DAOSIZM
DAOSIZM - Eramizdan oldingi XIX asrlarga kelib, Xitoyda daosizm falsafiy oqimi paydo buladi. Uning asoschisi Lao-Szi, birinchi Xitoy faylasufidir. Qadimgi Xitoyning ko‘zga ko‘ringan faylasuflaridan biri Lao-Szidir (VI-V asrlar). Uning ta’limotiga ko‘ra, olam, jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo‘ysunmog‘i lozim. Daosizm ta’limoti ana shu tariqa shakllangan. Dao qonuni — tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va uyg‘unligi abadiyligining e’tirof etilishidir. Bu qonunga ko‘ra, olamning asosini tashkil etuvchi «Si», ya’ni beshta unsur — olov, suv, havo, er va yog‘och yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Lao-Szining ta’kidlashicha, olamda hech bir narsa doimiy va o‘zgarmas, harakatsiz holda bo‘lishi mumkin emas. Daosizmga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turadi. Qaramaqarshi kuchlar o‘rtasidagi kurash, ya’ni in va Yan orasidagi munosabat — bizni o‘rab turgan olamni harakatga keltiruvchi kuchlar manbaidir. In va YAn o‘rtasidagi kurash daoni anglatadi. Odamzod bu kurash jarayonida doimo yaxshilik tomonida turishi, o‘zini qurshab turgan tabiat va atrofdagi olamga mehr ko‘rsatishi lozim. Bo‘lmasa, Dao qonuni buziladi va bunday joyda baxtsizlik, fojia yuz beradi. Lao-Szi bu o‘rinda ekologik falokatni nazarda tutgan. «Kishilar Dao qonunini buzmasliklari kerak, aks holda tabiat ulardan albatta o‘ch oladi», degan edi Lao-Szi. Buni ekologik falokatlar avj olib borayotgan bugungi kun voqeligi ham tasdiqlaydi. U dunyo moddiy, u tabiiy qonunlar asosida to‘xtovsiz harakat va o‘zgarishda bo‘ladi, deydi. Lao-Szi o‘zi bu haqda shunday yozadi: «Ulug‘ dao hamma yoqqa qarab oqadi. U o‘ngga ham, so‘ngga ham yoyilgan. U tufayli jami mavjudod tug‘iladi, ular hamisha o‘zgarishda bo‘lib, bir joyda to‘xtab qolmaydi». Daosizm falsafiy ta’limotiga ko‘ra dunyodagi hamma narsalar qarama-qarshiliklarning birbiriga bog‘liqligi asosida, bir-biriga zid holda aylanib, o‘tib turadi. Tabiatdagi go‘zallik va xunuklik, balandlik va pastlik, yaxshilik va yomonlik, borliq va yo‘g‘lik, uzunlik va qisqalik birbiriga o‘tadi, bir-birini tug‘diradi, bir-biriga bog‘liq. Tabiatdagi barcha hodisalar qaramaqarshiliklarni o‘z ichiga oladi. «In» va «Yan» qarama-qarshi kuchlar va tabiatning «5 unsuri» haqidagi ta’limotni Szou Yan ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |