Sharq allomalarining ilmiy
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12642 2 7A8E813B2BD197339F14585DFC1CDF844D666BD1
Ahmad al-Marvaziy
(770-870) Bag‘dod ilmiy maktabida faoliyat ko‘rsatgan yirik astronom va matematiklardan yana biri Ahmad al-Marvaziy bo‘lib, u “Habash hisobchi” laqabi bilan tanilgan. Uning ismidagi Al-Marvaziy so‘zi muallifning O‘rta asrlarda hozirgi Turkmanistonning Bayram Ali shahri yaqinidagi Marvdan ekanini ko‘rsatadi. Olimning hayoti va ba’zi asarlari o‘rta asr mualliflaridan Ibn an- Nadim, Ibn-al Kiftiy va Hoji halifalar tomonidan zikr etikgan. Jumladan, Ibn an-Nadim uni yuz yildan ortiq yashagan deb ma’lumot beradi. Va muallif tomonidan yozilgan yetti kitobning nomini keltiradi. Ibn al-Kiftiy esa Ahmad al-Marvaziy asli Marvdan bo‘lib, xalifa al-Ma’mun va al-Mu’tasim zamonida Bag‘dodda faoliyat ko‘rsatganini aytadi. Fan tarixiga oid bibliografik kitoblarda olimni 770-870 - yillar mobaynida yashab o‘tgan, deb taxmin qilinadi. 38 Ahmad al-Marvaziy “Astronomik jadvallar”, ”Damashq ziji” (bu zij Bag‘dod shahri uchun tuzilgan) va “al-Ma’munng sinalgan jadvali” asarlarining muallifidir. Ibn al-Kiftiy, al-Marvaziy “Shoh uchun zij” nomli yana bir kichik hajmdagi risolaning ham muallifi, deb ko‘rsatadi. Bu risola yuqorida zikr etilgan zijlarning birortasi bo‘lishi ham mumkin. ”Damashq ziji ” hozirda Istanbulda saqlanmoqda. Muallif o‘zining bu asarini o‘sha davrda “Sindhind” nomi bilan mashhur bo‘lgan hind astronamik jadvallarni qayta ishlash asosida yozgan. Undagi ba’zi masalalar Ibrohim al-Fazariy , Muhammad al- Xorazmiyning zijlaridan farqlanadi. Olimning Bag‘dod shahri uchun yozgan ikkinchi “Zij” asari Berlinda saqlanadi. Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” va “Geodeziya” asarlaridagi ma’lumotlarga qaraganda, bu kitob keyingi davr astranomlari tarafidan hurmat bilan tilga olingan. Uchinchi - “al-Ma’munning sinalgan jadvali ” ga kelsak, bu astronomik jadvallar o‘z vaqtida katta shuhrat qozongan. Avvalgi boblarda ta’kidlaganidek xalifa al- Ma’mun bir guruh olimlarga, yunon astranomlarining kitoblarida keltitilgan ma’lumotlarni tajribalar asosida qaytadan tekshirib chiqish vazifasini yuklagan va tajriba samarasi o‘laroq al-Ma’munning tekshirilgan Zij asari dunyoga keldi.Unda o‘sha davr astranomiyasining barcha yutuqlari o‘z aksini topgan. Mazkur Zij o‘rta asr manbalarida ba’zan Yahyo ibn Mansurga, ba’zan esa Ahmad al-Marvaziyga, yoyinki o‘sha davrning boshqa astronomlari qalamiga mansub, deb keltiriladi. Bundan asarning yaratilishida ko‘pchilik ishtirok etgan bo‘lishi kerak, degan xulosa kelib chiqadi. Mutaxassislar al-Ma’munning Zij asarni Yahyo ibn Mansur boshlab, Ahmad al-Marvaziy yakunlagan bo’lishi kerak, deb taxmin qiladilar. Umuman, al-Marvaziy al-Ma’mun davrida olib borilgan tajriba va ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etgan olimlardan bo‘lgan. Xususan, u 832-833-yillarda Sinjar dashtida yer meridianining bir darajasini o‘lchash ishlarida ham qatnashadi. Al-Marvaziyning 20 ga yaqin asarlari ichida biz astranomik jihozlar- usturloblar, quyosh soatiga bag‘ishlangan risolalarni uchratishimiz mumkin. Afsuski, ularning ko‘pchiligi bizgacha yetib kelmagan. 39 Olim falakiyot sohasida ma’lum muvaffaqiyatlarga erishgan, shuningdek , u trigonometriya fani rivojiga ham salmoqli hissasini qo‘shgan.Fikrimizni al- Marvaziyning fanga birinchi bo‘lib olib kirgan tangens va kotangens tushunchalari va ularning funksiyaviy jadvallari asoslaydi. Olim o‘z asarlarida bayon qilgan tangens, va kosekans kotangens tushunchalari trigonometriya rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling