Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar


Download 1.51 Mb.
bet1/6
Sana15.03.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1271807
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

  • ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
  • “METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR “ fakulteti
  • “KIMYOVIY TEXNOLOGIYA “ kafedrasi
  • “KORXONA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI” fanidan
  • MUSTAQIL ISH
  • Guruh: 11b-19KT
  • Bajardi: Ababakirova CH. Akbarova Z.
  • Qabul qildi: katta o’qituvchi Xasanova X.X.

Mavzu: Kimyo va oziq ovqat sanoati korxonalari sarflari, ularning mohiyati, strukturasi va tasnifi.

  • Mavzu: Kimyo va oziq ovqat sanoati korxonalari sarflari, ularning mohiyati, strukturasi va tasnifi.
  • Reja:
  • 1. Korxona - kimyo va oziq sanoatining asosiy bo‘g‘ini.
  • 2. Ishlab chiqarish harajatlarini tasniflash
  • Korxona tannarxining turlari
  • Yillik ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot tannarxi
  • Iqtisodiy elementlar va kalkulyasiya bandalari bo‘yicha harajatlar

Korxona - jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblanuvchi, aholining talabini qondirish va foyda olish yoki boshqa ijtimoiy funksiyalarni bajarish maqsadida, xususiy resurslardan foydalanish asosida mahsulotlar ishlab chiqaradigan, ayriboshlaydigan, hamda boshqa ishlarni va xizmatlarni bajaradigan, faoliyati bo‘yicha qarorlar qabul qiladigan va unga javobgar, huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan, har xil masshtabdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektdir.

Korxona huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lish uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:

1. Faoliyat yuritish yoki boshqarish uchun mol-mulkiga ega bo‘lishi;

2. Majburiyatlariga mol-mulki bilan javob berish;

3. Mulkni sotish, sotib olish;

4. Mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirish;

5. Sudda javobgar va talabgar bo‘lishi mumkinligi;

  • Mustaqil xo‘jalik balansiga ega bo‘lish.
  • Kimyo korxonalari xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini ilg‘or, zamonaviy texnika bilan qurollantiradi. Qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa sohalarning texnik-iqtisodiy darajasi aynan sanoatning rivojlanish darajasiga bog‘liqdir.Kimyo korxonalari ishlab chiqarish vositalari bilan bir qatorda xalq iste’moli buyumlarini ham ishlab chiqaradi va aholi turmush darajasining oshishiga xizmat qiladi.


Korxonaning maqsadi

X - darajadagi
foyda yoki daromad olish


Y - darajadagi talab yoki ehtiyojni qondirish

Korxona yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator vazifalarni bajarishi kerak. Bular qatorida quyidagi asosiylarini ko‘rsatib o‘tamiz.
Boshqaruv vazifasi, texnik-texnologik, ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqotlar, xo‘jalik aloqalair, davlat bilan munosabatlar, informatsion ta’minot, moddiy-texnik ta’minot, ishchi kuchi ta’minoti, ijtimoiy, ekologik va hokazo vazifalar.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling