Sharq allomalarining asarlarida mehnatsevarlik to'G'risida ilgari surilgan pedagogik fikrlar


O'qituvchining o'z psixik holatini o'zi tartibga solishi lozim


Download 179.39 Kb.
bet9/40
Sana17.02.2023
Hajmi179.39 Kb.
#1205034
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Bog'liq
pedagogika kitob sit

O'qituvchining o'z psixik holatini o'zi tartibga solishi lozim.
Sabr-toqat, tashqi vazminlik nuqtai nazaridan o'z his-tuyg'alarini qo'lga olishigina nixoyatda muhim bo'lib qolmasdan, shu bilan birga turli hissiyotli xolatlarning ro'y berishi va kechishini ma'lum darajada boshqara bilish, kechinmalarning ijobiy tusda boiishiga erishish ham muhimdir. Chunki hatto janjalli vaziyatlarga ham turlicha yondoshishi mumknin. Bu ko'p jihatdan kishining qnday yo'l tutishiga bog'liq bo'ladi.
Nohush hissiyotlarni yo'qotish yoki kamaytirishga, masalan. quyidagicha yo'l tutish yordam beradi: menga osoyishta, dadil ovoz bilan dars olib borish, tarbiyaviy tadbirlar o'tkazish, sabr-toqat va o'zini tuta bilish namunasini ko'rsatish zavq bag'ishlaydi, o'quvchilar orasida janjalli vaziyat chikib qolguday bo'lsa, sabr-toqat va xushmuomala baqrib, asabiylashayotgan, qizishayotgan, qadr-qimmatini yo'qatayotgan kishidan yuqori turish va shu kabilar insonga huzur bag'ishlaydi.

YOSH O'QITUVCHILARNING XUSHMUOMALALAIGI DILKASHLIGI VA PEDAGOGIK FAKTI
O’zbekiston maktablarida ta‘lim-tarbiya ishlari, pedagogik faoliyatning samaradorligi, ta‘sirchanligi o’qituvchilar, ota-onalar jamoasi, oilada shakllangan axloqiy munosabatlarga, muomala odobiga bog’liq. Muallim ta‘lim-tarbiya ishlari jarayonida o’quvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar bilan muomalada bo’ladi. Barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan o’quvchilar, kasb-doshlari, ota-onalar muallimning har bir harakati, barcha ishlarini inson sifatida kuzatib boradi, his etadi, axloqiy jihatdan baholaydi, qabul qiladi yoki rad etadi. Xullas, ta‘lim-tarbiya ishlari-ning natijasi, o’qituvchi faoliyatining ta‘sirchanligi pedagogik jarayonda sodir bo’ladigan muo-mala odobiga, pedagogik jarayon ishtirokchilarining axloqiy-ruhiy holati, kayfiyatiga bog’liqdir.

  • Muomala odobi o’z tabiati, mohiyatiga ko’ra ijtimoiy hodisadir. Ijtimoiy qonuniyatlar

pedagogik jarayondagi muomala odobida namoyon bo’ladi. Pedagogik odob jamiyatda qabul qilingan ma‘naviy, umuminsoniy va milliy axloqiy qadriyatlarga asoslanadi. Ijtimoiy munosabatlar pedagogik jarayonda qatnashuvchilar o’rtasidagi muomala odobini tartibga solib, boshqarib boradi. Ijtimoiy munosabatlarning har biri o’ziga xos xususiyatga, mezonlarga ega. Bu xususiyat va mezonlar ijtimoiy faoliyatning sohasi, shaxslararo aloqalarning xarakteri bilan belgilanadi. Muomala odobi kishi bajarishi lozim bo’lgan axloqiy qoidalar bilan shaxs ularni qay darajada qabul qilishi o’rtasidagi, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar orasidagi bog’lanishlarga asoslanadi.

  • Muomala odobi bevosita baho beruvchanlik xususiyatiga ham ega. Axloqiy baho esa

kishilarning xulqini, xatti-harakatlarini nazorat qiladi, tartibga soladi. Muomala-munosabatlar kishi o’z xulqi va faoliyatida axloqiy printsiplar, qoidalar, talablar, an‘analarga, urf-odatlarga qay darajada amal qilayotganiga qarab baholanadi.

  • Pedagogik jarayonda sodir bo’ladigan muomalaodobida muallimning axloqiy madaniyati,

tarbiyalanganlik darajasida aks etadi. Muallimning pedagogik kasb egasi sifatida o’ziga, o’z kasbiga, o’quvchilarga, kasbdoshlariga, ota–onalariga muamolasini belgilovchi asosiy qoidalar, talablar mavjud. Bu mezonlar jamiyat, davlat o’qituvchiga, ta‘lim–tarbiya ishlariga nisbatan qo’yayotgan axloqiy talablariga, pedagogik faoliyatning axloqiy xarakteri va xususiyatlariga asoslanadi. Pedagogik jarayonda muomila odobi o’qituvchining faoliyatida namoyon bo’ladi. O’qituvchilik faoliyatida qo’yiladigan axloqiy talablar, o’z navbatida, O’zbekiston Respublikasi rahbariyati yosh avlodni umuminsoniy va milliy–an‘anaviy, madaniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash sohasida kun tartibiga qo’yayotgan vazifalariga bog’liq. Ular pedagogik jarayondagi muomala odobida, unda qatnashayotgan kishilaning xulqi, xatti-harakatlarida ifodalanadi. Bu xatti- harakatlar pedagogik jarayon qatnashchilarining ta‘lim-tarbiya maqsadi, vazifalari, usul va vositalarini, axloqiy qadriyatlarni qay darajada qabul qilishlari shaklida namoyon bo’ladi.

  • Muomala odobining tuzilishi juda murakkabdir. U pedagogik faoliyatda sub‘ekt-obe‘kt

munosabatlari shaklida ifaodalanadi. Sub‘ekt-obe‘kt munosabatlari muallim o’zining professional burchini bajarayotganida o’quvchilar, kasbdoshlari, ota- onalar, jamoat tashkilotlarining vakillari bilan o’qituvchi o’rtasidagi aloqalarda vujudga keladi. U o’zaro hurmat darajasi, ishonch, talabchanlik, xayrixohlik tashabbuskorlik, o’zaro g’amxo’rlik, har birlarining inson sifatida qadr–qimmatini e‘zozlash kabilarda namoyon bo’ladi. Ular o’qituvchining pedagogik faoliyatida boshqalar bilan muamalasining xarakterini baholashda xizmat qiladi. O’zaro ta‘sirlar o’quv ishida, turmushda, dam olish paytlarida, oiladagi muomala-munosabatlarining xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.

  • Pedagogik jarayoning o’zida ham faoldiyatning turli sohalarida turlicha muomala-

munosabatlar mavjud. Masalan, o’quv ishlari sohasida, jamoat toashiriqlarini bajarishda o’quvchilar, bilan sinfdan tashqari ishlarda, dam olish paytlardagi muomala, shuningdek, o’qituvchining Vatanga, xalqqa bo’lgan munosabati o’ziga, xos xususiyatlarga ega. Uning mohiyati shundan iboratki, agar o’qituvchining bu muomala munosabati o’z professional vazifasini burchini bajarish jarayonida sodir bo’lsa, jamiyat o’qituvchining pedagoglik kasbining ijtimoiy mavqeini, unga ma‘lum bir huquq va vakolatlar berilganligini nazarda tutadi.

  • Pedagogik etikada muomila odobining biror jihati, masalan, o’qituvchining o’z kasbigi

munosabati, burchi alohida tahlil etilishi mumkin. O’qituvchilik kasbi kishiga ma‘lum talablarni qo’yadi, lekin muallim bu talablarni qanday bajarayotgani bu talablarda hali aks etmaydi. O’qituvchining pedagogik faoliyati natijalarini xalq ta‘limi bo’limlari, maktab ma‘muriyati, metodik birlashma xodimlari baholaydi. O’qituvchining pedagogik jarayon qatnashchilari bilan muomalasi-bu kishilarning o’zaro bir-birlariga bo’lgan shaxsiy insoniy munosabatlari sifatida ham qaraladi, ular pedagogik jarayon qatnashchilarining xatti-harakatlarida, xulqida, ish shakli va usullarida namoyon bo’ladi. Ular o’rtasidagi o’zaro axloqiy baholashlar ham muhim rol o’ynaydi.

  • Pedagogik jarayonda o’qituvchi axloqiy munosabatlarning sub‘ekti hisoblanadi. U

pedagogik jarayonning asosiy kishisi-figurasi sifatida o’quvchilar, kasbdoshlar, ota-onalar bilan muomalada bo’ladi. Pedagogik muomala odobi tizimida o’qituvchi asosiy figuradir. O’quvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar, pedagoglar jamoasi va jamoat tashkilotlarining vakillari o’qituvchi uchun pedagogik muomala-munosabatlarning ob‘ekti hisoblanadi. Ular bilan bo’ladigan aloqalar yosh avlodga ta‘lim-tarbiya berish vazifalarini bajarish jarayonida sodir bo’ladi. Bu muomala jarayonida ishtirok etadigan kishilar bir-birlariga nisbatan xayrixoh, ijobiy hissiyotda bo’lishlari, bir-birlarining fazilatlarini o’zaro baholashlari, qadrlashlarini nazarda tutadi.

  • Pedagogik muomala-munosabatlarda hissiyot aralashgani uchun ularning axloqiy va ruhiy

jihatlarini bir-biridan ajratish qiyin bo’ladi. Shuning uchun ham bunday hodisalar haqida gapirganda, odatda, pedagogik jamoadagi axloqiy-ruhiy vaziyat tushunchasi ishlatiladi.

  • Demak, o’qituvchining muomala odobi-u aloqa qiladigan odamlar, muassasalar bilan o’z

professional vazifasini bajarayotganda sodir bo’ladigan axloqiy munosabatlar majmuidir. Bu yondoshuv asosida pedagogik muomala odobini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: o’qituvchi bilan o’quvchilar o’rtasidagi muomala; o’qituvchi bilan pedagogik jamoa o’rtasidagi muomala; o’qituvchi bilan ota-onalar o’rtasidagi muomala; o’qituvchi bilan maktab rahbarlari o’rtasidagi muomala.

  • Muomala odobida o’qituvchining axloqiy ongi, axloqiy faoliyatining yetuklik darajasi,

axloqiy ehtiyojlari va axloqiy yo’nalishlari, so’zi bilan ishining birlik darajasi, xullas, muallimning faol hayotiy nuqtai-nazari namoyon bo’ladi.

  • O’quvchilar bilan muomala odobi

  • Pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomala-

munosabatlar katta o’rin egallaydi. Bu jarayonda bola insoniyat asrlar davomida to’plagan bilimlarni, axloqiy tajribani egallab oladi. Muallim pedagogik jarayonda yetakchi kishidir. Unga yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. Shuning uchun ham o’qituvchiga, uning axloqiy sifatlari, xulqiga, o’quvchilar bilan muomalasiga nisbatan alohida, yuksak talablar qo’yiladi. Muallim hayotga endigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar-yosh bolalar bilan muloqotda bo’ladi. Bolalar ta‘lim-tarbiya jarayonida umuminsoniy va milliy axloq normalarini (mezonlarini) o’zlashtiradi. O’quvchi muomala odobini asosan o’qituvchi timsolida anglab oladi. Sevimli muallim bola uchun bir umr ideal, ibrat, namuna bo’lib qolishi ham mumkin.

  • Respublikamiz o’qituvchilari orasida o’z ishining ustasi, Xalq o’qituvchisi, Xizmat

ko’rsatgan o’qituvchi deb tan olingan, ota – onalar, yoshlar e‘zozlab Ustoz deb ataydigan mo’‘tabar insonlar ko’plab topiladi.Ular pedagogik ishda fidoyilik ko’rsatib, muallimlik burchini yuksak darajada bajarib, bolalarga bilim berib o’lar qalbiga halolik, guzallik, odob axloq nurini singdira loganliklari, xushmomila bo’lganlari uchun ham bunday obro’ va hurmatga erishganlar.

  • Afsuski hamma muallimlar haqida shunday deb bo’lmaydi. O’zining dag’al muomalasi

bilan bolaning uo’nglini o’qishdan sovutib, dilini o’rinsiz ranjitadigapnlar ham uchrab turadi. Pedagogik amaliyot, badiy adabiyotda bunga misollar kuplab topiladi.Bunday yoshlar tarbiyasida, ularning axloqiga salbiy ta‘sir etadilar. Tarbiyaviy ishlarga tuzatish qiyin bo’lgan darajadi ziyon yetkazadilar.Barkamol ijodkor shaxsni shakllantirishiga, tarbiyalashga doir axloqiy normalar pedagogik etikada ifodalangan. Tarbiyalanuvchiga ijobiy ta‘sir o’tkazish shart-laridan biri bolaga bo’lgan ishonch bilan unga nisbatat qo’yilayotgan talablarning birligidadur. Bu qoida pedagogik amliyotda ko’p marta sinovdan o’tgan va o’zini oqlagan. Muallimlar, talabalar bilan o’tkazilgan suhbat natjalari shundan dalolat beradiki, maktabda xushmomila o’qittuvchilar bilan bir qatorda bolalarda xuda- behuda do’q urib baqirib muomala qiladigan muallimlar ham uchraydi. Bunday muomala jamiyatda qabul qilingan umuminsoniy va milliy axloqiy normalarga to’g’ri kelmaydi. Bunday o’qituvchilar bolalar orasida obru orttira olmaydilar.

muallim ba‘zan istasa-istamasa qo’polik qilishga “majbur” bo’ladi, o’quvchi muallimning o’rinli talablarini bajarmayotgan paytlarda u o’zini tutolmay qoladi. Muallim o’z talablarini hatto, qo’polik holatini ham bolaga, yaxshilik qilayapman deb hisoblaydi, chunki bu ishni bolaga bilim berish, uni to’g’ri yulga solish, yaxshi odam qilib tarbiyalash uchun qilayotganiga ishonadi. Sa‘diy Sheroziyning “Guliston” (Toshkent, 1968) asarining “Tarbiyaning ta‘siri bayoni” bobi-dagi hikoyatlarda; Alisher Navoiyning “Mahbub-ul-qulub” asaridagi “Muddarislar to’g’risida”, “Maktabdorlar to’g’risida” gi maqolatlarida bildirilgan mulohazalar bu fikrimizga hamohangdir.

  • Bunday holatlar ko’pincha tarbiyasi qiyin bola bilan muomala-munosabatlar jarayonida

sodir bo’ladi. Shuni ham unutmaslik lozimki, bunday bola odatda, nosog’lom oiladan chiqadi. Bola oiladagi yomon muhitning qurboni bo’lishi ham mumkin. Tajribali pedagoglar tarbiyasi qiyin bola bilan ishlash, muomala qilish murakkabligini, shu bilan birga ular insoniy mehrga zor, xush muomalaga, e‘tiborga muhtoj ekanlini, bundaylarga nisbatan sabr-toqatli, bardoshli, kechirimli bo’lish zarurligini ham ta‘kidlaydilar.

  • Jismoniy jarohat olgan bolani o’qituvchi jaeolamasligini hamma biladi. Jismoniy tarbiya

muallimi oyog’i jarohatlangan boladan yugurish musobaqasida qatnashishini talab etmaydi. Bola ba‘zan qalbi, ruhi jarohatlangan holda maktabda kelishi mumkin. Ta‘lim jarayonida buni hamma o’qituvchilar e‘tiborga oladimi? Afsuski, yo’q. “Bola javob berishini hohlamayapti, dars tayorlashni istamagan” deb hisoblab, hamma o’quvchilarga bir hil talab qo’yish, bir xil muomala qilish hollari ko’plab uchraydi. Ba‘zan boladan hatto u bajara olmaydigan ishlar ham talab etiladi. Ayrim o’qituvchilar bolaning oilasidagi, ota-onasidagi nuqsonlari uchun ham uni ayblashga o’rinadilar.

  • Voqeiy hikoyat. 9-sinf o’quvchisi Karim bir kuni darsni tayyorlamay keldi. Muallima

unga “ikki” baho qo’ydi. Oilada Karim onasi bilan yashaydi, otasi boshqaga o’ylanib ketgan. Muallima Karimga “yomon” baho qo’ygani yetmagandan, unga zarda bilan: “Otang sizlarni bekorga tashlab ketmaganga o’xshaydi, bunday boladan qochib qutilishdan boshqa chora yo’q”,-deb uni sinfdan chiqarib yubordi. Muallimning bu muomalasi o’quvchini taxqirlash bilan birga sinfdagi boshqa o’quvchilarning ham noroziligiga, arz qilishlariga, nizo kelib chiqishiga sabab bo’ldi.

  • Talabchanlik o’qituvchi odobining normalaridan biri hisoblanadi. O’qituvchining bolaga

qo’yayotgan talabi adolatli bo’lmog’i kerak. Muallimning talabchanligida uning bola shaxsiga chuqur hurmati, bolaning kuchi, qobiliyati va imkoniyatiga bo’lgan chuqur ishonchi ifodalanadi. Bu, insoniylikning namoyon bo’lishi, ya‘ni rivojlanayotgan shaxsi to’g’risida, o’ziga va jamiyatiga foyda keltira oladigan barkamol kishini tarbiyalash to’g’risidagi g’amxo’rlikdir. Odatda, bolalar murosasizlik va oliftagarchilikni-betayinlik, o’ta muruvvatini mas‘uliyatsizlik, printsipsizlik deb tushunadilar. Aksincha, yaxshi niyat bilan qilingan oqilona talabchanlik-qattiqqo’l muallimga bolaning hurmati va minnatdorligini oshiradi.

  • Voqeiy hikoyat. To’lqin maktabda qo’yi sinflarda past baholar olib o’qirdi. 8-sinfga

o’tganida fizika o’qituvchisi D.SH. juda talabchan, hech kimni erkalatib qo’ymaydigan kishi bo’lib chiqdi. Muallim uni doskaga chiqaradi. To’lqin fizikaga doir masalalarni yecha olmaydi. O’qituvchi unga boshqa masalani beradi va o’sha boshlagan usuli bilan yechishni aytadi. Nihoyat u, masalani to’g’ri yechadi. O’qituvchi: “Mening fikrimcha To’lqin, sen uchun oddiy masala. Sen murakkabroq masalalarni ham yecha olasan, faqat ko’proq ishlash kerak”, deydi.


Download 179.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling