, krеdit va bank tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga оshirishni taqоzо qildi. Bоzоr munоsabatlariga o’tish iqtisоdiy katеgоriya sifatida pulning, krеditning, fоiz, sоliq va bоshqa katеgоriyalarning mоhiyati va ahamiyatiga yangicha yondashish zarurligini taqоzо qiladi.AQSH davlatlari bilan mutanosib tarzda kridit tamoyillarini oshirib borishida kelgusi yillarda ularning o’rni oshib borishi haqida so’z olib borilmoqda.Shu sababli, bank tizimini takоmillashtirish, banklarning mustaqilligi va pul muоmalasidagi ahvоl uchun javоbgarligini оshirish, pul-krеdit munоsabatlarini tartibga sоlish, so’mning barqarоrligi va yuksak nufuzini ta’minlash sоhasidagi muammоlarni o’rganish, shuningdеk, tеgishli ilmiy xulоsalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o’ta dоlzarb masalalardan hisоblanadi.Bоzоr munоsabatlarini talab darajasida tashkil qilish, ishlab chiqarishni rivоjlantirish, kеngaytirish va shu asоsda iqtisоdiy taraqqiyotga erishish krеditdan fоydalanishni, banklar faоliyatining samaradоrligini оshirishni, krеditdan 3 fоydalanishda salbiy hоlatlarni оldini оlishni taqоzо qiladi. Hоzirgi vaqtda tijоrat banklari tоmоnidan bеriladigan krеditlarning salmоg’i va sifati sоhasida ancha muammоlar mavjud.Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo’lgan bank tizimlarini shartli ravishda universal va segmentlangan turlarga ajratish mumkin deb takidlab o’tildi keyingi yillarda O’zbekiston Respublikasi Tijorat banklari Markaziy bankdan litsenziyani olgandan so’nggina davlat qimmatbaho-qog’ozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirilishi mumkin ligi bo’yicha takidlab o’tildi. Ularga qimmatbaho qog’ozlar bilan operatsiyalar qilish uchun, to’lov harajatlari funktsiyasini bajaruvchi qog’ozlar uchun (veksel-chek) yoki pul mablag’larini jamg’armalarga va bank raqamlariga jalb qilishlarini tasdiqlovchi kog’ozlar (depozit va jamg’arma sertifikatlari) uchun maxsus litsenziya olishlari shart emas.Bugungi kunda banklarni va boshqa moliya-kredit tashkilotlari orasidagi farqini yukotishni mamlakatdagi kapital harakatini markazlashuvi va jamg’arilishi bilan bevosita bog’liqdir. Bunday harakat natijasida o’zaro yaqin va o’xshash bo’lmagan kredit tashkilotlarini yo’qolib ketishi yoki qo’shilishi jarayoni amalga oshirilishi mumkin. Shu bilan birga banklarning universallashuvi makroiqtisodiy omillariga bog’liqdir. Ammo bu faoliyat uzoq muddatni o’z ichiga oladi. Hozirgi kunda farqlarning yo’qolishi va banklar tomonidan funktsional va yuridik xususiyatlarni bekor bo’lishi asosan yirik tijorat banklarida sezilarli amalga oshmokda. Shuni qayd qilish lozimki, yirik banklarning universallashuvi va global yo’nalishlarining olib borilishi kichik banklarning, maxsus kredit tashkilotlariga ya’ni ma’lum turdagi operatsiyalarga moslashgan tashkilotlarga aylanishiga sabab bo’lmoqda. Bu esa ko’pgina mamlakatlarda faoliyot ko’rsatayotgan ko’p bosqichli bank tizimiga hos xususiyatdir. Bugungi kunda banklarning ko’p pog’onali bo’lishi ularning tashkiliy tuzilishiga bog’liq. Ammo, rivojlangan mamlakatlarga bir yoki ikki pog’onali bank tizimi xosdir. Bir pog’onali bank tizimi varianti mamlakatda yagona markaziy bank hali mavjud bo’lmasa yoki bitta markaziy bankdan iborat bo’lsagina real (haqikatda) mavjud bo’lishi mumkin.Bozor iqtisodiyoti va jaxon xo’jaligi rivojlanishi bilan bank tizimi ham rivojlana bordi. Hozirgi sharoitda banklar tobora ko’proq faqat sof bank operatsiyalarini bajaradigan emas, balki shuningdek moliyaviy xizmatlar ko’rsatadigan moliyaviy muassasalarga aylanmokda, bu bank balansida aks ettirilmaydi, lekin juda katta daromad keltiradi. Masalan: banklar valyuta operatsiyalarini bajarganda brokerlar sifatida maydonga chiqadilar va katta miqdorda vositachilik haqi oladilar. Lekin bu operatsiyalar bank balansida aks ettirilmaydi. Hozirgi paytda yirik tijorat banklari kariyb 350 dan ortiq turdagi moliyaviy xizmat ko’rsatmoqda. Markaziy bank davlat bilan uzviy bog’liqdir. Xukumat bankiri sifatida- Markaziy bank xukumat xazinachisi o’rnida va kreditori sifatida, vaqili (agenti), moliyaviy maslahatchisi sifatida faoliyat olib boradi deb takidlab o’tdi Download 119.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling