Sharq allomalarining asarlarida mehnatsevarlik to'G'risida ilgari surilgan pedagogik fikrlar


O'qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarishi


Download 169.92 Kb.
bet5/39
Sana16.06.2023
Hajmi169.92 Kb.
#1510295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
pedagogika kitob sit

O'qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarishi
Har xil pedagogik stajga ega bo'lgan o'qituvchilar bilan o'tkazilgan so'rovnomalar natijasida quyidagilar aniqlandi: ularning ko'pchiligi, garchi pedagogik ta'sir vositalarird doimiy qo'llasalar ham, kommunikativ vazifalami pedagogik jarayonning muhim zarur element! sifatida anglab yetmaydilar. Bunda deyarli barcha o'qituvchilar o'z pedagogik vazifalarini doimiy ravishda amalga oshirish uchun ta'minlangan ta'lim va tarbiya metodlari tizimini hamda pedagogik ta'sir ko'rsatish kabi komponentlarni yaxshi anglab yetadilar.
O'zining pedagogik amaliyotini doimiy ravishda tahlil qiladigan o'qituvchi uchun kommunikativ vazifalami o'z faoliyatining asosiy instrumental komponenti sifatida anglashi qanchalik muhim ekanligini, bunda amalga oshirilishi lozim bo'lgan tarbiyaviy ta'sir modeli qanchalik oydinlashishini, ta'sirning o'zi yanada jozibali, aniq, yorqin bo'lishiga ishonch hosil qiladi.
O'qituvchi «Favqulotda vaziyatlarda nima qilish kerak?» degan savolga yetarlicha muvaffaqiyatli javob bera olsa ham, «Qanday qilib amalga oshirish kerak?» degan muammoning javobida ikkilanib, o'ylanib qoladi. Bu savolga javob berish uchun o'quvchilar bilan muloqot tizimini, mantiq va usullarini aniq belgilab olishi kerak.
A.S.Makarenko o' zfaolyatida qo'llagan pedagogik ta'sir ko'rsatish metodikasida foydalanilgan metodlar, aksariyat hollarda ta'lim-tarbiyada mo'ljalni aniq olib, o'quvchilar bilan muloqotda vaziyatni to'g'ri tashkil qilish bilan belgilanishini ko'rish mumkin. Ayrim holatlarda o'ziga xos «yuzma-yuz hujum», ba'zan tarbiyalanuvchming o'qituvchi bilan bevosita muloqotisiz ham gapnimada ekanligini tushunish imkoniyatini beradigan muloqot, yig'ilishlarda rasmiy suhbat tizimi yoki sinf jamoasi bilan turli tadbirlarni birgalikda o'tkazish, har bir o'quvchining nimalarga qodir ekanligini anglab yetish imkoniyatini namoyon etadi.
O'qituvchi ta'tim-tarbiya jarayonida foydalanadigan pedagogik ta'sir ko'rsatish metodlari orasida aynan - jamoaviy va yakka tartibdagi suhbat metodlari muhim ahamiyatga ega. Biroq bu metodlardan foydalanish samaradorligi va muloqot jarayonida paydo bo'ladigan vaziyatlar turlicha bo'lishi mumkin. Aynan ushbu metodlar ta'lim-tarbiya jarayonida ta'sir o'tkazish metodlarining samaradorligini ta'minlaydi.
Kishilarning kundalik hayot tarzidagi muloqotiga e'tibor beramiz. Tasavvur qiling, notanish kishidan bixor narsani so'rashingiz kerak. Tabiiyki, asosiy metod-iltimos qilish. Biroq, bevosita so'raladigan narsa haqida gapirishdan oldin, sizga muvaffaqiyatni ta'minlaydigan dastlabki vaziyatni tashkil qilishga intilishingiz kerak. Bu holda siz ma'lum kommunikativ metodlardan foydalanib xushmuomalalik bilan psixologik muhitni tashkil qilasiz, muloqotingizdagi obyektni psixologik jihatdan zabt etishni amalga oshirasiz, keyin esa bevosita ta'sirni amalga oshirasiz. Sinfda, o'quvchilar jamoasi bilan muloqot jarayonida foydalaniladigan har bir ta'sir usuli xuddi shu kabi kommunikativ ta'limotga egabo'lishi kerak.

Download 169.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling