Sharq allomalarining asarlarida mehnati to’G’risida ilg’or pedagogik fikrlar reja
HOZIRGI KUNDA O'QITUVCHI NUTQ TEXNIKASI VA NOTIQLIK MADANYATINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI
Download 41.52 Kb.
|
SHARQ ALLOMALARINING ASARLARIDA MEHNATI TO’G’RISIDA ILG’OR PEDAGOGIK FIKRLAR
HOZIRGI KUNDA O'QITUVCHI NUTQ TEXNIKASI VA NOTIQLIK MADANYATINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI
Reja: 1. O’qituvchining tarbiyachilik mahorati haqida tushuncha. 2. Tarbiyachilik mahoratining to’zilishi: ijtimoiy, estetik, etik, texnologik va boshqalar. 3. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish mahorati. Tarbiyachi shaxsiga xos sifatlardan yana biri insonga, bolaga bo’lgan ishonch, o’z ishining to’g’riligiga, uning foydali ekanligiga ishonchning komilligidir. Tarbiyachi – o’qituvchi uchun adolatli bo’lish – bola ishonchini kozonish demakdir. Adolatli bo’lish uchun esa har bir bolaning ma‘naviy dunyosining eng nozik joylarigacha bilish kerak. O’qituvchi munosabatlarida va alokalarida kutarinki ruh va yaxshi kayfiyatga ega bo’lsagina ishida har on duch kelishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklarni oson yenga oladi. O’qituvchi uchun o’z ishida ijod qilishga intilish, kolipga tushgan ish formalaridan voz kecha olish, yangiliklar kashf eta bilish, suxbatda yangi fikrni bayon kila bilish, ishda yangilik kiritib, shijoat ko’rsata olish muxim fazilatdir. O’qituvchining tarbiyachilik mahorati, odobi, emotsional madaniyati yuksak bo’lsagina, u odamlarga nisbatan mehribon, saxovatli bulla oladi, ularni hamma xurmat kiladi. Buning uchun u ochikkungil, kat‘iy bo’lishi, o’zini tuta bilishi, bardoshli bo’lishi bilan qiyinchilik oldida esankirab, o’zini yuqotib kuyib, muomalada ko’pollik qilishdan saqlana olish, o’ziga va bolalarga nisbatan talabchan bo’lishi bilan birga o’z shaxsiga tankidiy nuktai nazardan karay olishi kerak. O’qituvchining shaxsiy sifatlari, tarbiyachilik, pedagogik faoliyatiga oid malaka va kunikmalar o’z – o’zidan vujudga kelmaydi. Moxir o’qituvchiga, o’z ishining ko’zini biladigan soxibkorga faqat ukishga ongli munosabatda bo’lish, o’z zimmasiga kasbi yuklaydigan mas‘uliyatni tula xis qilishi tufayli, har kuni mexnat qilish, kollektiv xayotida aktiv ishtirok etish orkaligina bu sifatlarni shakllanishi mumkin. Tarbiyachi ijtimoiy, estetik va etik normalarini o’zlashtirib olishi, tajribada kullashi, o’zining dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan takkoslashi lozim. Fikrlash va xis etish natijasida, turmushda sinab ko’rish natijasida pedagogik etikaning koidalari tarbiyachining o’z e‘tikodiga, intilishiga, o’z axloqiy sifatiga aylanadi. Bular tarbiyachining dunyoqarashi, fikr va muloxazalari bilan kushilib, insoniyatning kelajagiga ta‘sirini belgilaydi. Pedagogik etikaning normalari tarbiyachining shaxsiy va axloqiy fikriga, e‘tikodiga aylanishi lozim. Bu axloqiy e‘tikod tarbiyachining tarbiyaviy ishlarida, o’quvchilar va bashqa kishilar bilan munosabatlarida, muomalasida, kundalik turmushda o’zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta‘sir o’tkazishida ko’zga tashalanadi. Pedagogik takt tarbiyachi axloqining amaliy ko’rinishlaridan biridir. Tarbiyachi axloqining natijalari uning yoshlarga axloqiy ta‘sirning samaradorligida axloq tarbiyasi soxasida erishilgan yutuklarida namoyon bo’ladi. Tarbiyachining mavkei : bashqaruvchi, ko’zatuvchi va xokazo. Tarbiyachining mas‘uliyati : mas‘uliyat tushunchasining butun mazmunini saklagan holda muallimning faoliyati va ta‘lim – tarbiya jarayonining anik vazifalarini o’z ichiga oladi. Tarbiyachi zimmasiga bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish mas‘uliyati yuklanadi. Tarbiyachi o’quvchini xayotga, mexnatga tayyorlashi lozim. Shu bilan bir, u boladagi mavjud layokati va qobiliyatlarini paykab, individual munosabatda bo’lishi, mavjud bo’lgan ijobiy, axloqiy sifatlarini ustirishi lozim. Tarbiyachi jamiyatning vakili sifatida o’quvchilar kollektivi bilan yolgiz o’zi ish olib boradi. Bunday sharoitda o’qituvchining mas‘uliyati uning xulqini tartibga solib turadigan, bashqaradigan kuch, regulyator, o’quvchilarga ta‘sir o’tkazish darajasining asosiy mezoni xisoblanadi. Jamiyatning kelajagi, umidi, insonning nuridiydasi -- farzandining takdiri, istikboli uning kuliga ishonib topshirilgan. Yaxshilik, adolat, sha‘n, kadr – kimmat, insoniylik kabilarning mavjudligiga bolada ishonchni vujudga keltirish ham o’qituvchining mas‘uliyatiga bog’liq. Shunisi ham borki, buni ko’pincha nazorat kilib bulmaydi. Bu tarbiyachining vijdoniga xavola kilinadi. Tarbiyachilik kilayotgan kishilar o’z zimmasiga kanchalik yuksak va sharafli mas‘uliyat olayotganliklarini tasavvur etishlari lozim. Oliy va o’rta maxsus pedagogika o’quv yurtini bitirib, muallimlik yoki tarbiyachilik faoliyatini boshlagan kishi barcha o’quvchilarga o’zini yakin tutishi, odobi, odilligi bilan bolalarga ijobiy axloqiy namuna ko’rsatishi zarurligini yoddan chikarmasligi kerak. Kishining kadr – kimmati, avvalo o’z kadrini bilishi, umumiy ishga kushayotgan xissasining salmogi va sifatidadir. Xalol mexnat kishining kadrini, izzat – xurmatini oshiradi. Kishi o’z mexnatining kadriga yetishi, u bajarayotgan ish jamiyatga ahamiyatli ekaniligini tushunishi. Insonning kadr – kimmati uning mansabiga, kasbiga bog’liq emas, balki o’z kasbini qanday bajarishiga, uning odobi va xulq – atvoriga bog’liq. Bu pedagogik etikasida muallimning kadr – kimmati deb ataladi. U, avvalo, muallimdan o’z ishining ustasi bo’lishini, kamtar bo’lishini, shu bilan birga pedagogik va o’qituvchilar jamoasida o’zini tuta bilishi kerak. Tarbiyachi maktab raxbarlari, hamkasblari va bashqalar bilan muomala – munosabatida kattakonlik, kibr – xavo, manmanlik kilmasa, uning o’quvchilar ko’zi oldida obrusi oshadi. Har bir ishda, har bir masalada tarbiyachi o’z e‘tikodiga sodik, kat‘iy printsipial bo’lishi, pedagogik faoliyatiga va mahoratiga har bir kadamiga unga amal qilishi lozim. Ma‘lumki, tarbiyaviy ishni maktabda va maktabdan tashkarida ham pedagoglar kollektivi amalga oshiradi. O’qituvchi va tarbiyachilarning kuchi va ta‘siri birlashtirilgan takdirdagina tarbiyaviy ishdan ko’zda tutilgan maksadga erishish mumkin. Bashqa kasblarga karaganda pedagogik faoliyat odobli bo’lishni takozo kiladi. Odatda inson axloqi uning odobida ifodalanadi. Tarbiyachining har bir so’zi, har bir bosgan kadami ibrat, tarbiya, urnakdir. Download 41.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling